Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Abituriyent2025 #BaholashMezoni

☄️ 2025/2026-o‘quv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).

💬Unga ko‘ra:

◀️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

🔸 Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;
🔹 Matematika x 10 ta;
♦️ O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
✔️30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

◀️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

➡️1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
➡️2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✔️60 ta savoldan jami 156,0 ball.

🟩2025/2026-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

‼️Eslatma o‘rnida
👉 Fanlar majmuasi bu yerda
👉 Javoblar varaqasi bu yerda

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30❤3🤔2🔥1
Edu.uz pinned a photo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#XalqaroKonferensiya #IlmFan

“Ilm-fan va ta’lim: O‘zbekiston-Fransiya ko‘prigi” mavzusidagi xalqaro аnjuman doirasida “Science NEXT: Yosh Olimlar netvorkingi” bo‘lib o‘tdi.

Franchesko Torrisi
– Xalqaro talabalar va tadqiqotchilar shaharchasi rahbari ushbu anjumanning ahamiyatini yuqori baholadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍14
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣ 5️⃣5️⃣5️⃣

📢 Diqqat tanlov!

🔷Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi talaba-yoshlar o‘rtasida milliylikni targ‘ib qilish, ularni milliy merosimiz va qadimiy urf-odatlarimiz bilan yaqindan tanishtirish hamda yoshlarda harbiy vatanparvarlik ruhini oshirish maqsadida eng yaxshi videoroliklar tanlovini e’lon qiladi.

🔥Tanlovda barcha oliy ta’lim tashkilotlari talabalari ishtirok etishlari mumkin. Tanlov uchun taqdim etiladigan videoroliklar davomiyligi 30 soniyadan 1,5 daqiqagacha bo‘lishi hamda unda aks ettirilgan g‘oyaning mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘liq ochib berilishi talab etiladi.

⏳Tanlovning oliy ta’lim muassasasi bosqichi joriy yilning 20-martiga qadar davom etadi.

▶️Oliy ta’lim muassasalari tomonidan eng yaxshi deb tanlab olingan tanlov uchun 1 ta videorolik joriy yil 30-martga qadar 🚀+998909999462 raqamiga yuboriladi.

🏆Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

💡Tanlovda ishtirok etib, o‘z iqtidoringizni namoyon eting va g‘oliblar safidan joy egallang.

📞Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998905239998

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28❤4👏2🔥1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TalabaTashabbusiAmalda

Talabaning vazirga bildirgan tashabbusi amaliyotga joriy qilindi


2024-yil noyabr oyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning Termiz davlat pedagogika instituti iqtidorli yoshlari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqoti davomida o‘zbek tilining nufuzini oshirish maqsadida “Bexato yozaman” tanlovini o‘tkazish taklifi ilgari surilib, vazir tomonidan qo‘llab-quvvatlangandi.


Mazkur tashabbus doirasida institutda ilk bor nofilologik ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida “Bexato yozaman” tanlovi tashkil etildi. Tanlovda 300 nafarga yaqin talaba ishtirok etdi.

Ishtirokchilar tanlov nizomi talablariga muvofiq uchta shart asosida bellashdi.

Tanlov yakuniga ko‘ra g‘oliblar aniqlanib, quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlandilar:
🥇-o‘rin — 1 500 000 so‘m
🥈-o‘rin — 1 000 000 so‘m
🥉-o‘rin — 500 000 so‘m

Mazkur tashabbus yoshlar o‘rtasida ona tiliga hurmat va savodxonlik madaniyatini oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32❤9🔥4🤔4
4️⃣4️⃣4️⃣ 🧠💡📚

📣Diqqat! Bo‘sh ish o‘rinlari jamlangan yangi platforma ishga tushirildi!

Endi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining ochiq ma’lumotlari asosida respublika miqyosidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumotni Telegram bot orqali osongina olish imkoniyati mavjud.

