Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#universiada_2025

Futbol boʻyicha “Universiada—2025” musobaqasining Respublika bosqichi gʻoliblari aniqlandi


Joriy yilning 9-14-aprel kunlari Xorazm viloyatida oliy taʼlim muassasalarining talaba-yoshlari oʻrtasida anʼanaviy tarzda oʻtkazilayotgan “Universiada” sport musobaqalarining futbol sport turi boʻyicha final bosqichi oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Bu yilgi musobaqaga Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti mezbonlik qildi.

Futbol boʻyicha final bosqichi oʻyinlari natijasi quyidagicha boʻldi:
🥇1-o‘rin – Xorazm viloyati jamoasi;
🥈 2-o‘rin – Toshkent viloyati jamoasi;
🥉 3-o‘rin – Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22🎉4❤2🔥1🥰1
#Xalqaro_hamkorlik

O‘zbekistonda muhandis kadrlarni tayyorlash bo‘yicha JICA bilan hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi


14-aprel kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev hamda Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (JICA) Sharqiy va Markaziy Osiyo, Kavkaz departamenti direktori yordamchisi Akane Miyajima va JICA O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari v.v.b. Kenji Mishima o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Tomonlar o'rtasida O‘zbekistonda muhandislik sohasida olib borilayotgan islohotlar borasida mukomalar olib borildi hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti A. Tanakaning O‘zbekistonga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida istiqboldagi rejalar va hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/45861

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤1🔥1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live #Kelajak_Muhandislari

15-16-17-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivaliga tayyormiz!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14🔥2❤1🎉1
#xizmat_safari #talabaga_qulaylik

Talabalar yashash sharoitlari va ularning jismoniy faolligi doimo eʼtiborda


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi direktori Adham Xudaykulov 14 aprel kuni Andijon davlat chet tillari instituti talabalar turar joyida boʻlib, talabalarga yaratilgan sharoitlar hamda institutning yangi talabalar turar joyi qurilishi bilan tanishdilar.

Talabalar turar joyining zamonaviy infratuzilma va jihozlar bilan taʼminlanayotgani, yoshlarga yuqori sifatli, xavfsiz va barcha talablarga javob beradigan yashash sharoitlari yaratilayotgani alohida eʼtirof etildi. Bu, shubhasiz, talabalarning taʼlim sifatini oshirish, ularning samarali taʼlim olishlari va ijtimoiy faolligini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, vazir talabalar turar joyi hududida joylashgan sport inshootlari bilan ham yaqindan tanishdi. U futbol va voleybol maydonlarini koʻzdan kechirib, talabalarning sport bilan shugʻullanishi, jismoniy faolligini oshirish muhimligini taʼkidladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16👏6😱3😁1🤔1