Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
✅#Olimlar_minbari
#10-15.02.2025

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumi: Taraqqiyotning tamal toshini birgalikda qo‘yamiz” — Qo‘ng‘irotboy SHARIPOV, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri;

“Malayziyaning “Aqlli” qishloq xo‘jaligi O‘zbekiston agrar tarmog‘ida keng qo‘llanadi” — Narzullo OBLOMURODOV, Toshkent davlat agrar universiteti rektori;

“O‘qimishli onalar – buyuk kelajak bunyodkorlari” — Rustam XOLMURODOV, Samarqand davlat universiteti rektori, fan arbobi;

“Ta’lim tizimini rivojlantirishda muhim sherik” — Sobitxon TURG‘UNOV, Namangan davlat universiteti rektori, professor;

“Abadiyatga daxldor siymo” — Baxtiyorjon AKBARALIYEV, Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti rektori;

“Ibrat va iftixor timsollari” — Bahodir MA’MUROV, Buxoro davlat pedagogika instituti rektori;

“Yuksalishning eng qisqa yo‘li” — Abdug‘affor JO‘RAYEV, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;

«Стремление к знаниям не имеет границ» — Ранохон ТУРСУНОВА, профессор Университета мировой экономики и дипломатии;

“Bu olamda o‘zumni chun yamon-yaxshidin o‘tkardim” — Ziyodaxon TESHABOYEVA, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori;

«Правовые основы зеленой экономики: приоритеты и направления» — Рустам ЗУФАРОВ, профессор Ташкентского государственного юридического университета;

“Yashil iqtisodiyot” barqaror va aqlli taraqqiyot uchun” — Jasurbek OTANIYOZOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;

«Вклад в сохранение экологического баланса» — Рахима ХАЛИЛОВА, профессор Ташкентского государственного транспортного университета;

«Элизар Бирнбаум — канадский ученый, исследовавший творчество Алишера Навои» — Афтандил ЭРКИНОВ, доктор филологических наук, Международная исламская академия Узбекистана;

“Raqamli targ‘ibot ma’naviy qadriyatlarga tayanadi” — Mahfuza YULDOSHEVA, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti;

«Интеграция цифровых технологий в экономическую безопасность Узбекистана: путь к трансформации» — Римма ЮНУСОВА, доцент Совместной международной образовательной программы ТГЭУ и УрГЭУ.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
1👍14❤1
#Rasmiy_bayonot

2024/2025-o‘quv yili yakuniga qadar yuridik texnikumlarning o‘quv rejalari hamda pedagog xodimlarining yuklamalari va mehnatiga haq to‘lashni amaldagi tartibi saqlab qolinadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoniga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan boshlab boshqa vazirlik idoralar tasarrufida bo‘lgan kollej va texnikumlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi. Shu jumladan, Adliya vazirligi tizimidagi 12 ta yuridik texnikum ham.

Ma’lumot uchun, yuridik texnikumlar pedagog xodimlariga Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-оktаbrdаgi 677-son qaroriga muvofiq belgilangan tartibda shtat lavozimi bo‘yicha mehnatiga haq to‘lanmoqda. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi boshqa texnikumlar pedagog xodimlariga esa Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qarori asosida tarifikatsiyalash tartibi bo‘yicha bazaviy tarif stavkalariga muvofiq mehnatiga haq to‘lanadi.

Yuqorida keltirilgan Hukumat qarorlarining talablari ikki xil bo‘lganligi sababli yuridik texnikumlarning pedagog xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini o‘quv yili o‘rtasida qo‘llash bir qator muammolarni yuzaga keltiradi.

Shu bois, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining murojaatiga muvofiq Iqtisodiyot va moliya vazirligining xulosasi hamda qonunchilik hujjatlari asosida yuridik texnikumlarning 2024/2025-o‘quv yilidagi faoliyatini tegishli o‘quv rejalari va pedagog xodimlarining yuklamalari asosida yakunlash hamda pedagog xodimlarning mehnatiga haq to‘lash ularning samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) bog‘lagan holda amalga oshirish ma’qullandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍31❤2
#Prezident_topshirigʻi_ijrosi

Rektorlar bilan investitsiya va eksport salohiyatini oshirishga bag‘ishlangan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi


17-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiev ishtirokida xorijiy investitsiya mablag‘larini jalb qilish va eksport ko‘rsatkichlarini oshirishdagi imkoniyatlar va mavjud muammolar yuzasidan oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuv o‘tkazildi. Unda oliygohlar rahbarli, tegishli vazirlik va idoralar vakillari qatnashdi.

