Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xizmat_safari

Vazirning birinchi o‘rinbosarining Andijonga tashrifi: ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishga e’tibor

8-mart kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev Andijon viloyatining Baliqchi tumaniga tashrif buyurdi. U Sarnovul mahallasidagi kam ta’minlangan oilalar holatini o‘rganib, ularning muammolarini hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgiladi.

Tashrif davomida ehtiyojmand oilalarga tibbiy va moddiy yordam ko‘rsatish, issiqxonalarda ekin yetishtirishni qo‘llab-quvvatlash, suv ta’minotini yaxshilash hamda ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish masalalariga amaliy yechimlar berildi.

Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/39435

Bizni
kuzating
Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍27🔥5❤2👏2😁1
#Xushxabar #talaba_yutugʻi

O‘zDJTU talabasi Yaponiyadagi Xalqaro notiqlik tanlovida g‘olib bo‘ldi

Yaponiyaning Tokio shahrida 22-marotaba chet elliklar o‘rtasida Xalqaro yapon tili notiqlik san’ati tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli tadbirda dunyoning turli davlatlaridan, jumladan, Kanada, Vyetnam, Rossiya, Koreya, Xitoy, Nepal, Tayvan va O‘zbekistondan kelgan 10 nafar ishtirokchi qatnashdi.

O‘zbekiston uchun quvonarli yangilik shundaki, ushbu tanlovda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 2-bosqich talabasi Hasan Mamurjonov faxrli 1-o‘rinni egallab, g‘olib bo‘ldi.

Hozirda u akademik mobillik dasturi doirasida Yaponiyaning Toyo universitetida tahsil olmoqda.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Toyo universiteti o‘rtasida tuzilgan shartnoma doirasida har yili 3 nafar O‘zDJTU talabasi akademik mobillik dasturi asosida Yaponiyaga o‘qishga yuboriladi. Shuningdek, har yili Toyo universitetidan bir nafar talaba O‘zDJTUda tahsil oladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍51🔥5🥰4❤3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon #TalabaMinbari

Bugungi kun talabasi...
U qanday bo‘lishi kerak?


📹Buxoro davlat pedagogika instituti axborot xizmati Harbiy ta’lim fakulteti talabasining bir kunidan videolavha taqdim etdi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍32🔥12👏8🎉7😁6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#RektorlarForumi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasi Fransiyaga yo'l oldi

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘janing Facebookdagi jonli efiridan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍39❤7🔥7🤔5😁3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Parij

Ilk taassurotlar

10-mart kuni Parij vaqti bilan soat 9:30 da Fransiya poytaxtining Tadqiqotchilar va talabalar shaharchasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan IV “Science NEXT: yosh olimlar netvorkingi“ tadbiri boshlanadi.

Kunning ikkinchi yarmida esa Parij shahridagi “InterContinental Paris — Le Grand” mehmonxonasida “Ilm-fan va taʼlim: Oʻzbekiston – Fransiya koʻprigi” mavzusidagi qoʻshma konferensiya boʻlib oʻtadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍48😁10🔥5🤔4😱4
#Yoshlar_texnoparki

Jizzaxda yoshlar texnoparki faoliyati yo‘lga qo‘yildi


Texnoparkning tantanali ochilish marosimida Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Akmal Savurbayev, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i hamda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, talabalar, OAV xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Ma’lumot uchun, texnopark yiliga 500 nafar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga qiziquvchi yoshlarni veb-dasturlash, robototexnika, 3D modellashtirish, grafik dizayn, veb-dizayn, mexatronika, startaplar bilan ishlash kabi 10 dan ortiq yo‘nalishlarda o‘qitish imkoniga ega.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤4🔥2🤔2