Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#yoshlar_siyosati

Bugun, 25-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat institutida bo'ldi.

Tashrif davomida vazir institutda tashkil etilgan muzey va "Liboslar galeriyasi" bilan tanishdi. Shundan so'ng institutning o'quv laboratoriyasida yaratilgan shart-sharoitlar hamda unda yaratilayotgan ishlanmalarni ko'zdan kechirdi.

Shundan so'ng vazir OTM hududidagi yangi texnoparkni ochib berdi. Qayd etilishicha, ushbu loyiha doirasida o'nlab talabalar ish bilan ta'minlanadi. Shu bilan birga talaba-yoshlar ta'lim jarayonidanoq yirik korxonalar uchun kerakli va tayyor kadrga aylanishadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍24👏2❤1🔥1😁1
#YUNESKO #reyting

O‘zbekistonda internet taraqqiyoti: YUNESKO indikatorlari asosida tahlil


25-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul xodimlari xalqaro ekspert Saymon Ellis bilan uchrashdilar. Uchrashuv YUNESKO va Shveysariyaning taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) tomonidan amalga oshirilayotgan “Axborotdan foydalanish imkoniyatini, institutlarning hisobdorligini va ommaviy axborot vositalarining vakolatlarini kuchaytirish orqali O‘zbekiston hukumati va fuqarolarining huquq va imkoniyatlarini kengaytirish” qo‘shma dasturi doirasida tashkil etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/37757

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#munozara #jarayon #energetika

Gaz yoki elektr energiyasi: nimani tanlaymiz?

Ushbu mavzu Toshkent davlat texnika universiteti olimlarining “Munozara” klubida muhokama qilindi.

Olimlarning ta’kidlashicha 1950-yillarda yurtimiz hududlaridagi konlardan gaz o‘rtacha 1000 metr chuqurlikda o‘zining bosimi ostida qazib chiqarilgan bo‘lsa, bugungi kunda esa, mazkur jarayon konlardagi bosimning o‘ta pastligi bois nasos stansiyalari yordamida 4000–6000 metr chuqurlikdan tortib olinmoqda. Bu tabiiyki, gaz quvurlaridagi bosimning me’yoridan past bo‘lishiga olib kelmoqda.


📹Batafsil videomuhokamada: https://youtu.be/o5vJOyhpQn8

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥2🤔1
#yig‘ilish #vazir

Ijro intizomi va taʼlim sifatini oshirish masalalari tanqidiy muhokama qilindi


2025-yil 25-fevral kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov raisligida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda vazirlik markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetini kompleks rivojlantirish, oliygohlar uchun xorijiy adabiyotlarni tarjima qilish hamda ijro intizomi bilan bogʻliq dolzarb masalalar tanqidiy muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/37764

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍32🔥5❤2🤔2😁1