Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus_reportaj

Qoraqalpog‘istonlik yoshlar oliy ta’lim muassasalarida alohida kvota asosida tahsil olishmoqda


Namangan davlat universitetida tahsil olayotgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar haqida “O‘zbekiston 24” telekanalida.

🎞 https://youtu.be/5qJv5sPKGk8

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Abdulla_Qodiriy

Qodiriy qaytmagan hovli


O‘zbek adabiyoti tarixida o‘chmas iz qoldirgan yozuvchi, dramaturg va jamoat arbobi Abdulla Qodiriy 1894-yil 10-aprel kuni Toshkentda tug‘ilgan. U o‘zining “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” kabi asarlari orqali milliy roman janrining asoschisi sifatida tanilgan.

⚡️Abdulla Qodiriy – o‘zbek milliy uyg‘onish davrining timsoli. Uning merosi – biz uchun bebaho boylik.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤11🔥1👏1
#abituriyentlarga

Toshkent shahridagi Inha universiteti qabul kvotasi 700 gacha oshdi


Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Bobur Abdullayev hamda Inha universiteti (Janubiy Koreya) prezidenti doktor Cho Myeong Woo ikki universitet o‘rtasidagi akademik va institutsional hamkorlikni kengaytirishni nazarda tutuvchi kelishuv imzoladilar.

Unga ko‘ra:
• 2025-2026 o‘quv yilida talabalarni qabul qilish kvotasining 460 nafardan 700 nafargacha oshirildi;
• Toshkent shahridagi Inha universitetining barcha bitiruvchilari INHA universitetining Koreya namunasidagi diplomlarini olishda davom etadilar;
• yaqin kelajakda yangi dasturlarni, jumladan, raqamli transformatsiya sharoitida asosiy yo‘nalishlar bo‘lgan Data Science, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik kabi ta’lim yo‘nalishlarinin joriy etish rejalashtirildi.
• Koreya tomonidan moliyalashtiriladigan talabalar almashinuvi bo‘yicha stipendiya dasturini joriy etish va boshqalar.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19🔥2❤1
#e’lon

Koinot tuzilishi va undagi elementar zarralarga qiziqadigan yoshlar uchun ajoyib yangilik!!!


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 12-aprel – Xalqaro kosmonavtika kuni hamda 2025-yil – Kvant yili munosabati bilan “Koinot tuzilishi va elementar zarralar” nomli ilmiy-ma’rifiy tadbir tashkil etilаdi.

Mazkur tadbir zamonaviy fizika va kosmos tadqiqotlariga bag‘ishlanib, unda yurtimizning yetuk olimlari – akademiklar Qodir G‘ulomov hamda Bobomurod Ahmedov o‘zlarining dolzarb ilmiy mavzulardagi ma’ruzalari bilan ishtirok etadilar. Ular tomonidan koinotning murakkab tuzilishi, elementar zarralarning tabiati, kvant fizikasi va kosmik tadqiqotlarning yangi yo‘nalishlari yuzasidan ilmiy asoslangan fikr va mulohazalar bildiriladi.

Tadbirda, shuningdek, respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari talabalari, professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining ishtiroki kutilmoqda.

Ushbu ilmiy-ma’rifiy anjuman yosh avlodni ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, zamonaviy ilmiy yondashuvlar bilan tanishtirish, shuningdek, O‘zbekiston ilm-fan salohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga xizmat qiladi.

📍Manzil: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
⏰ Vaqti: 12-aprel kuni, soat 10:00 da

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18🔥1🎉1
#eslatma

Bugun muhandislik sohasida e’lon qilingan tanlovga ariza topshirishning so‘nggi kuni!

⏺️Eslatib o‘tamiz, tanlov “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida o‘tkaziladi.

G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

🥇1-o‘rin egalariga: elektromobil (9 ta);
🥈2-o‘rin uchun: xorijiy davlatlarga stajirovka yo‘llanmasi;
🥉3-o‘rin uchun: pul mukofotlari.

🗓 Tanlovga arizalarni yuborish va uni tahrirlash 10-aprel soat 23:59 qadar muhandis.edu.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

📋 TANLOV NIZOMI

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
📞 555200808 (357), 900650509.

Muhandislar safiga qo‘shiling va o‘z kelajagingiz me’moriga aylaning!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤1🔥1🎉1
⚡️Ovozli chat

2025-yil 11-aprel kuni soat
11:00 da “Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash” Telegram kanalida izlanuvchilar faoliyati samaradorligining monitoringini tashkil etish bo‘yicha ovozli chat bo‘lib o‘tadi.

Mavzu yuzasidan barcha savollaringizga ushbu efirda jonli ravishda Innovatsion rivojlanish agentligi mutaxassislaridan javob olishingiz mumkin.

🎙 Jonli efirga qo‘shilish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤4🎉2🔥1🥰1
#xalqaro_musobaqa #tarixiy_natija

TDYU talabalari xalqaro musobaqalarda tarixiy natijalarga erishmoqda

O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi o‘laroq, Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari xalqaro maydonda yuksak natijalarga erishmoqda. Xalqaro huquq, inson huquqlari, savdo va investitsiyalar kabi yo‘nalishlarda o‘tkazilgan nufuzli tanlovlarda universitet jamoalari muvaffaqiyatli ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.

Xususan, Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi “Philip C. Jessup International Law Moot Court Competition” musobaqasida Markaziy Osiyo tarixida chorak finalgacha yetib borgan ilk jamoa bo‘ldi. Shuningdek, universitet jamoalari Braziliyada o‘tkazilgan CPR Xalqaro mediatsiya, Qozog‘istonda o‘tkazilgan “Legal English Competition — 2025” xalqaro musobaqalarida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

9-aprel kuni Toshkent davlat yuridik universitetida ushbu xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan talabalar, ularning murabbiylari va oila a’zolarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda g‘oliblar, ularning murabbiylari hamda yaqinlariga tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/44980

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23🔥7👏3🎉3🤩2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#innovatsion_texnologiyalar_festivali

Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali bo‘lib o‘tadi


Mudofaa vazirligi tomonidan bir qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda joriy yil 29-, 30- va 31-may kunlari poytaxtimizdagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali tashkil etiladi.

Festivalda mudofaa sanoatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy texnologiyalar, metallurgiya, kimyo sanoati va tekstil yo‘nalishlarida ikki maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi zavod, korxona hamda tashkilotlar o‘zlarining eng so‘nggi yutuqlari va ishlanmalari bilan ishtirok etadi.

Shuningdek, festival doirasida ishtirokchilar o‘rtasida robototexnika, modellashtirish texnologiyalari kabi musobaqa va tanlovlar o‘tkaziladi.

Barchani mazmunli va ilhomlantiruvchi ushbu festivalga taklif etamiz!

📌Batafsil ma’lumot:
(71) 212-71-79, (90) 908-06-97.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤2🔥2