Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#akademik_bilan_uchrashuv

11-aprel kuni atoqli olim, akademik Oqil Umurzoqovich Salimov Toshkent shahridagi Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Respublika iste’dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash "Ulug'bek jamg'armasi" raisi, akademik Oqil Salimov institutning ijrochi direktori Azizbek Baxodirov boshchiligida institut jamoasi, iqtidorli talabalar va yosh izlanuvchilar bilan uchrashib, ularga qimmatli maslahatlar, oʻz hayotiy tajriba va ilmiy faoliyatiga tayangan holda amaliy tavsiyalar berdi.

Uchrashuv davomida akademik Salimov texnik rivojlanishdagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari haqida so‘z yuritdi. "Ulug'bek jamg'armasi" tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, "Ulug'bek vorislari" tanlovi va unda ishtirok etgan tanlov g'oliblari haqida atroflicha ma'lumot berdi. Ushbu tashrif yig'ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍26🔥2❤1👏1
#ta’lim #uchrashuv

Xalqaro kosmonavtika
kunida faxriy akademiklar talabalar bilan uchrashdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 12-aprel – Xalqaro kosmonavtika kuni hamda 2025-yil – Kvant yili munosabati bilan “Koinot tuzilishi va elementar zarralar” nomli ilmiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Anjuman zamonaviy fizika va kosmos tadqiqotlariga bag‘ishlanib, unda yurtimizning yetuk olimlari – akademiklar Qodir G‘ulomov hamda Bobomurod Ahmedov o‘zlarining dolzarb ilmiy mavzulardagi ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/45525

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍25❤6🔥2😱1
#live #inson_uchun

“Talaba-yugur” yugurish marafoni – Yangi Oʻzbekiston bogʻida


Bugun, 12-aprel kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil qilingan Yangi Oʻzbekiston bogʻida boʻlib oʻtayotgan “talaba-yugur” yugurish marafoni boshlandi.

Mazkur musobaqada Toshkent shahri va viloyatidagi oliy taʼlim muassasalaridan 628 nafar roʻyxatdan oʻtgan talabalar (chip va koʻkrak raqamiga ega) hamda 2000 dan ortiq koʻngilli talabalar ishtirokchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ishtirok etmoqda.

Maydonda ishtiyoq, gʻayrat va hayajon hukm surmoqda va har bir ishtirokchining koʻzida gʻalabaga boʻlgan intilish yaqqol sezilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍13🔥5🎉2❤1😁1