Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Akademik litsey va kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari diqqatiga! IBRO-2025 olimpiadasiga start berildi!
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Fan olimpiadalari markazi hamkorligida matematika, fizika, informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo‘yicha Iqtidorli bolalar respublika olimpiadasi (IBRO-2025) tashkil etilmoqda.
Olimpiada testbor.uz ta’lim platformasida 3 bosqichda bo‘lib o‘tib, birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egallagan jami 18 nafar oʻquvchi uchun AKITA va Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetlariga 100 foiz grant ajratiladi.
Birinchi bosqich (tuman) — onlayn tarzda 1–7-aprel kunlari tashkil etiladi. Birinchi bosqichda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish, qatnashish va natijalarni aniqlash testbor.uz taʼlim platformasi orqali amalga oshiriladi.
Ikkinchi bosqich – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida 13–20-may kunlarida onlayn tarzda oʻtkaziladi. Yakuniy tanlovda ishtirok etish uchun ikkinchi bosqichda har bir hudud kesimida 1–5-oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar saralab olinadi.
Uchinchi bosqich – Final bosqichi – 2–9-sinf oʻquvchilari uchun onlayn shaklda oʻtkaziladi. 10-11-sinf oʻquvchilari uchun Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti binosida oʻtkaziladi.
Eng faol ishtirok etib yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan maktab jamoasiga esa “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan bosh sovrin - BYD Chazor avtomobili topshiriladi.
Har bir fan kesimida yuqori 10 talik oʻrinlarni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarning ustozlari ham taqdirlanadi.
Olimpiadada ishtirok etish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: 👉 https://testbor.uz/uz
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27🎉3❤1
#Besh_tashabbus2025
“Besh tashabbus” olimpiadasi 2025-yilgi mavsumiga start berildi
Bugun poytaxtimizdagi “Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyi”da “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2025-yilgi mavsumi tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev, Yoshlar ishlar agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova, O‘zbekiston milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Toshxodjayev ishtirok etdilar.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/36303

👍34❤8
#xalqaro_forum #ilm_fan #xotin_qizlar
2025-yil 15-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan “Barqaror taraqqiyot: inklyuziv ta’lim va xotin-qizlar tashabbuslari” V xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.
🌐 Batafsil ma'lumot
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2025-yil 15-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan “Barqaror taraqqiyot: inklyuziv ta’lim va xotin-qizlar tashabbuslari” V xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍29❤9🔥4
Ilmiy tadqiqotlar samaradorligini tahlil qilish va baholashga mo‘ljallangan InCites platformasi bo‘yicha Clarivate kompaniyasi tomonidan maxsus onlayn trening tashkil etilmoqda.
🗣 Trening Clarivate kompaniyasining Customer Success Consultant mutaxassisi Irina Tixonkova tomonidan olib boriladi.
📅 Trening sanasi: 17-fevral, 2025-y.
🕚 11:00 – 12:00
Ilmiy faoliyatingizni yangi bosqichga olib chiqish uchun ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
#InCites #Clarivate #IlmiyTahlil #OnlaynTrening
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤2
#Mirziyoyev #tashrif #Quvayt #hamkorlik
O‘zbekiston Prezidenti Quvaytga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Quvayt Davlati Amiri Shayx Mish’al as-Sabohning taklifiga binoan 17–18-fevral kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Al-Quvayt shahrida oliy darajada ikki tomonlama muzokaralar hamda ushbu mamlakat hukumati a’zolari, yetakchi kompaniyalari va bank-moliya tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Muzokaralar yakunida qator qo‘shma hujjatlar va bitimlar qabul qilinishi kutilmoqda.

👍18