Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#qonunchilik_yangiliklari

Jizzax va Toshkent viloyatlarida injenerlik maktablari faoliyati yo‘lga qo‘yildi


Prezidentning 2025-yil 22-yanvardagi PQ-20-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Zomin tuman 1-son hamda Ohangaron shahar politexnikumlarida injenerlik maktablari tashkil etildi.


💬 Unga ko‘ra, injenerlik maktablarining faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

🔸 elektronika sanoati va ishlab chiqarish tarmoqlari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash;
🔹 ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan amaliy ta’lim berish;
♦️ soha korxonalaridan amaliyotchi mutaxassislarni jalb qilish;
🔹xalqaro ta’lim standartlari asosida o‘quv dasturlarini joriy etish.

▶️2025/2026-o‘quv yilida kasbiy ta’lim tashkilotlarida:

➡️injenerlik maktablarida tayyorlanadigan kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha umumta’lim tashkilotlarida kasbga yo‘naltirish tashkil etiladi;
➡️injenerlik sohasida o‘quvchilarni dual ta’lim shaklida tayyorlash va ularning ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish maqsadida sanoat korxonalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi;
➡️dars jadvali, o‘quvchilar baholarini qayd qilish, pedagog kadrlar o‘quv yuklamalarini belgilash va guruh jurnallari raqamlashtiriladi.
➡️ta’lim muassasalarining samarali faoliyat yuritishi uchun Davlat byudjetidan har yili 5 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.

⌛️ Shuningdek:

✔️ kasbiy ta’lim tashkilotlari injenerlik maktablariga o‘quvchilarni qabul qilish parametrlariga mos ravishda o‘qituvchilar
va ishlab chiqarish ta’lim ustalari
bilan ta’minlanadi;
☑️ kasbiy fanlar o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining sanoat hamkor korxonalarida stajirovkasi yo‘lga qo‘yiladi;
☑️hamkor sanoat korxonalari mutaxassislari va tegishli oliy ta’lim tashkilotlari professor-o‘qituvchilari, kasbiy ta’lim tashkilotlari malakali o‘qituvchilari jalb qilingan holda kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥1
#xalqaro_hamkorlik

Samarqand davlat tibbiyot universiteti diplomi dunyo miqyosida tan olinadigan bo‘ldi


Samarqand davlat tibbiyot universitetining ta’lim faoliyati sifatining jahon standartlari va mezonlariga muvofiqligi yaqinda “ECAQA” (Ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasida akkreditatsiya va sifatni ta’minlash bo‘yicha Yevroosiyo markazi) mustaqil akkreditatsiya va reyting agentligi tomonidan tahlildan o‘tkazildi hamda xalqaro institutsional akkreditatsiya sertifikati topshirildi.

2030-yilga qadar amalda bo‘ladigan mazkur akkreditatsiya nafaqat universitet, balki unda o‘qiyotgan minglab talabalar uchun ham katta imkoniyatlar eshigini ochib, bitiruvchilarning diplomlari xorijiy davlatlar va ish beruvchilar tomonidan tan olinishiga zamin yaratadi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/43989

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍33❤11🔥3👏2😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_forumi #ekologiya

Mo‘ynoqda 5 000 tup saksovul ko‘chati ekildi

Respublika yoshlar forumi
doirasida muhim ekologik tadbir o‘tkazildi. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti hamda uning Nukus va Toshkent filiallari rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, tyutorlar va talaba-yoshlari ishtirokida Mo‘ynoq tumanida 5 000 tup saksovul ko‘chati ekildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍24❤2🔥1😱1
#ttj #rektor_yoshlar #navoiy

Navoiy davlat universitet rektori talabalar turar joyida yoshlar bilan birga kechki ovqatlandi


Talaba-yoshlarning yashash sharoitlari, ta’lim jarayonidagi holat va ularni qiynayotgan masalalarni o‘rganish maqsadida kecha oqshom Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muxiddin Kalonov talabalar turar joyida bo‘lib, tunni o‘sha yerda o‘tkazdi.


Batafsil

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍33❤5👏4😁4🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#talaba_yugur #no_comment

Sirdaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan “Talaba yugur” sport musobaqasi jarayonidan


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍7🔥1😁1😱1
#Tashrif #bayram_sayli

Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!

4-aprel kuni Tashkent xalqaro universitetida Navro‘z bayrami munosabati bilan “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z” shiori ostida ajoyib bayram sayli o’tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Yunusobod tumani hokimi Bahodir Abduvaliyev faxriy mehmon sifatida ishtirok etdilar.

Tadbir davomida vazir yoshlar bilan samimiy suhbatlashib, ularda milliy o‘zlik, ma’naviy meros va zamonaviy bilim uyg‘unligini shakllantirish borasida muhim fikr-mulohazalarini bildirdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤9🔥5👏3🥰2