Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#eslatma

Bugun muhandislik sohasida e’lon qilingan tanlovga ariza topshirishning so‘nggi kuni!

⏺️Eslatib o‘tamiz, tanlov “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida o‘tkaziladi.

G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

🥇1-o‘rin egalariga: elektromobil (9 ta);
🥈2-o‘rin uchun: xorijiy davlatlarga stajirovka yo‘llanmasi;
🥉3-o‘rin uchun: pul mukofotlari.

🗓 Tanlovga arizalarni yuborish va uni tahrirlash 10-aprel soat 23:59 qadar muhandis.edu.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

📋 TANLOV NIZOMI

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
📞 555200808 (357), 900650509.

Muhandislar safiga qo‘shiling va o‘z kelajagingiz me’moriga aylaning!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤1🔥1🎉1
⚡️Ovozli chat

2025-yil 11-aprel kuni soat
11:00 da “Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash” Telegram kanalida izlanuvchilar faoliyati samaradorligining monitoringini tashkil etish bo‘yicha ovozli chat bo‘lib o‘tadi.

Mavzu yuzasidan barcha savollaringizga ushbu efirda jonli ravishda Innovatsion rivojlanish agentligi mutaxassislaridan javob olishingiz mumkin.

🎙 Jonli efirga qo‘shilish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤4🎉2🔥1🥰1
#xalqaro_musobaqa #tarixiy_natija

TDYU talabalari xalqaro musobaqalarda tarixiy natijalarga erishmoqda

O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi o‘laroq, Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari xalqaro maydonda yuksak natijalarga erishmoqda. Xalqaro huquq, inson huquqlari, savdo va investitsiyalar kabi yo‘nalishlarda o‘tkazilgan nufuzli tanlovlarda universitet jamoalari muvaffaqiyatli ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.

Xususan, Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi “Philip C. Jessup International Law Moot Court Competition” musobaqasida Markaziy Osiyo tarixida chorak finalgacha yetib borgan ilk jamoa bo‘ldi. Shuningdek, universitet jamoalari Braziliyada o‘tkazilgan CPR Xalqaro mediatsiya, Qozog‘istonda o‘tkazilgan “Legal English Competition — 2025” xalqaro musobaqalarida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

9-aprel kuni Toshkent davlat yuridik universitetida ushbu xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan talabalar, ularning murabbiylari va oila a’zolarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda g‘oliblar, ularning murabbiylari hamda yaqinlariga tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/44980

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23🔥7👏3🎉3🤩2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#innovatsion_texnologiyalar_festivali

Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali bo‘lib o‘tadi


Mudofaa vazirligi tomonidan bir qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda joriy yil 29-, 30- va 31-may kunlari poytaxtimizdagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali tashkil etiladi.

Festivalda mudofaa sanoatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy texnologiyalar, metallurgiya, kimyo sanoati va tekstil yo‘nalishlarida ikki maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi zavod, korxona hamda tashkilotlar o‘zlarining eng so‘nggi yutuqlari va ishlanmalari bilan ishtirok etadi.

Shuningdek, festival doirasida ishtirokchilar o‘rtasida robototexnika, modellashtirish texnologiyalari kabi musobaqa va tanlovlar o‘tkaziladi.

Barchani mazmunli va ilhomlantiruvchi ushbu festivalga taklif etamiz!

📌Batafsil ma’lumot:
(71) 212-71-79, (90) 908-06-97.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤2🔥2
#Kelajak_muhandislari #Oliygoh_kubogi

TDTUda iqtidorli yoshlar bellashdi!


Toshkent davlat texnika universitetida “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida “Oliygoh kubogi’ tanlovi boʻlib oʻtdi.

Tanlov yakunida 13 ta nominatsiya bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishgan ishtirokchilar taqdirlandi:

➖Robototexnika yo‘nalishida — 27 nafar;

➖Kiberxavfsizlik yo‘nalishida — 6 nafar;

➖Sun’iy intellekt yo‘nalishida — 6 nafar yosh iqtidorlar;


Taqdirlash marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari hamda universitet rahbariyati ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun: Mazkur tanlov davomida 600 dan ortiq iqtidorli yoshlar “INNO” texnoparkida robototexnika, kiberxavfsizlik va sunʼiy intellekt yoʻnalishlarida oʻzaro kuch sinashdi. Tanlov 9 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan yosh iqtidorlarni qamrab oldi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤2🔥1🎉1