Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
✅ #Olimlar_minbari
#03-08.03.2025

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“Xotin-qizlar ta’limiga e’tibor orzu umidlar qanoti” — Nazokat ABDUQUNDUZOVA, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari;

“Tafakkur va yondashuv: davr talablariga moslashish mas’uliyati” — G‘ofurjon MUHAMMEDOV, Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, fan arbobi;

“Sifatli ta’lim – taraqqiyot omili” — Jasur RIZAYEV, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor;

“O‘zbekiston va O‘mon – xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashda yangi tandem” — Davron VAHOBOV, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori;

“Tajriba, salohiyat, imkoniyatlar ortmoqda” — Bahodir XOLIQOV, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori;

“Ta’lim jarayonida halollik g‘oyalarini singdirish — davr talabi” — Mirabbos MAHMUDOV, Angren universiteti rektori, dotsent;

“Ta’lim, ilm va amaliyot uyg‘unligi” — Orifjon ZARIPOV, Toshkent davlat texnika universiteti prorektori, professor;

«Поездка в Каракалпакстан - путешествие в мир древних тайн и чудес природы» — Нозима ЗУФАРОВА, декан факультета туризма ТГЭУ, профессор;

«Необходимость, продиктованная временем» — Азамжон ЗАКИРОВ, заведующий кафедрой Ташкентского государственного технического университета, профессор;

“Меhri ila beshikni, duosi bilan dunyoni tebratayotgan ayol” — Sayyora TOʻYCHIYEVA, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti professori;

«Самостоятельное управление домом: грамотный подход к решению бытовых вопросов» — Эдуард ЭГАМБЕРДИЕВ, доцент кафедры ТГЮУ;

«Широкие возможности для женщин: в духе перемен и обновления» — Шахноза АСКАРОВА, доцент Ферганского государственного университета, PHD;

«На пути к доступному и качественному образованию» — Джамиля АБДУГАНИЕВА, доцент Узбекского государственного университета мировых языков;

«Обеспечение прав женщин как фактор развития демократии» — Умида ШЕРХАНОВА, преподаватель кафедры Ташкентского государственного юридического университета;

“O‘zbek raqslarini O‘zbekistonni sevgandek sevaman” — Alena BABESHKO, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi o‘qituvchisi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤4👍4🔥3
#PrezidentTopshirigʻiIjrosi #IjtimoiyHimoya

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun bepul tayyorlov kurslari yo‘lga qo‘yildi (+video)

Urganch davlat universiteti tomonidan Xorazm viloyatining Bogʻot, Gurlan va Qoʻshkoʻpir tumanlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun bepul tayyorlov kurslari tashkil etildi.

Bugungi kunda ushbu kurslarda jami 170 nafar bitiruvchi sinf o‘quvchilari 11 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan dars olishmoqda. Tayyorlov kurslari orqali o‘quvchilarga oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlariga puxta tayyorlanish uchun zaruriy ko‘nikma va bilimlar berilmoqda.

Ma’lumot uchun, Prezident raisligida 2024-yil 13-dekabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarni tayyorlov kurslari orqali umumta’lim fanlari bo‘yicha bilimlarini oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha vazifalar berilgan edi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍15🔥2👏2❤1
#PrezidentTopshirigʻiIjrosi #XizmatSafari

Vazir o‘rinbosari Xonobodda yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikni kengaytirish va oilaviy daromadlarni oshirish uchun mavjud imkoniyatlar bilan tanishdi


12-mart kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Andijon viloyatiga xizmat safari davomida Xonobod shahar 1-son politexnikumida bo‘lib, bu yerda joriy etilgan dual ta’lim tizimi, qisqa muddatli kasb-hunar kurslari hamda o‘quvchilarning amaliy mashg‘ulotlari jarayonini ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, vazir o‘rinbosari Anhor mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, tomorqadan samarali foydalanayotgan, uy-mehmonxona va boshqa kichik biznes bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar faoliyati bilan tanishdi. Jumladan, chorvachilik, issiqxona, tikuvchilik yo‘nalishida ochilgan oilaviy tadbirkorlik subyektlarini borib ko‘rdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/39938

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍14🔥1
#SayyorQabul

Qarshi davlat universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosarining sayyor qabuli o‘tkazildi

Qarshi davlat universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamovning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabul jarayonida vazirlik markaziy apparati mutasaddilari ham onlayn tarzda ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, talabalar va ilmiy tadqiqotchilar tomonidan tizimni takomillashtirish bo‘yicha qator aniq taklif va tashabbuslar bildirildi. Xususan:

🟢yoshlarning startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash,
🟢turli ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tashkil etish,
🟢ilmiy poligonlar va volontyorlik asosida til o‘rganish markazlari ochish,
🟢talabalarni xorijiy oliy ta’lim muassasalariga stajirovka uchun yuborish ko‘lamini kengaytirish kabi masalalar ko‘tarildi.

Murojaatlarning aksariyatiga joyida amaliy yechim va huquqiy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish va choralar ko‘rishni talab etadigan murojaatlar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar yuklatilib, ularning ijrosi vazirlik tomonidan nazoratga olindi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🔥5