Muloqot davomida oliygohlar rahbarlarining investitsiya jalb qilish yuzasidan takliflari tinglanib, mavjud muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha fikr almashildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/36448

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍43🔥5❤3
#jarayon #muhandislik #integratsiya

Prezident qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi

Prezidentning “Buxoro davlat texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-22-sonli (24.01.2025-y.) qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari Qahramon Hakimov hamda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi va “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ rahbariyati va mutasaddilari Buxoro davlat texnika universitetida bo‘lishdi.

Mehmonlarga universitetdagi fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlik integratsiyasini mustahkamlash hamda neft-gaz sohasi bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan ilg‘or muhandislik maktabi faoliyati tanishtirildi.

Uchrashuv davomida universitet hamda “O‘zbekneftgaz” AJ o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, dual ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini samarali tashkil etish borasida kelishuvlarga erishildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/36529

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤2
#qonunchilik_yangiliklari

☄️ OTM bitiruvchilarini ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi “Kelajakka qadam” dasturi amalga oshiriladi

“Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-61-son, 14.02.2025-y.) qabul qilindi.


🔰 Qarorga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilarining ishga joylashtirishiga ko‘maklashishga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Kelajakka qadam” dasturi amalga oshiriladi:

✔️o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish istagi bo‘lgan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchi bosqich talabalari uchun biznes g‘oyani tayyor loyihagacha olib borish jarayonida to‘liq hamrohlik qilish, shu jumladan qulay shartlarda moliyalashtirish;

✔️ oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchi va quyi bosqich talabalari o‘rtasida sohalar bo‘yicha ochiq tanlovlar o‘tkazish va g‘oliblarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish.

📌 Bunda:

➡️ salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar, shu jumladan yirik korxonalarning oliy ma’lumotli mutaxassislarga ehtiyojini aniqlash va mutaxassislarga qo‘yiladigan talablarni shakllantirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

➡️ tanlov g‘oliblarini salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar buyurtmasiga ko‘ra individual kasbiy ta’lim dasturlari asosida kasbga dastlabki tayyorlash tadbirlari moliyalashtiriladi;

➡️individual kasbiy ta’lim dasturlarida ishlab chiqarish obyektlarida amaliyot o‘tash va chet eldagi oliy ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli o‘quv kurslarida qatnashish imkoniyati yaratiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🎉2❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma

☄️“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi uchun ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling! Arizalar qabuli tugashiga 2 kun qoldi!

Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yurtimizdagi iqtidorli yoshlarni kashf qilish maqsadida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovini e’lon qilgan.

Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar joriy yilning 20-fevral kuniga qadar https://vorislar.uz/ sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari yoki o‘zi tahsil olayotgan OTM mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin.

Tanlovda o‘zining ilmiy-innovatsion ishlanma va loyihalari mavjud bo‘lgan yoshlar (16-25 yosh) ishtirok etadi.

Tanlov 3 bosqichda tashkil etiladi va har bir bosqich g‘oliblari tegishli miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar: +99894 128-92-62, +99855 520-08-08 (ichki raqam 357).

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥3❤1👏1
Edu.uz pinned a video
#qonunchilik_yangiliklari

☄️Yoshlar tadbirkorligi rivojlantiriladi

“Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-62-son, 14.02.2025 y.) qabul qilindi.


🔰Qarorga ko‘ra, 2025–2027-yillarda quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yoshlar biznesi” dasturi amalga oshiriladi:

➡️dastur doirasida 350 mingta yoshni qamrab olinadi, shu jumladan, 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslar uchun kamida 100 mingta qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi;

➡️yosh tadbirkorlarga kompleks xizmatlar ko‘rsatiladi, ularning faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida AT “Aloqabank” tayanch “yoshlar banki” etib belgilanadi;

➡️zamonaviy tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish uchun yoshlarning startap va investitsiya loyihalariga imtiyozli moliyaviy mablag‘lar ajratiladi;

➡️iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi, shu jumladan, raqamli texnologiyalar tatbiq etilgan innovatsion loyihalar hamda ijtimoiy tadbirkorlik yo‘nalishidagi qo‘llab-quvvatlash choralari joriy etiladi.

📝 “Biznesga birinchi qadam” loyihasiga muvofiq 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan, ijtimoiy soliq to‘lagan, o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga onlayn shaklda imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga 100 mln so‘mgacha mablag‘ imtiyozli mikroqarz sifatida ajratiladi.

✔️ “Yoshlar uchun ish o‘rinlari” loyihasi asosida YATT sifatida faoliyat yurituvchi yosh fuqarolarga, shuningdek, ta’sischilari yosh fuqarolar bo‘lgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi kichik tadbirkorlarning kamida 20 ta ish o‘rni yaratishni nazarda tutuvchi loyihalariga imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga 5 mlrd so‘mgacha mablag‘lar ajratiladi.

📜 “Innovatsion yoshlar” loyihasi bo‘yicha venchur jamg‘armalari orqali yoshlar qo‘llab-quvvatlanadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15