Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#grant #magistratura

Yaponiyada magistratura uchun GRANT!


🛰“Oʻzbekkosmos” agentligi va Kyushu texnologiya instituti (Yaponiya) hamkorlikda yosh mutaxassislar uchun toʻliq grant asosida magistratura dasturini e’lon qiladi. Ushbu dastur doirasida sun’iy yo‘ldosh yaratish va orbitaga chiqarish bo‘yicha chuqur bilim olasiz hamda aerokosmik sohada istiqbolli ish bilan ta’minlanasiz.

🔹 Grant nimani qamrab oladi?

✔️ To‘liq o‘qish xarajatlari
☑️ Amaliyot va tadqiqot ishlari
☑️ Aerokosmik sohaga yo‘naltirilgan maxsus tayyorgarlik
✔️ Istiqbolli ish imkoniyati

*️⃣ Talablar:
◀️ 35 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari
◀️ Aniq fanlar yoki texnika yo‘nalishida bakalavr diplomi
▶️ IELTS 6.5+
▶️ 800 so‘zdan oshmagan motivatsion xat
◀️ Maxsus anketani to‘ldirish

📢 Ariza topshirish bosqichlari:
1️⃣ training.cmspace.uz sahifasiga kiring va anketani to‘ldiring
2️⃣ “Ariza qoldirish” tugmasi orqali ma’lumotlaringizni to‘ldiring
3️⃣ “Kategoriya tanlang” bo‘limidan “Kyushu Institute of Technology”ni tanlang
4️⃣ Hujjatlaringizni RAR (ZIP) formatida yuklang

🚀 Kelajagingizni aerokosmik sohada qurish imkoniyatini boy bermang!

🛫 Yaponiyada grant asosida o‘qib, kelajak texnologiyalarini yarating!

📅 Arizalar qabul qilish muddati cheklangan! Hoziroq hujjat topshiring!

❗️Qo‘shimcha ma’lumot uchun: training.cmspace.uz

🌐Aloqa uchun: +998916934394

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤5🔥1
#Rektor_talabalar

Talabalar turar joyidagi sharoit va imkoniyatlar o‘rganildi

Namangan davlat texnika universiteti rektori v.v.b Muhammadjon Dadamirzayev talabalar turar joyida bo‘lib, yotoqxonadagi mavjud qulayliklar, kutubxona, kompyuter va xizmat ko‘rsatish xonalaridagi sharoitlar bilan tanishdi.

Batafsil

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤4👏4🔥1
🟦🟦🟦

Ilmiy tadqiqot ishingiz uchun zamonaviy laboratoriya va noyob ilmiy obyektlardan bepul foydalanishni istaysizmi? Unda ushbu dastur aynan siz uchun!

2025-yil 1-apreldan “Akademik harakatchanlik” dasturi tanlovida ishtirok etish uchun hujjatlar qabuli boshlandi.

Hujjatlar 30-aprelgacha https://akadem.ilmiy.uz/ platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.

Ushbu dastur yosh olimlarga ilmiy tashkilot va oliy ta’lim muassasalarining noyob ilmiy obyektlari, zamonaviy ilmiy laboratoriya va tajriba-konstruktorlik byurolaridan tekin foydalanish huquqini beradi.

Dasturda ishtirok etish uchun qo‘yiladigan shartlar:

- Loyiha ijrochisining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qatʼiy nazar 40 yoshdan oshmasligi;
- 1 ta ishtirokchi 1 ta ilmiy loyiha bilan ishtirok etishi;
- Topshirilgan ilmiy loyiha summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan oshmasligi;
- Dasturni amalga oshirish muddati 1 oydan 6 oygacha bo‘lishi.


Loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar davlat tomonidan to‘liq qoplab beriladi.

“Akademik harakatchanlik” dasturi haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

Arizalar topshirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha: (71) 203-32-23 (246)

Bizni kuzating


Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤3🔥2🤔1
#dayjest #qushlarkuni
#ekotadbir

1-aprel – Xalqaro qushlar kuni


Bugungi sana munosabati bilan oliy ta’lim muassasalarida ekotadbirlar, davra suhbatlari va chellenjlar tashkil etildi
.

