Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xizmat_safari #Qashqadaryo

Qashqadaryo viloyatida yoshlar bandligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalari hamda ularning ilmiy yechimi oʻrganilmoqda


26-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov Qashqadaryo viloyatining Koson va Muborak tumanlariga tashrif buyurdi. U yerda yoshlar bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Tashrif davomida Koson tumanidagi Esaboy mahallasining tajribasi ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Muborak tumanining Paxtakor, Qoraqum, Yashnobod va Sardoba mahallalarida tomorqalardan samarali foydalanish, yoshlarni ish bilan ta’minlash hamda kasbga yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi.

Xizmat safari doirasida vazirlikka biriktirilgan mahallalarning holati viloyatdagi davlat va nodavlat tashkilotlari rahbarlari, kafedralar mudirlari hamda olimlar ishtirokida tahlil qilindi. Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy masalalariga ilmiy yondashuv asosida yechim topish hamda tegishli tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤2
#xizmat_safari #Andijon

Vazir o‘rinbosari Andijondagi kasbiy ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasi va amaliy mashg‘ulotlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi

26-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Andijon viloyatiga xizmat safari davomida viloyatdagi kasbiy ta’lim muassasalarining faoliyati, o‘quv jarayoni va moddiy texnik bazasi bilan tanishdi.

Asaka tumanidagi kasbiy ta’lim muassasalarida joriy etilgan dual ta’lim tizimi hamda qisqa muddatli kurslarning samaradorligi o‘rganilib, ushbu ta’lim shaklining yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirishdagi ahamiyati, ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik darajasi va ta’lim jarayonining amaliyot bilan uyg‘unligi muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/38088

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤2🔥1