Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#talabaga_qulaylik #TTJ

3-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida joylashgan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “To‘rtko‘l fakulteti” hududida 400 o‘rinli talabalar yotoqxonasi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi.

Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori T.Teshabayev, TDIU prorektori Sh.Sindarov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.Kaipbergenov, To‘rtko‘l tuman hokimi o‘rinbosari U.Allaberganov va tuman soha mutasaddilari ishtirok etishdi.


TDIU tomonidan bunyod etilayotgan talabalar yotoqxonasida zamonaviy kutubxona, kompyuter sinfi va beshta muhim tashabbus doirasida mashgʻulotlar uchun imkoniyat yaratiladi.

Bizni
kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍25❤6🔥6👏2😁1
#kelajak_muhandislari #ishlanma

Kelajak shu yerda – insondek harakat qiluvchi robotlar bilan!


Robot-gumanoid – bu inson shaklida yaratilgan aqlli robot bo‘lib, u:
✔️ inson harakatlarini taqlid qiladi,
✔️ sensorlar orqali atrof-muhitni sezadi,
✔️ suhbat qurishga qodir.


Bunday robotlar sun’iy intellekt yordamida mustaqil fikrlashi va qaror qabul qilishi mumkin. Ular tibbiyotdan tortib xizmat ko‘rsatish sohalarigacha keng qo‘llanmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤1🔥1
#Xizmat_safari

Qoraqalpogʻistonda texnikumlar faoliyati tanqidiy tahlil qilindi

Joriy yilning 3-may kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi texnikumlar faoliyati hamda ularda mavjud muammolarni muhokama qilishga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov raisligida oʻtgan yigʻilishda taʼlim sifati, pedagog kadrlar salohiyati, infratuzilmadan samarali foydalanish, dual taʼlimni joriy etish, xalqaro hamkorlik va investitsiyalarni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shu kuni vazir Elikqal’a Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi hamda Elikqal’a tuman politexnikumi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. U ta’lim jarayoni, laboratoriya va amaliy mashg‘ulot xonalarining jihozlanishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishar ekan, texnik ta’lim muassasalarini mutaxassis kadrlar tayyorlashning strategik markazlariga aylantirish lozimligini ta’kidladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/51527

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍22❤3🔥1