Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xulosa_sizdan

“Tanlov”


Ushbu animatsion film orqali jamiyatda agar birlashsak, ba‘zi muammolarni birgalikda hal qilsak, maqsad sari olib boradigan yo‘limiz yanada qisqa bo‘lishi ko‘rsatilgan. Tanlov o‘z qo‘limizda!

Siz qaysi yo‘lni tanlagan bo‘lardingiz?

Ko‘ring va fikr bildiring: https://youtu.be/KDBlmM_CHFQ

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍21❤4🔥2🤩2
#Vazir_kubogi

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Vazir kubogi” sport musobaqalari o‘tkazildi

2025-yil 5-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Vazir kubogi” sport musobaqalari o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan barcha oliy ta’lim muassasalari yoshlar yetakchilari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollik darajasini oshirish hamda sport orqali ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori G. Rixsiyeva hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi raisi Sh. Anvarov ishtirok etib, sportning yoshlar hayotidagi o‘rni haqida fikr bildirdilar.
Musobaqalarda mini futbol, stol tennisi va shaxmat yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar o‘z bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazib, g‘olib va sovrindorlar esdalik sovg‘alari hamda sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Musobaqa natijasiga ko’ra, shaxmat bo’yicha:
1-oʻrin Toshkent kimyo texnologiyalari instituti yoshlar yetakchisi
Bashritdinova Ruhshona
2-o’rin Geologiya fanlar universiteti yoshlar yetakchisi
Tleubayev Islom
3-o’rin JIDU yoshlar yetakchisi
Mamadaminova Sofiya

Tennis bo’yicha:

1-oʻrin Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti
Fayzullayev Nuriddin
2-oʻrin Oriental universiteti
Norboyeva Afroʻza
3-oʻrin Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
Mirzaxmedov Shohruh

Mini futbol bo’yicha:

1-o’rin Muhandislar jamoasi!
2-o’rin Hala Madrid jamoasi!
3-o’rin Yangi O’zbekiston jamoasi g’olib bo’ldi


Barcha ishtirokchilarni va g’oliblarni tabriklaymiz!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍25❤4🔥4👏3🥰1
Audio
✍️ Nodar Dumbadze. Hellados (hikoya)

“Hellados” – sadoqat, baxt va halollikning sinovidan o‘tgan insoniylik haqida falsafiy-psixologik hikoya.

Nodar Dumbadze ushbu asarida inson qalbidagi ezgulik va fidoyilikning kuchini, odamlar o‘rtasidagi mehr va ishonchning muhimligini nozik badiiylik bilan tasvirlaydi. Hikoya dastlab oddiy hayotiy voqea sifatida boshlangandek tuyulsa-da, undagi ramziy ifodalar, ruhiy kechinmalar va chuqur ichki monologlar orqali insoniy mohiyat, vijdon va baxt haqida teran falsafiy mushohadalar uyg‘otadi.

Hellados obrazi orqali muallif vatan, do‘stlik va insoniy qadriyatlar haqida gapiradi — bu obraz hayotda ko‘p narsani yo‘qotgan bo‘lsa-da, ichki yuksaklik va poklikni saqlab qolgan inson timsolidir. Hikoya oxirida o‘quvchi o‘z qalbiga nazar solib, “haqiqiy baxt nimada?” degan savol ustida o‘ylab qoladi.


📚 3000 dan ziyod BEPUL elektron va audiokitoblar bu yerda: 📱Play Market / App Store

📖 Matn shaklida o‘qish uchun: HAVOLA

🎙Ushbu hikoya audiosini Muhammadjon Xoʻjayev o‘qigan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍31❤2🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸🇺🇸🇺🇸 😊😊😊

Chet tilini (
🇺🇸 ingliz, 🇸🇦 arab, 🇹🇷 turk tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi

✅ 2025-yil 14-aprel kuni soat 9:00 da Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan tashkil etiladigan chet tilini (ingliz, arab, turk tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam) o‘tkaziladi

🗺 Test sinovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda, tegishli to‘lov (119 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

🗓 Ro‘yxatga olish muddati — 07-aprel soat 10-00 ga qadar.
⏳ To‘lov qilish muddati — 07-aprel soat 10-00 ga qadar.
✍️ Test o‘tkazish kuni — 14-aprel.

🤖 Natijangizni @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot boti orqali bilib olishingiz mumkin.

👥 MOCK guruhi @mockbba

☎️ (95) 515-68-68

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21😱2
#ish_yuritish #seminar_trening

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari xodimlari uchun iqtisodiy oʻqish tashkil etildi


“Vazirlikda ish yuritish va ichki hujjatlar bilan ishlash yoʻriqnomasi hamda normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish” mavzusida tashkil erilgan anjuman Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev raisligida o'tdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/44161

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21🔥1😱1