Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Forwarded from OlympicUz
Talabalar uchun ommaviy sport musobaqalari yoʻlga qoʻyiladi

Oʻzbekiston MOQ rahbariyati bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar hamda Sport vazirliklari va boshqa tegishli tashkilotlarning mutasaddilari bilan talaba yoshlar oʻrtasida ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish masalalariga bagʻishlangan uchrashuv oʻtkazdi. Suhbatda yoshlarning jismoniy faolligini oshirish orqali ularning salomatligini yanada mustahkamlash, sport bilan shugʻullanuvchilar qamrovini kengaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.
—
Будут организованы массовые спортивные соревнования для студентов

Руководство НОК Узбекистана провело совещание с представителями Министерств спорта, Высшего образования, науки и инноваций, а также профильных организаций по вопросам проведения масштабных студенческих спортивных соревнований. Обсуждались меры по укреплению здоровья молодежи через повышение физической активности и расширение вовлеченности студентов в спорт.

#OmmaviySport #Talabalar

olympic.uz I YouTube I Instagram I
👍23❤6👏2🔥1😁1
4️⃣4️⃣4️⃣ ⚖️👨‍💻👩‍💻💬

📣 Ilmiy izlanuvchilar, talabalar va soha mutaxassislari diqqatiga!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Jamoatchilik kengashi tomonidan “QS: Yashil iqtisodiyot va xalqaro malakali kadrlar bilan kelajak sari” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilmoqda.

🗓 Sana: 2025-yil 23-aprel
📍 Manzil: Guliston davlat universiteti

Anjuman gibrid (oflayn/onlayn) formatda o‘tkazilib, unda yashil iqtisodiyot, barqaror rivojlanish va xalqaro tajribalar doirasida ilmiy va amaliy muhokamalar olib boriladi.

📌 Konferensiyada Sizni nimalar kutmoqda?
✔️ Ilmiy maqola va tezislaringizni taqdim etish va nashr qilish imkoniyati
✔️ Soha yetakchilari va xalqaro mutaxassislar bilan tajriba almashish
✔️ Yashil iqtisodiyot va innovatsiyalar bo‘yicha dolzarb mavzular

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://forms.gle/byF71hz7qopBgtw7A
🗓 Ro‘yxatdan o‘tish uchun so‘nggi muddat: 2025-yil 20-aprel

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
🔹Telegram: @F_Rashidova
📩E-pochta: info@mahorat.org

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
#adaptiv_sport

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Oʻzbekiston Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi tomonidan imkoniyati cheklangan talabalarni ommaviy sportga jalb qilish va adaptiv sport turlarini ommalashtirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda talabalar sportning turli yo‘nalishlari bilan tanishtirilib, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda sport orqali ijtimoiy hayotga integratsiyasini kuchaytirish masalalari haqida fikr yuritildi.

Xususan, inklyuziv muhit yaratish va sportga yanada kengroq jalb etish maqsadida psixologik treninglar markazi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, talabalarni jipslashtirish va sportga bo‘lgan ishtiyoqini uyg‘otadigan adaptiv sport o‘yinlari o‘tkazish hamda Oliy ta’lim muassasalarining sport inshootlarida talabalar muntazam sport bilan shug‘ullanishlari uchun adaptiv sport guruhlari tashkil etilishi ta’kidlab o‘tildi.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤2🔥1🥰1
#PrezidentTopshirigʻiIjrosiAmalda

Vazir o‘rinbosari O‘zbekiston sharqiy hududi boshlanadigan mahalla fuqarolari bilan sayyor qabul o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-18-sonli (06.03.2025)  Farmoyishi va “Dolzarb bir oylik” doirasida amaliy ishlar davom etmoqda.

Oliy talim fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Andijon viloyati Xonobod shahrining Xidirsha mahallasi aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazdi. Aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalarni joyida hal etish maqsadida qabulda shahar hokimi Mash’al Tojiboyev, viloyat xalq banki raisi Anvar O‘shxo‘jayev va shahar tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Qabul davomida mahalladagi 85 ta xonadonni ichimlik suvi bilan ta’minlash, kam ta’minlangan 15 ta xonadon uchun chorva mollari va  quyosh panellari xarid qilish kabi masalalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan holda hal etilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram‌‌
👍8❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live

Hay’at yig‘ilishi boshlandi

Ayni daqiqalarda Jizzax politexnika institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining navbatdagi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Atrof muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari, oliy ta’lim muassasalari faoliyati monitoringi natijalari muhokama qilinadi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligida markaziy apparat mas’ullari va tizim tashkilotlari mutasaddilari, barcha oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, jamoatchilik kengashi a’zolari bevosita va masofadan ishtirok etmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍37🔥3❤2👏1