Yoshlar – kelajak bunyodkori
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostida “Talabalar bahori” festivali oʻtkazildi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, vazir o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov ishtirok etgan festival doirasida “Besh tashabbus sayli”, “Varrak shou”, “Bahoriy taomlar dasturxonlari” tanlovi, “Osh musobaqasi”, kitoblar, hunarmandchilik buyumlari savdo yarmarkasi, milliy liboslar, turli millat xalq hunarmandchiligi mahsulotlari koʻrgazmasi, “Rektor kubogi” sport musobaqalari tashkil etildi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3957
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

👍22❤4🔥2
#Xushxabar
“TIQQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti jamoasiga Nobel mukofoti sohibining qo‘shilishi — milliy ilm-fan taraqqiyoti yo‘lida muhim qadam
Ekologik axborot texnologiyalari yo‘nalishida jahon miqyosida tan olingan olim, 2007-yilgi Nobel mukofoti laureati professor Henricus Balthasar Joseph Leemans 2025-yil 14-apreldan boshlab “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida to‘liq shtatli professor sifatida ilmiy-pedagogik faoliyatni boshladi.
Professor Leemansning universitetda olib boradigan faoliyati ekologik monitoring, barqaror rivojlanish va geoaxborot texnologiyalari yo‘nalishlaridagi tadqiqot ishlarini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Mazkur voqea universitet nufuzining xalqaro darajada ortib borayotganini anglatadi va O‘zbekistonda ilm-fan hamda innovatsiya salohiyatini yanada mustahkamlashga zamin yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi professor Henricus Balthasar Joseph Leemans tomonidan bildirgan ishonch hamda mamlakatimiz ilm-fan sohasiga qo‘shayotgan hissasi uchun minnatdorlik bildiradi.

👍82🔥19❤13🤩5👏4
Farg‘ona viloyatida “Dual ta’limni tashkil etishning afzalliklari” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi
Farg‘ona viloyatidagi kasbiy ta’lim tashkilotlari, ish beruvchi korxona va muassasalar mas’ullari ishtirokida “Dual ta’limni tashkil etishning afzalliklari” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi.
Forumda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Fargʻona viloyati hududuy boshqamasi boshligʻi Toʻychiboy Boymatov, Germaniya xalqaro tashkiloti (GIZ) loyihasi eksperti Kristian Xiris, viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzod Polvonov, Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.
“Dual ta’limda Germaniya tajribasi”, “Dual ta’limni tashkil etishda korxonalarning o‘rni”, “Xususiy sektordagi ish beruvchilar hamda ta’lim muassasalari integratsiyasi”, “Farg‘ona viloyatida dual ta’limni tashkil etish imkoniyatlari” kabi mavzulardagi chiqishlar qizg‘in savol-javob hamda bahs-munozaralarga boy bo‘ldi.
Ish beruvchi korxonalar hamda kasbiy ta’lim tashkilotlari rahbarlari tomonidan dual ta’limni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar, tashabbus va loyihalar ilgari surildi. Tizimda yuz ko‘rsatayotgan muammo va kamchiliklar tahlil qilindi.

👍23🔥2❤1