Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#jarayon #seminar #MilliyOfis

Tijoratlashtirish bo‘limlari xodimlarining malakasi oshirildi

17–21-fevral kunlari Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limlari xodimlari uchun “Ilmiy ishlanmalarni loyihalash, ishlab chiqarish va tijoratlashtirish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirda 50 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etib, tadqiqot va taraqqiyot (R&D) jarayonlarining dolzarb masalalari hamda “nazariyadan bozorgacha” konsepsiyasi doirasida muammolar va ularning yechimlari yuzasidan muhokamalar olib bordi. Shuningdek, seminar-trening davomida ishtirokchilar kiberxavfsizlik, savdo psixologiyasi, teskari injiniring (reverse engineering), 3D skaner va printer texnologiyalari, CAD modellash, post-protsessing jarayonlari hamda xalqaro servis yo‘nalishlarida bilim va tajribalarini oshirdi.

Mazkur seminar-trening ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish jarayonlarini takomillashtirish va oliy ta’lim muassasalari xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan muhim tashabbus bo‘ldi. Tadbir yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍24🔥4❤1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗣 “Huquq maktabi” mobil ilovasi bilan Konstitutsiya bo‘yicha bilimlaringizni oshiring

Adliya vazirligi tomonidan “Huquq maktabi” mobil ilovasi ishlab chiqildi. Unda yangi tahrirdagi Konstitutsiya bo‘yicha onlayn o‘quv kurslari tashkil qilingan bo‘lib, mazkur kurs yakuni bo‘yicha elektron sertifikat berish yo‘lga qo‘yilgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19🔥4
#talabaga_qulaylik

Farg‘onada 400 o‘rinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi

21-fevral kuni Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutida yangi, zamonaviy tipdagi 400 o‘rinli talabalar turar joyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali tadbirda Farg‘ona viloyati hokimligi, Farg‘ona viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi rahbarlari, nuroniylar, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Mazkur talabalar turar joyi zamonaviy sharoitlarga ega bo‘lib, talabalarning qulay va samarali hayot kechirishlari uchun barcha zarur infratuzilma bilan jihozlangan.

Ushbu loyiha oliy ta’lim muassasalarida yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri hisoblanadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍25👏4🤩2🔥1🤔1
#Prezident_topshirigʻi_ijrosi #muhandislik

MISIS Olmaliq filialida Ilgʻor muhandislik maktabi tashkil etish masalasi muhokama qilindi


22-fevral kuni Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISIS” Olmaliq filialida Ilgʻor muhandislik maktabi faoliyatini tashkil etishga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov raislik qildi.

Yigʻilishda vazirlik mutasaddilari, geologiya va togʻ-kon sohasiga kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari, shuningdek, texnika yoʻnalishida tadqiqotlar olib borayotgan ilmiy tashkilotlar rahbarlari, OTMlar huzuridagi ilgʻor muhandislik maktablari rahbarlari, professor-oʻqituvchilar, ekspertlar, talabalar qatnashdi.

Mazkur yigʻilish davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirigʻiga muvofiq texnik oliygohlar huzurida tashkil etilgan Ilgʻor muhandislik maktablari taqdimotlari oʻtkazilib, ularning faoliyati va erishilayotgan natijalari haqida fikr almashildi. Shuningdek, “MISIS” Olmaliq filialida tashkil etilayotgan Ilgʻor muhandislik maktabiga oid taqdimot namoyish etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/37497

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19🔥5🥰1
#jarayon #taqdirlash #forum

Buxoroda “Morfologiya va jarrohlik” mavzusidagi xalqaro forum bo‘lib o‘tdi

Buxoro davlat tibbiyot institutida talabalar va yosh olimlar uchun muhim ilmiy voqea bo‘lgan “Morfologiya va jarrohlik” mavzusidagi xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Mazkur forum tibbiyot sohasidagi ilg‘or yangiliklar bilan tanishish, bilim va tajriba almashish hamda yosh mutaxassislarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.

Forumning ochilish marosimida yurtimizning 10 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan bir qatorda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonning nufuzli universitetlaridan kelgan delegatlar ham ishtirok etdi. Tadbir doirasida bo‘lajak tibbiyot xodimlari uchun xalqaro olimpiada va ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etildi.

Forum yakunida o‘tkazilgan taqdirlash marosimida 44 ta nominatsiya bo‘yicha talabalar va yosh olimlar sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

👉 Batafsil

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤2