Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_rolik

❗️O‘Z HAYOTINGNI - O‘ZING BARBOD QILMA!

☝️Unutma, 📚bilim olish, 💸 halol pul topish bularning hammasi farovon kelajagimiz poydevoridir!

©️Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤3😁2🤔2
#xalqaro_hamkorlik

O'zbekiston-Eron: oliy ta'lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlik istiqbollari belgilab olindi

Shu kunlarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev
boshchiligidagi delegatsiya Eron Islom Respublikasida bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasidagi ilk uchrashuv — Eron Islom Respublikasi Fan, tadqiqotlar va texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Farhod Yaznandust bilan rasmiy muzokaralar tarzida o‘tdi. Unda ikki tomon vakillari talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ikki diplomli ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, universitetlar o‘rtasida Universiada va boshqa sport tadbirlari, rektorlar forumini tashkil etish hamda strategik yo‘nalishlarda olimlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashishdi.

Muloqot yakunida belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy hamkorlikni samarali tashkil etish maqsadida yo‘l xaritasini ishlab chiqish va imzolash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Keyingi manzil – Sharif texnologiyalar universiteti (SUT)da Sh.Daliyev hamda oliygoh prezidenti Seyed Abbas Musavi ishtirokida o‘tgan uchrashuvda ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida akademik hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida 2+2 va 1+1 formatlarida qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish masalasi muhokama qilindi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21🔥3❤1😁1
#rektor_kubogi #hakaton

Rectorʼs Cup–2025: Sunʼiy intellektga bagʻishlangan innovatsion hakaton yuzlab yoshlarni birlashtirdi


19–21-aprel kunlari Toshkentdagi INHA universitetida virtual yordamchilar va sunʼiy intellekt sohasida oʻzbek tilida innovatsion yechimlar yaratishga bagʻishlangan ikki kunlik “Rectorʼs Cup–2025” hakatoni oʻtkazidi.

Mazkur hakaton sunʼiy intellekt, robototexnika va kiberxavfsizlik kabi ustuvor yoʻnalishlardagi startap loyihalarni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan boʻlib, ikki kun mobaynida talabalar tajribali mentorlar rahbarligida oʻz loyihalari ustida ishladilar.

Hakaton yakunida ikki yoʻnalish boʻyicha gʻoliblar hakamlar hayʼati tomonidan aniqlandi.

👉 Batafsil

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤2🔥1
#qonunchilik_yangiliklari

📊Kasbiy ta’limni rivojlantirish jamg‘armasining faoliyati tartibga solindi


🗣Hukumat qarori (245-son, 19.04.2025 й.) bilan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

📎 Nizom Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish, Jamg‘arma faoliyatini boshqarish, uning mablag‘larini taqsimlash, hisobi va hisobotini yuritish tartibini belgilaydi.

✅Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlarga yo‘naltiriladi, jumladan:

➡️kasbiy ta’lim tashkilotlarining o‘quv-metodik ta’minotini mustahkamlash, o‘quv adabiyotlarini yaratish, chop etish va ularning kitob fondini to‘ldirish;

➡️“Kasbiy ta’lim” platformasini ishlab chiqish va uning lozim darajada ishlashini ta’minlash;

➡️pedagog kadrlar yoki o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika tanlovlari g‘oliblarini taqdirlash va rag‘batlantirish.

📍Jamg‘arma faoliyatini boshqarish va uning mablag‘larini taqsimlash uchun Kengash tashkil etiladi.

📝Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasi hamda uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar, shuningdek, tovarlarni xarid qilish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar ro‘yxatlari Vazirlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤6🔥1😁1
#sport_futbol
#U17_chempion

U-17 terma jamoamizning zafarli yutugʻi tarixga muhrlandi


Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi–2025 musobaqasida gʻalaba qozongan Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Vatanga qaytib keldi. Qahramon oʻgʻlonlarimizni Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.

Guldasta va bayroqlar bilan bezatilgan maydonda, milliy kuy-qoʻshiqlar sadosi ostida yurtdoshlarimiz gʻoliblarni qarsaklar bilan qarshi olishdi. Ushbu ulugʻ zafarni nishonlash marosimida davlat rahbariyati, sport va jamoat arboblari, OAV va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining samimiy tabrigi Odil Abdurahmonov tomonidan oʻqib eshittirildi.

Bu gʻalaba nafaqat futbol ixlosmandlari, balki butun Oʻzbekiston xalqi uchun faxr va gʻurur manbayi boʻldi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍36🔥5👏5❤1😱1