🟢Navoiy davlat universitetida maxsus ekotadbir tashkil etildi;

🟢Guliston davlat pedagogika institutida qushlarning ekosistemadagi oʻrni haqida davra suhbati o’tkazildi;

🟢Toshkent iqtisodiyot va pedagogika institutida “Oʻzbekiston yoshlari chiqindisiz dunyo uchun” mavzusida plogging aksiyasi amalga oshirildi;

🟢Fargʻona davlat universitetida fakultetlararo #qushlarni_asraylik shiori ostida chellenj tashkil etildi;

🟢Buxoro davlat texnika universitetida ekologiya va biologiya sohasidagi mutaxassislar ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi;

🟢Qarshi davlat universiteti talabalari va mutaxxassislari tashabbusi bilan Nishon tumanidagi 45-maktabda ekotadbir tashkil etildi;

🟢Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida “Qushlar bizning do‘stimiz” mavzusida davra suhbati olib borildi;

🟢Xalqaro innovatsion universitetida #Qushlarni_asraylik chellenji oʻtkazildi;

🟢Namangan davlat pedagogika institutida “Qushlar bizning do‘stimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi;

🟢Namangan davlat chet tillari institutida qushlarni asrab-avaylash, ularning muhofazasi va tabiatga g‘amxo‘rlik qilish masalalari muhokama qilindi;

🟢Urganch davlat universitetida “Qushlarni asraylik” shiori ostida tadbir o‘tkazildi;

🟢Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari tashabbusi bilan Termiz shahrida joylashgan hayvonot bog‘ida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤3🔥3
#muhandislik_oyligi
#kelajak_muhandislari
#yoshlar_akademiyasi

🏆 “Aviatsiya” musobaqalariga taklif qilamiz! 🚀🎮✈️

2025-yil 15-aprel kuni O‘zMU sport maydonida havo sporti bo‘yicha qiziqarli va hayajonli musobaqalar bo‘lib o‘tadi!

🏁 Musobaqalar yo‘nalishlari:
✅ Dron reysing – tezlik va mahorat sinovi!
🔥 Havo jangi – uchuvchilar uchun haqiqiy jang maydoni!
🚀 Raketa modellashtirish – muhandislik va innovatsiya bir joyda!

Eng yaxshi ishtirokchilar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi!

📍 Manzil: O‘zMU sport maydoni
📆 Sana: 2025-yil 15-aprel

📢 Qo‘shimcha ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun bosing

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16🔥2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: “Oldimizda mintaqamizni nafaqat barqaror, balki farovon makonga aylantirish uchun tarixiy imkoniyat turibdi!”

Davlatimiz rahbari Samarqanddagi “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti oldidan "Euronews"ga eksklyuziv intervyu berdi.

O‘zbekiston yetakchisi o‘z intervyusida ekologik sohada ta’lim tizimini takomillashtirish va ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish masalasiga ham ham alohida e’tibor qaratgan:

O‘tgan yili mintaqamizda birinchi “Yashil” universitetni ochdik, bu ta’lim maskani qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish va innovatsiyalarni joriy etish uchun samarali maydon bo‘lib xizmat qilishi mumkin.


Batafsil


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19👏3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Targʻibot #TaʼlimTurizm

“O‘zbekiston: bebaho madaniy merosi”

Chexiyada milliy qadriyatlarimiz, nomoddiy merosimiz tarannum etildi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
4👍19❤7👏3
Diqqat Xushxabar!


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi aprelni “Muhandislik oyligi” deb e’lon qilishi munosabati bilan Muhandislik sohasida e’lon qilingan tanlovning arizalar qabuli 10-aprelga qadar uzaytirildi!

⏺Eslatib o‘tamiz tanlov “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida bo‘lib o‘tadi.

Tanlov ushbu yo‘nalishlarda quyidagi 3 ta kategoriya o‘rtasida o‘tkaziladi:

1️⃣
40 yoshdan oshmagan professor-o‘qituvchilar;
2️⃣
talabalar;
3️⃣
amaliyotchi muhandislar.

Har bir ishtirokchi tanlovning faqatgina bir yo‘nalishida ishtirok etishi mumkin.

G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

🥇1-o‘rin egalariga: elektromobil (9 ta):
🥈2-o‘rin uchun: xorijiy davlatlarga stajirovka yo‘llanmasi;
🥉3-o‘rin uchun: pul mukofotlari.

Tanlovda qatnashing va 9 ta elektromobildan biriga ega bo‘ling!


🗓 Tanlovga arizalar joriy yilning 10-aprel kuniga qadar muhandis.edu.uz veb-sayti orqali qabul qilinadi.

📋 TANLOV NIZOMI

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
📞 555200808 (357), 900650509.


Muhandislar safiga qo‘shiling va o‘z kelajagingiz me’moriga aylaning!


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍34😱9❤8🔥1🎉1