Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#OTFIV #Velosport #Hamkorlik

🚴‍♂️Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

🤝 Ushbu hujjat sport sohasida o‘zaro manfaatli munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida velosportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ta’lim va ilmiy tadqiqot yo‘nalishlarida qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/44612

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤2👏2😁2🔥1
#TTJ_prorektor_talaba

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida talabalar turar joyi ko‘zdan kechirildi


Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov talabalarning yashash tarzini o‘rganish, ularning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlariga erishish va mavjud shart-sharoitlarni yanada yaxshilash maqsadida institut talabalar turar joyida yoshlar bilan uchrashib, tunni o‘sha yerda o‘tkazdi.

O‘zaro muloqot chog‘ida yotoqxonadagi barcha talabalarga TTJda yashash qoidalari, kiyinish madaniyati, odob-axloq qoidalari tushuntirilib o‘tildi.

Shuningdek, uchrashuvda yotoqxonadagi tozalik, ozodalik haqida tushuntirish ishlari olib borilib, talabalarning vaqtini samarali o‘tkazish maqsadida kitob o‘qish, turli to‘garaklar tashkil qilish bo‘yicha fikrlar almashildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18😱3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekiston — Vatanim manim”: millatlararo totuvlik va umummilliy birlik timsoli


Termiz davlat universiteti talabalari tashabbusi bilan viloyat markazidagi “San’at saroyi”da “O‘zbekiston — Vatanim manim” shiori ostida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
2👍28🔥15🥰8👏5🤩2
#xalqaro_hamkorlik #davra_suhbati

O‘zbekiston va Vyetnam ishbilarmon doiralari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

8-aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev va Vyetnam Sotsialistik Respublikasi Milliy Majlisi raisi Chan Txan Man raisligida O‘zbekiston va Vyetnam ishbilarmon doiralari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda ikki mamlakat vazirlik va idoralari rahbarlari, jumladan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q. Sharipov, birinchi o‘rinbosar Sh. Daliyev hamda Vyetnam delegatsiyasi tarkibidagi qator vazirlar va ularning o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

O‘zaro muloqot yakuniga ko‘ra imzolangan 2025–2026-yillarda O‘zbekiston va Vyetnam o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Qo‘shma harakatlar rejasiga muvofiq oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ikki mamlakat fuqarolari uchun ta’lim grantlari ajratish, Vyetnamda “Ta’lim va fan kunlari”ni tashkil etish hamda yarim o‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika kabi ilg‘or sohalarda qo‘shma tadqiqotlar olib borish kabi tashabbuslar belgilandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/44846

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍8🔥2