Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Avtomobilsiz_kun

“Avtomobilsiz kun” ommaviy aksiyasiga siz ham qo‘shiling!

23-aprel kuni Toshkent shahrida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi.

Aksiya munosabati bilan davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga shaxsiy transport vositalaridan voz kechish va jamoat transporti, velosiped hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kelajak_muhandislari

⚡️Tuproq namligini o‘lchaydigan ishlanma!

“Kelajak muhandislari” festivalida Elyorbek Sunnatov taqdim etgan qurilma dehqonlar uchun chinakam yengillik yaratdi.

Endi tuproq namligini, tuz va mineral miqdorini o‘lchash, suv berishni avtomatik boshqarish – barchasi bir qurilmada.

U qanday ishlaydi?
— Tuproqdagi namlikni o‘lchaydi
— Ildizgacha suv yetganda avtomatik suvni o‘chiradi
— Tuz va minerallar miqdorini aniqlaydi
— Sug‘orishni o‘zi boshqaradi
— Faqat yerga sanchish kifoya!

Germaniyada narxi 550$, bizda esa bor-yo‘g‘i 80$.
Qahramonimiz allaqachon 1000 ta buyurtma olgan.

Bunday innovatsiyalar bilan kelajak bizniki!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍43🔥7❤2🤩2
#konferensiya #hamkorlik

Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha xalqaro konferensiya o'tkazildi

Joriy yilning 22-aprel kuni Toshkent shahrida “Barqaror rivojlanish yo‘li: innovatsiyalar va kambag‘allikni qisqartirish uchun hamkorlik” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy Majlis Senati a’zolari, biznes va korporativ sektor vakillari, HR-menejerlar, tahlilchilar hamda xalqaro hamkorlar ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/47897

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤3🔥2👏1
#muhandislik_oyligi #press_tur

Jurnalistlar qurilish-arixtektura yo'nalishidagi muhandislik loyihalari bilan tanishdi

Xabaringiz bor, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025-yilning aprel oyi “Muhandislik oyligi” deb eʼlon qilingan.

Shu munosabat bilan, ayni vaqtda Toshkent arxitektura-qurilish universitetida press-tur bo‘lib o‘tmoqda. Unda ishtirok etayotgan OAV vakillari universitetda muhandislik yoʻnalishi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar, talabalar tomonidan bajarilgan innovatsion loyihalar va ularning ilmiy-amaliy ishlanmalari bilan yaqindan tanishdilar.

Press-tur ishtirokchilariga universitetning ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan dual taʼlim dasturlari asosida olib borilayotgan faoliyati, shuningdek, yetakchi qurilish kompaniyalari bilan yoʻlga qoʻyilgan hamkorlik aloqalari haqida ham batafsil maʼlumot berilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12🔥3❤1🥰1👏1
#xalqaro_forum

Varshavada O‘zbekiston va Polsha rektorlarining II forumi o‘tkazilmoqda

Ayni paytda Polshaning poytaxti Varshava shahridagi nufuzli Varshava universitetida O‘zbekiston va Polsha oliy ta’lim muassasalari rektorlarining ikkinchi forumi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli tadbirda ikki davlatning oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasiga mas’ul vazirlik va idoralari, shuningdek, yetakchi universitetlarining 80 dan ortiq vakillari ishtirok etmoqda.

Forum ishiga O‘zbekiston oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov hamda Polsha fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Andjey Sheptitskiy kirish so‘zlari bilan start berishdi. Ular o‘z nutqlarida ikki mamlakat o‘rtasidagi oliy ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanib borayotganini ta’kidlab, bugungi forum aynan bu yo‘nalishdagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishini qayd etishdi.

Forum davomida akademik almashinuv va qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish, ikki diplomli dasturlar hamda talaba-o‘qituvchilar almashinuvi, stajirovkalar va yozgi maktablar tashkil etish, shuningdek, Polshaning yerik kompaniyalarida o‘zbekistonlik talabalarning pul to‘lanadigan amaliyotga jalb qilish hamda Erasmus+, Horizon Europe kabi xalqaro dasturlarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilinmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/47950

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21🔥3❤1🎉1