Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik #kasbiy_taʼlim
#Oʻzbekiston_Xitoy

O‘zbekiston va Xitoy tibbiyot kasbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Joriy yil 14–19-aprel kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ullari, shuningdek, Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi rahbarlaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrif uyushtirdi. Safar doirasida delegatsiya Chongqing va Anhu shaharlaridagi yetakchi tibbiyot ta’lim muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/46882

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ogohlik

🚭 Giyohvandlik – bu tanlov emas, bu halokat!

🛑 Giyohvandlik – insonni sekin, lekin muqarrar yemiradigan ofat. Birinchi qadam — qiziqishdan boshlanadi. Ammo oqibati – sog‘liqdan, orzudan, hatto hayotdan ayrilish bo‘ladi.

✅ Sog‘lom fikr, to‘g‘ri muhit va ijobiy maqsadlargina sizni haqiqiy baxt sari yetaklaydi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Kelajakka qadam” loyihasi doirasida OTM bitiruvchilariga 1 mlrd soʻmgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi

Oʻzingiz oʻqiyotgan oliygohdagi “Kelajakka qadam” markaziga murojaat qiling!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤2🔥2😁2
🔔DIQQAT TANLOV!

💡Bu yerda hamma teng. Muhimi – kimligingiz emas, nimalarga qodirligingiz!

🌎“Imkoniyatlar olimpiadasi”: O‘zbekistonda ilk bor imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasida kasbiy mahorat musobaqalari o‘tkaziladi.


“Imkoniyatlar olimpiadasi” tanlovi 21-apreldan 2-mayga qadar bo‘lib o‘tadi, unda abilympics.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tgan 14-18 yoshdagi imkoniyati cheklangan yoshlar o‘z kasbiy mahoratlarini namoyish etadilar.

Mazkur ko‘rik-tanlov mamlakatimizda o‘tkaziladigan ushbu formatdagi birinchi milliy musobaqa bo‘lib, loyiha Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilmoqda.

“Imkoniyatlar olimpiadasi” yoshlarga nima beradi?


✅ O‘z sohasida mahoratini ko‘rsatish;
✅ Yangi do‘stlar va hamfikrlar orttirish;
✅ Tajriba almashish va o‘rganish;
✅ Qimmatbaho sovg‘alar va e’tirofga sazovor bo‘lish.

↗️ Yo‘nalishlar:
• Rassomchilik
• Kashtachilik
• Kulolchilik
• Fotograflik
• Mobilografiya
• Qandolatchilik
• AKT sohasi
• Tornachilik
• Duradgorlik
• Quruq qurilish ishlari

📞Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

+998712025858
abilympics.uz
Instagram.com/iihub_uz

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20❤1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sport_festivali

“GIMNASTRADA–2025” — SPORT, SAN’AT VA MA’RIFAT UCHRASHGAN MASKAN


Namangan davlat pedagogika institutida talabalarni ommaviy sportga jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda yoshlarda sport va jismoniy madaniyat qadriyatlariga hurmat tuyg‘usini shakllantirish maqsadida “Gimnastrada – 2025” sport festivali yuqori saviyada o‘tkazildi.

Unda 3 ta fakultetdan jami 28 ta jamoa ishtirok etib, o‘zlarining yorqin jamoaviy chiqishlari orqali sport, san’at va ma’rifat uyg‘unligini namoyon etishdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍10🔥3
Talabalar o‘rtasida ilk fidjital sport o‘yinlari may–iyun oylari o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Fidjital-sport federatsiyasi ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzoladi.

Hamkorlik doirasida qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish, iqtidorli yoshlarni saralash, yoshlarning xalqaro musobaqalarda ishtirokini ta’minlash koʻzda tutiladi. Jumladan, talaba–yoshlar o‘rtasidagi dastlabki fidjital sport o‘yinlari joriy yilning may–iyun oylarida 2 bosqichda o‘tkazilishi belgilab olindi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍7❤2🔥1
Yoshlar – kelajak bunyodkori

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostida “Talabalar bahori” festivali oʻtkazildi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, vazir o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov ishtirok etgan festival doirasida “Besh tashabbus sayli”, “Varrak shou”, “Bahoriy taomlar dasturxonlari” tanlovi, “Osh musobaqasi”, kitoblar, hunarmandchilik buyumlari savdo yarmarkasi, milliy liboslar, turli millat xalq hunarmandchiligi mahsulotlari koʻrgazmasi, “Rektor kubogi” sport musobaqalari tashkil etildi.

Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3957

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22❤4🔥2