Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#XalqaroHamkorlik #Vazir #Uchrashuv #ATU

14-mart kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Amerika texnologiyalar universiteti prezidenti Said Irandust, “Cintana Education” kompaniyasi prezidenti Rik Shengrou va mazkur kompaniyaning mintaqaviy bosh direktori Chagri Bagjiogʻluni qabul qildi.

Tomonlar muloqot davomida Amerika texnologiyalar universitetining faoliyat samaradorligi va rivojlanish yoʻnalishlari, taʼlim dasturlari, fakultetlarni takomillashtirish hamda AQSHning “Thunderbird School of Global Management” tomonidan amalga oshirilayotgan “100 million oʻquvchilar tashabbusi” loyihasi borasida fikr almashdilar.

Shuningdek, talabalarning tajribasini oshirish, universitet boshqaruv tuzilmasi va oliy taʼlim sohasidagi soʻnggi hamkorlik tashabbuslari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Oʻzbekistonda universitetning oliy taʼlimni rivojlantirishdagi oʻrni, davlat va xususiy sektor uchun oʻquv dasturlarini tashkil etish va investitsiya rejalari kabi dolzarb mavzular ham koʻrib chiqildi.

Muzokaralar samarali oʻtdi va ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha konstruktiv kelishuvga erishildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14
#Festival #MilliyQadriyatlar

Qarshi davlat universitetida “Milliy liboslar va qadriyatlar” mavzusida festival o‘tkazildi

Festivalda fakultetlar jamoalari tomonidan milliy taomlardan iborat dasturxonlar yozilib, milliy etnik folklor chiqishlar, varrak uchirish, kurash, arqon tortish kabi nafaqat o‘zimizning milliy qadriyatlarimiz, balki yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarining urf-odatlari, an’analari aks etgan sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlari, milliy o‘yinlari namoyish etildi.

Batafsil: https://qarshidu.uz/oz/news/1419-qadriyat-urf-odat-anana-va-yoshlar-festivali

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20🔥9👏1😁1🎉1
Forwarded from OlympicUz
Talabalar uchun ommaviy sport musobaqalari yoʻlga qoʻyiladi

Oʻzbekiston MOQ rahbariyati bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar hamda Sport vazirliklari va boshqa tegishli tashkilotlarning mutasaddilari bilan talaba yoshlar oʻrtasida ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish masalalariga bagʻishlangan uchrashuv oʻtkazdi. Suhbatda yoshlarning jismoniy faolligini oshirish orqali ularning salomatligini yanada mustahkamlash, sport bilan shugʻullanuvchilar qamrovini kengaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.
—
Будут организованы массовые спортивные соревнования для студентов

Руководство НОК Узбекистана провело совещание с представителями Министерств спорта, Высшего образования, науки и инноваций, а также профильных организаций по вопросам проведения масштабных студенческих спортивных соревнований. Обсуждались меры по укреплению здоровья молодежи через повышение физической активности и расширение вовлеченности студентов в спорт.

#OmmaviySport #Talabalar

olympic.uz I YouTube I Instagram I
👍23❤6👏2🔥1😁1