Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#forum #dual_taʼlim

Nukusda ilk bor dual ta’limga bag‘ishlangan respublika forumi tashkil etildi

28-fevral kuni Nukus shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda “Dual ta’limni tashkil etishning afzalliklari” mavzusidagi respublika forumi bo‘lib o‘tdi.

Forumda Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan kasbiy ta’lim tashkilotlari, vazirlik va korxonalar mutasaddilari ishtirok etdi. Ishtirokchilar kasbiy ta’lim tashkilotlarida dual ta’limni yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va natijalar bilan tanishdi.

Tadbirda mamlakatimizda yoshlarning kasblar va mutaxassisliklarni egallashga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, kasbiy ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Forum doirasida kasbiy ta’lim tashkilotlari bilan vazirlik va korxonalar o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha tegishli shartnomalar imzolandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/38379

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤2🔥1🥰1😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#forum #sport #TATU_yoshlari

24–26-fevral kunlari Samarqand shahrida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda uning hududiy filiallaridan mingga yaqin iqtidorli va sportsevar talabalarni, professor-o‘qituvchilar hamda eng faol xodimlarni o‘zida jamlagan “Yangi O‘zbekistonda TATU yoshlari bir maqsad va bir g‘oya yo‘lida birlashdi – Samarqand 2025” forumi o‘tkazildi.

Forum doirasida sport musobaqalari, “Zakovat” intellektual o‘yinlari, “Digital girls” seminar-treningi, “Team Building” va “Ochiq muloqot”, “Balli, qizlar”, “Sumalak sayli”, “Karaoke batl”, “Gulxan shou” kabi tadbirlar hamda tarixiy maskanlarga sayohatlar tashkil etildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
1👍31❤7🔥5👏2🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

Chirchiq davlat pedagogika universitetida bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash 95 foizdan yuqori ko‘rsatkichni tashkil etmoqda

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17🔥3😁3😱1
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston va Gruziya qoʻshma akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarini amalga oshiradi

Gruziyada xizmat safarida boʻlib turgan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev Gruziya Innovatsiyalar va texnologiyalar agentligi (GITA) raisi Avtandil Kasradze bilan uchrashdi.

Uchrashuv chogʻida startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlash, investitsiyaviy muhitni yaxshilash, ikki davlat innovatsiya markazlari oʻrtasida tajriba almashish hamda yangi texnologiyalarni joriy etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/38326

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍25❤4🔥1😁1
Muborak Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik
—

Поздравление народу Узбекистана с наступлением священного месяца Рамазан

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
❤26👍25🎉7🤔3