Bot manzili: http://t.me/mehnatuz_bot

Ushbu bot orqali:
🟢turli sohalar bo‘yicha real vaqt rejimida yangilanadigan bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishishingiz;
🟢malakangiz va qiziqishingizga mos ishlarni tezda topishingiz;
🟢talabalar uchun ham mos bo‘sh ish o‘rinlarini izlash imkoniyatidan foydalanishingiz mumkin.

👉 @mehnatuz_bot
👉 @mehnatuz_bot
👉 @mehnatuz_bot

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤3🔥3😁1
#Xushxabar #Akkreditatsiya

☄️Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 5 ta o‘quv dasturi ACCA tomonidan tan olindi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Buxgalteriya hisobi yo‘nalishidagi quyidagi o‘quv dasturlari The Association of Chartered Certified Accountants (ACCA) xalqaro tashkiloti tomonidan rasman akkreditatsiya qilindi:
✔️ Biznes va texnologiyalar (Business and Technology) – F1;
✔️ Boshqaruv hisobi (Management Accounting) – F2;
✔️ Moliyaviy hisob (Financial Accounting) – F3;
✔️ Korporativ va tadbirkorlik huquqi (Corporate and Business Law) – F4;
✔️ MHXS asosida moliyaviy hisobot (Financial Reporting (FR)) – F7.


Endilikda mazkur o‘quv dasturlari bo‘yicha universitet bitiruvchilari xalqaro moliyaviy hisobot va buxgalteriya standartlariga mos malaka va hujjat — ACCA sertifikatlariga imtihonsiz ega bo‘lish huquqini qo‘lga kiritadi.

Ma’lumot uchun, ACCA (The Association of Chartered Certified Accountants) — 1904-yilda Buyuk Britaniyada tashkil etilgan bo‘lib, moliya va buxgalteriya hisobi sohasida dunyodagi eng yirik va nufuzli tashkilotlardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda ACCA 181 ta mamlakatda 190 mingdan ortiq a’zo va 500 mingdan ortiq talabani birlashtiradi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43👏6❤1
#oʻquv_seminari

Ijtimoiy-emotsional ko‘nikmalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi

13-mart kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Professional ta’limni rivojlantirish institutida “Ijtimoiy-emotsional ko‘nikmalar” maxsus kurs dasturi bo‘yicha oflayn va onlayn formatda o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ullari, Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi mutaxassislari, Professional ta’limni rivojlantirish instituti vakillari, shu bilan birga, 1000 dan ziyod yoshlar tarbiyasiga mas’ul bo‘lgan kasbiy ta’lim muassasalari direktori o‘rinbosarlari, psixolog-pedagoglar ishtirok etdi.

Seminar davomida o‘quvchilar uchun stressli vaziyatlarda o‘zini boshqarish, sog‘lom turmush tarziga rioya etish, shaxslararo munosabatlarni shakllantirish hamda samarali muloqot qilish kabi muhim ijtimoiy-emotsional ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Ushbu seminarda olingan bilim va ko‘nikmalar asosida kasbiy ta’lim muassasalarida o‘quvchilarga yo‘naltirilgan maxsus o‘quv dasturlari joriy etiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20🔥2❤1🥰1
#PrezidentTopshirigʻiIjrosi #sport

O‘zMUda sport sharoitlari o‘rganildi

Sport vaziri Adham Ikramov hamda Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida talabalarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti rahbari Odil Abduraxmanov hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, vazir maslahatchisi Aziz Rizayev mutasaddilarga hamrohlik qildi.

O'rganish davomida ta’lim muassasasida sport infratuzilmasi, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar va ularning jismoniy rivojlanishiga qaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi. Xususan, sport zallari, ochiq maydonlar, turli sport to‘garaklari va seksiyalar faoliyati tahlil qilindi. Maxsus sport jihozlari, ularning holati va zamonaviy standartlarga mosligi ham ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/40203

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍40🤔8👏3❤2🔥2