Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Yaponiyada O‘zbekiston madaniy merosi targʻib qiluvchi tadbir o‘tkazildi

YUNESKO Bosh konferensiyasining joriy yilda Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan 43-sessiyasi doirasida Yaponiyaning Tokio, Osaka, Nagoya shahrilarida "Abadiy rishtalar: Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi madaniy-maʼrifiy aloqalarni oʻrganish" konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Dastur O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda Toshkent davlat texnika universiteti delegatsiyasi ishtirokida o‘tkazildi. Tadbirda Yaponiyalik mehmonlar, xususan turizm sohasi vakillari, yoshlar, diplomatik korpus a’zolari — 300 nafarga yaqin keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Loyiha doirasida hunarmandchilik mahsulotlari, o‘zbek milliy musiqa va raqslari namoyish etildi hamda mehmonlarga milliy taom va shirinliklar tortiq qilindi. Vakillarimizning xorijda boy merosimiz targ‘ibotiga bag‘ishlangan taqdimoti ishtirokchilarda unutilmas taassurot uygʻotdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤10🔥5
“Cambridge” imtihonlari to‘g‘risida vebinar

😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan “Cambridge University Press and Assessment” tashkiloti bilan hamkorlikda “Unlock Global Opportunities: Cambridge Exams Now at the Agency for Assessment of Knowledge and Competences!” mavzusida onlayn vebinar tashkil etilmoqda.

🗓Vaqti: 2025-yil 13-may, 16:00.

🔴 Vebinar: Ingliz va o‘zbek tillarida olib boriladi.
🟢 Ishtirok etish: Bepul
🎤 Maxsus mehmon: Cambridge vakili Darren Perret
✍️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun bosing: https://bit.ly/3YqtwTG
☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (95) 515-68-68

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥5❤2
🔹🔹🔹🔹#profilaktik_tadbir

Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha bir qator profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda

✅Qoraqalpoq davlat universiteti;

✅Andijon davlat chet tillar instituti;

✅Termiz davlat universiteti;

✅Namangan davlat universiteti;

✅Namangan davlat chet tillar instituti;

✅Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;

✅“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti;

✅Toshkent farmatsevtika instituti;

✅Namangan davlat pedagogika instituti;

✅Farg‘ona davlat universiteti;

✅Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti;

✅Andijon davlat universiteti;

✅Nukus davlat texnika universiteti;

✅O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti;

✅Toshkent kimyo-texnologiya instituti;

✅TDIU Samarqand filiali;

✅SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali;

✅Qarshi davlat texnika universiteti;

✅Shahrisabz davlat pedagogika instituti;

✅TDTU Olmaliq filiali;

✅TTA Termiz filiali;

✅Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;

✅Jizzax davlat pedagogika universiteti;

✅TATU Urganch filiali;

✅Toshkent pediatriya tibbiyot instituti;

✅Milliy estrada san’ati instituti;

✅Urganch davlat universiteti;

✅Chirchiq davlat pedagogika universiteti;

✅Samarqand davlat chet tillar instituti;

✅Geologiya fanlari universiteti.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥4👏4
#PrezidentTopshirigi #Xorazm

Prezident belgilab bergan ustuvor vazifalar asosida Xorazmda taʼlim tizimi islohoti muhokama qilindi

2025 yil 3-may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Urganch davlat universitetida Xorazm viloyatidagi oliy va kasbiy taʼlim muassasalari rahbarlari hamda vazirlikning hududiy boshqarmasi vakillari ishtirokida kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazdi.

Mazkur yigʻilish Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan Xorazm viloyatiga tashrifi chogʻida ilgari surilgan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash doirasida tashkil etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/51425

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
🔥14👍7🤩2
#anjuman #Gee_2025

Qarshi davlat universitetida “GEE–2025” xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi


2–3-may kunlari Qarshi davlat universitetida "GEE–2025 — Yashil energetika va yashil iqtisodiyot" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Unda Italiya, Rossiya, Belorusiya, Eron, Boshqirdiston va Qirg‘izistondan olimlar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdi.

Anjumanda yashil iqtisodiyot va energetika, ekologik barqaror taraqqiyot, raqamli texnologiyalar, qayta tiklanadigan energiya manbalari, yangi materiallar yaratish kabi masalalar muhokama qilindi va ilmiy maqolalar taqdim etildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22🔥3🎉2👏1