Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
1️⃣1️⃣1️⃣ ⚽️⚽️⚽️⚽️

“Universiada-2024” futbol musobaqalarining hududiy saralash bosqichi yakunlandi


Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Universiada-2024” sport musobaqalarining futbol bo‘yicha hududiy saralash bosqichi qizg‘in bahslarga boy tarzda o‘tkazildi.

Musobaqa davomida jamoalar o‘z mahoratlarini namoyish etib, yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatishdi. Saralash bosqichi bahslarida quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

🥇-oʻrin: Oʻzbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti;
🥈-oʻrin: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali;
🥉-oʻrin: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.

Saralash bosqichida barcha oliy taʼlim muassasalaridan eng kuchli jamoalar aniqlanib, ular 2025-yil 9–14-aprel kunlari Xorazm viloyatida boʻlib oʻtadigan respublika final bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.

Final bosqichi haqiqiy chempionlik uchun kurash maydoniga aylanadigan muhim sport musobaqasi bo‘lishi kutilmoqda.

Barcha ishtirokchilarga g‘alaba va omad yor bo‘lsin! 🎉⚽️

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥2😁1🎉1
#TopshiriqIjrosi #YoshlarBandligi

“Kelajakka qadam” markazlari – yoshlar bandligi yo‘lida

Prezident qarorida belgilangan vazifalar ijrosi, shu jumladan yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim tashkilotlarida “Kelajakka qadam” markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Jumladan:
🏛 O‘zbekiston milliy universiteti;
🏛 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
🏛 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
🏛 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
🏛 Toshkent davlat texnika universiteti;
🏛 Toshkent tibbiyot akademiyasi;
🏛 Turin politexnika universiteti;
🏛 Urganch davlat universiteti;
🏛 Farg‘ona davlat universiteti;
🏛 O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti;
🏛 Samarqand davlat universiteti;
🏛 Qo‘qon davlat universiteti;
🏛 Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti;
🏛 Andijon viloyatidagi OTM;
🏛 Surxondaryo viloyatidagi OTM.

📌 Mazkur markazlar bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash, kasbiy ta’lim dasturlarida qatnashish, ishlab chiqarish obyektlarida amaliyot o‘tash va chet eldagi oliy ta’lim muassasalarida qisqa muddatli o‘quv kurslarini moliyalashtirishga ko‘maklashadi.

✔️Shuningdek, yoshlarning kasbiy rivojlanishi va tadbirkorlikka yo‘naltirilishiga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥3👏3❤1
#XalqaroHamkorlik #NemisTili #OliyTaʼlim #KasbiyTaʼlim

O‘zbekiston va Germaniya: nemis tilini o‘qitish bo‘yicha hamkorlik kengaymoqda

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Germaniyaning “Ernst Klett AG” kompaniyasi bosh direktori Filip Hausmann boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda nemis tilini o‘qitish tizimini takomillashtirish va ushbu yo‘nalishdagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/40981

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20❤3🔥3
O‘zbekistonlik olimlar yurtimizning noyob metallari salohiyatini kashf etmoqda

Jahon bankining “MUNIS” loyihasi doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi olimlari yashil iqtisodiyot uchun strategik muhim elementlarni o‘rganish bo‘yicha keng ko‘lamli tadqiqot o‘tkazdilar.

17 ta strategik muhim metall, jumladan, noyob yer elementlari (REE), aniqlandi. Ular quyosh panellari, akkumulyatorlar va kelajak texnologiyalari ishlab chiqarish uchun zarur.

Olmaliq, Aytim va Xondiza hududlarida yangi istiqbolli noyob metallar konlari topildi.

O‘zbekistonda ilk bor ushbu metallar bo‘yicha geoma’lumotlar bazasi yaratildi.

Qazib olishning ekologiya va jamiyatga ta’sirini baholash uchun ESG-tahlil o‘tkazildi.

O‘zbekiston noyob metallarni yetkazib berish bo‘yicha global zanjirning muhim bo‘g‘iniga aylanishi mumkin!

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/40980

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍28❤3🔥1👏1