Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#seminar #kibersport

Yoshlar orasida kibersport ommalashmoqda


Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida yoshlar o‘rtasida kibersportni rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining raqamlashtirish va axborot texnologiyalari bo‘yicha maslahatchisi Bobur Rahimov, shuningdek, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalarining birinchi prorektorlari ishtirok etdi.

Seminar davomida kibersportning ta’lim va texnologiyalar bilan integratsiyasi, uning yoshlar rivojiga ta’siri hamda sohaga oid kelajakdagi istiqbollar muhokama qilindi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, kibersport nafaqat o‘yin, balki tezkor fikrlash, jamoaviy ish va strategik qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, mazkur seminar kibersportni ommalashtirish, yoshlarni zamonaviy texnologiyalar orqali rivojlantirish va ularning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qilishi bildirildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23😁4🤔2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#haftalik #ilmfan #olimalar_kuni

“Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” haftaligi boshlandi

11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida haftalik boshlandi.

Tadbirning ochilish marosimi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Ayol, biznes va innovatsiya” xalqaro forumi doirasida o‘tkazildi. Forum davomida iqtidorli yosh olimalarning innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ilm-fanga yoshlarni keng jalb etish, ayol-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, ayollarning ilm-fandagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Haftalik doirasidagi tadbirlar Respublika bo‘ylab tegishli oliy ta’lim muassasalarida davom ettiriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤2
#dayjest #Bobur_542

14-fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan oliy ta’lim muassasalarida bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda

🔹Buxoro davlat tibbiyot institutida “Navoiy va Bobur ijodiga nazar” mavzusida zakovat oʻyini;

🔹Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida “Mushoira” klubi a’zolari tomonidan videorolik;

🔹Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Ajdodlar merosi - yoshlarga ibrat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir;

🔹Andijon iqtisodiyot va qurilish institutida talabalar hamda professor-ustozlar tomonidan ruboiylar ijrosi;

🔹Andijon davlat chet tillari institutida chellenj;

🔹Namangan davlat chet tillari institutida “Bobur kabi sevgin Vatanni” mavzusida davra suhbati;

🔹Namangan davlat pedagogika institutida “Boburnoma”dagi geografik ma’lumotlar: qoʻrgʻonlar-yoʻllar-masofalar” mavzusida ilmiy-nazariy seminar;

🔹Andijon davlat universiteti talabalari tomonidan aholi o‘rtasida ijtimoiy so‘rovnoma;

🔹O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda adabiyotshunos olimlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir;

🔹Andijon davlat pedagogika institutida “Bobur va uning avlodlari” mavzusida ilmiy-ma’rifiy suhbat;

🔹Jizzax politexnika institutida “Zahiriddin Muhammad Bobur – adolatli shoh va shoir” mavzusida insholar tanlovi;

🔹Andijon davlat tibbiyot institutida “Zahiriddin Muhammad Bobur oyligi” doirasida tadbir;

🔹Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalarining Oʻsh viloyatiga amaliy tashrifi;

🔹SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida 14-fevral - Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun mavzusiga bag‘ishlangan maʼrifat darsi;

🔹Jizzax davlat pedagogika universitetida “Buyuk allomalar” mavzusida axborot va murabbiylik soati;

🔹Farg‘ona davlat universitetida adabiy-badiy tadbir;

🔹Buxoro davlat pedagogika instituti talabalari ishtirokida tayyorlangan videorolik;

🔹Andijon davlat texnika institutida “Bobur kabi seving Vatanni” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir;

🔹Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari tomonidan video-filmi;

🔹TDTU Olmaliq filialida Bobur tavalludiga bag‘ishlab tayyorlangan videolavha;

🔹Guliston davlat universitetida talabalar tomonidan ijodiy ishlar;

🔹TTA Urganch filialida Bobur tavalludining yodgorligi, uning hayoti va ijodiga bagʻishlangan tadbir;

🔹O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ma’naviy-ma’rifiy tadbir;

🔹Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida bayt chellenji;

🔹Turon xalqaro universitetida “Zahiriddin Muhammad Bobur. Yoʻlbars izidan” filmi namoyishi;

🔹Nordik xalqaro universitetida “Bir asrning ikki dahosi” nomli tadbir;

🔹Urganch davlat universitetida Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarida milliy qadriyat va an’analarning aks etishi yuzasidan olingan videolavha;

🔹Nordik xalqaro universitetida “Bir asrning ikki dahosi” nomli tadbir;

🔹Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Adolatli shoh va buyuk shoir” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir;

🔹Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida ma’naviy-ma’rifiy tadbir;

🔹Geologiya fanlari universitetida devoriy gazetalar tanlovi;

🔹Qarshi davlat universiteti vakillari tomonidan maktablarda adabiy-badiiy kechalar;

🔹Namangan muhandislik-qurilish institutida Bobur tavalludining 542-yilligiga bagʻishlab viktorina;

🔹TDIU Samarqand filialida Boburga bag‘ishlangan ma’rifat darsi;

🔹Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalar turar joylarida tadbirlar;

🔹Ma’mun universitetida talabalar tomonidan tayyorlangan Boburning hayoti haqida videorolik;

🔹Namangan davlat texnika universitetida “Buyuk Boburiylar sulolasining asoschisi” nomli kitob koʻrgazmasi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25🔥2👏2🤩2🎉1
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Bugun O‘zbekiston olima ayollari forumida Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar kunini nishonlayapmiz. Mamlakatimizda ilm-fan sohasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor ahamiyatga ega ekanidan faxrlanaman.

Raqamlarning o‘zi aytib turibdi: O‘zbekistonda olimlarning 48 foizi ayollar! Ularning izlanishlari, kashfiyotlari va fidoyiligi ilhom baxsh etadi va ilm-fan ularga, ular esa ilm-fanga kerakligini ko‘rsatadi.

Biz xalqaro hamjamiyat bilan ilm-fan tinchlik va farovonlikka xizmat qiladigan kelajakni bunyod etish yo‘lida birgalikda harakat qilamiz!

—

Сегодня на Форуме женщин-учёных Узбекистана мы отмечаем Международный день женщин в науке. Я горжусь тем, что поддержка женщин в науке в нашей стране — приоритет.

Цифры говорят сами за себя: 48% учёных в Узбекистане — женщины! Их исследования, инновации и преданность своему делу вдохновляют и доказывают, что наука нуждается в них, а они — в науке.

Вместе с международным сообществом мы будем работать над созданием будущего, где наука служит миру и процветанию!
👍22🔥6😁2❤1