Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Sport

Zamonaviy sport majmuasi talabalar ixtiyorida

Joriy yilning 29-mart kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida yangi sport majmuasi va sport maydonining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Dastavval, ramziy tasma kesilib, futzal, gandbol va basketbol sport turlariga ixtisoslashgan yangi sport majmuasi foydalanishga topshirildi. Mazkur obyektning qurilish-rekonstruksiya ishlari uchun institutning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 4 milliard 438 million so‘m ajratildi.

Tadbir asnosida futbol, yengil atletika va basketbolga ixtisoslashgan katta sport maydoni ham talabalarga tuhfa etildi. Umumiy 300 ta tomoshabinga mo‘ljallangan ushbu kompleks 6 milliard 199 million so‘mlik mablag‘lar hisobidan yangi qiyofa kasb etdi.

Mazkur sport inshootlari yoshlarni sport va jismoniy tarbiyaga jalb etish, talabalarning bu sohadagi muvaffaqiyatlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍22❤3🔥3🥰1👏1
O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19👏3❤1
#XizmatSafari #Vazir

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri UrDUga tashrif buyurdi

Prezident qaroriga asosan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “O‘zmilliybank” AJ hamkorligida Respublikamizning jami 33 ta oliy ta’lim muassasalarida bitiruvchi talabalarining bandligini ta’minlashga ko‘maklashuvchi “Kelajakka qadam” markazlarining hududiy bo‘linmalari tashkil etildi. Jumladan, Xorazm viloyati talaba-yoshlari uchun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida ham markaz faoliyati yo'lga qo'ldi.

29-mart kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetiga tashrifi chog'ida yoshlarning bandligini ta'minlash, o'z-o'zini mehnat faoliyati bilan jalb qilishga ko'maklashish maqsadida tashkil etilgan "Kelajakka qadam" markazi sharoitlari va faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/42811

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍27❤6🎉2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ramazon hayiti barchaga muborak bo‘lsin!
___

С праздником Рамазан хайит!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍17🔥3🥰3
#RasmiyXabar

Samarqanddagi ayrim OTM hamda ular huzuridagi texnikum va akademik litseylarga qisqa muddatli taʼtil beriladi

Joriy yilning 4—5-aprel kunlari Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo -Yevropa
Ittifoqi” birinchi rasmiy Sammiti hamda “Markaziy Osiyo global iqlim tahdidlari qarshisida: umumiy farovonlik yo‘lida birdamlik”
mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.


Mazkur xalqaro tadbirni yuqori saviyada o‘tkazilishi hamda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida shaharda transport harakatlanishini qisqartirish va cheklash choralari ko‘riladi.

Shu munosabat bilan 2025-yil 1—5-aprel kunlari quyidagi oliy ta’lim muassasalari hamda ular huzuridagi texnikum va akademik litseylarga yozgi ta’til hisobidan qisqa muddatli o‘quv ta’tili beriladi:

1. Samarqand davlat universiteti;
2. Samarqand davlat chet tillar instituti;
3. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;
4. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti;
5. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali;
6. Samarqand davlat tibbiyot universiteti;
7. O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti;
8. Samarqand davlat tibbiyot universiteti akademik litseyi;
9. Samarqand davlat universiteti akademik litseyi;
10. Abu Ali ibn Sino nomidagi Siyob jamoat salomatligi texnikumi.

O‘quv jarayonlari 7-aprel, dushanba kundan boshlanadi.

❗️Eslatma: ushbu oliygoh talabalari uchun qoldirilgan dars mashg‘ulotlari yozgi ta’tilning ilk kunlari hisobidan o‘tkaziladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍45😁8🔥4❤2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muhandislik_oyligi
#kelajak_muhandislari
#yoshlar_akademiyasi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi aprelni “Muhandislik oyligi” deb e’lon qiladi!

“Muhandislik oyligi” doirasida texnika yo‘nalishidagi oliygohlarda turli tanlovlar va musobaqalar o‘tkaziladi.

Shuningdek, 15-16-aprel kunlari Toshkent shahrida “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali o‘tkaziladi.

“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida iqtidorli yoshlar o‘rtasida turli musobaqalar o‘tkaziladi:
✅“Drone racing”
✅Havo jangi
✅Raketa modellashtirish
✅Robototexnika musobaqasi
✅3D modellashtirish musobaqasi
✅Muhandislik ishlanmalari ko‘rgazmasi
✅Aviamodellar ko‘rgazmasi
✅“Art Engineering” namoyishlari
✅“Sanoat muammolari uchun yechimlar” hakatoni

🌐Tanlovlarda ishtirok etmoqchi bo‘lganlar ushbu sayt orqali batafsil ma’lumot olishlari va ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Muhandislar safiga qo‘shiling va o‘z kelajagingiz me’moriga aylaning!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍29🔥6👏2❤1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mirziyoyev #tashrif #Tojikiston

Mintaqamizni do‘stlik, ahillik va yaxshi qo‘shnichilik makoniga aylantirish yo‘lidagi tarixiy qadam.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
👍17🔥1
🇺🇸 iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda

iTEP (International Test of English Proficiency) — ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning:

🔠 tinglab tushunish;
🔠 o‘qish;
🔠 grammatika;
🔠 yozish;
🔠 gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

📱 Mazkur imtihon uchun talabgorlar 15-aprelga qadar ro‘yxatga olinadi.

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service

😎 Imtihon 18-aprel kuni Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida (Bog’ishamol ko’chasi 12-uy, mo‘ljal: “Bodomzor” metro bekati) o‘tkaziladi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi.

➡️ iTEP uchun mock test 👉 https://www.iteptest.com/preview

📱 @bba_ilmiy_markaz
📞 (95) 515-68-68

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16❤3🔥2