Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#SportOyligi #OchilishMarosimi

“Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida “Sport oyligi”ning rasmiy ochilish marosimidan videolavha

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤2🔥2🎉1
#XalqaroHamkorlik #Slovakiya

O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasida ta’lim va ilmiy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi


5-may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Slovakiya Respublikasi o‘rtasidagi Hukumatlararo Iqtisodiy Hamkorlik Komissiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida ishtirok etdi.

Uchrashuvda tomonlar o‘zaro investitsiya, savdo-sotiq, energetika, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va ilm-fan sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Yig‘ilish doirasida vazir o‘rinbosari Slovakiya Respublikasi Oliy taʼlim, fan, rivojlanish va yoshlar masalalari vazirligi vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/52057

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍11😁1🤔1😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#XalqaroAnjuman #Tilshunoslik #XorijiyTillar

Jizzax davlat pedagogika universitetida Xorijiy tillarni o‘qitish va amaliy tilshunoslik bo‘yicha 15-xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Jamoatchilik kengashi raisi Feruza Rashidova, shuningdek, AQSH, Kanada va Avstriyadan 10 dan ortiq xorijlik olimlar ishtirok etdi. Konferensiyada xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi, zamonaviy pedagogik yondashuvlar, amaliy tilshunoslikdagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Xorijiy mehmonlar o‘z ma’ruzalarida sohaga oid global muammolarga ilmiy yondashuv asosida yechimlar taklif qildilar. Ishtirokchilarning ta’kidlashicha, mazkur xalqaro anjuman ilmiy tajriba almashish, innovatsion uslublarni qo‘llash, akademik hamkorlikni kengaytirish hamda xorijiy tillar taʼlimi sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22❤3🔥3👏2🥰1
4️⃣4️⃣4️⃣ #ITCareer2025

🎓 IT sohasida o‘z o‘rnini topmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun imkoniyat!

Iqtisodiyot va moliya vazirligi IT yo‘nalishini tamomlayotgan yoki ushbu sohaga qiziqishi bo‘lgan talabalarni “IT Career Event – 2025” tadbirida ishtirok etishga taklif qiladi.


Tadbirdan asosiy maqsad bitiruvchi talabalarni bo‘sh ish o‘rinlariga jalb qilish, ularni amaliyotga yo‘naltirish va rag‘batlantirish.

📌 Tadbir doirasida:
• IT sohasida kadrlar bilan ishlash bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilinadi;
• iqtidorli talabalarni vazirlik va uning tarkibiy tuzilmalaridagi IT bo‘limlariga amaliyotga jalb qilish imkoniyatlari taqdim etiladi;
• moliya tizimida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarda fikr almashiladi.

Bundan tashqari, “IT Career Event – 2025” doirasida 3 ta yo‘nalish bo‘yicha tanlov (test sinovlari) o‘tkaziladi:
➡️Software
➡️Hardware
➡️Analytic

🏆 Har bir yo‘nalish bo‘yicha 3 nafar g‘olib aniqlanadi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
1️⃣-o‘rin – noutbuk;
2️⃣-o‘rin – smartfon;
3️⃣-o‘rin – smart soat.

📌 Testdan va ro‘yxatdan o‘tish: itc.imv.uz

🗓️ Sana: 2025-yil 7-may, soat 10:00
📍 Manzil: Yoshlar ijod saroyi, Toshkent, Mustaqillik shoh koʻchasi, 2 (Mustaqillik maydoni)

Qo‘shimcha maʼlumot uchun:
+998900081070
+998977473880
+998971030383

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥2
✅#Olimlar_minbari
28.04–04.05.2025

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

«30 лет лидерства в образовании и науке» — Каландар АБДУРАХМОНОВ, ректор Ташкентского филиала Российского экономического университета, академик;

“Pedagog kadrlar tayyorlash tizimining transformatsiyasi – yangi O‘zbekistonda sifatli ta’lim garovi” — Abdug‘affor QIRG‘IZBOYEV, Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori, professor;

“Xorijlik yoshlar nega ta’lim uchun O‘zbekistonni tanlayapti” — Nozliya NORMURODOVA, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti prorektori;

«Новая модель глобального экономического роста» — Норим РАХМОНОВ, руководитель департамента ТГЭУ по делам молодежи и духовно-просветительской работе, профессор;

“Mahalla mustaqil, ammo yolg‘iz emas” — Ixtiyor BEKOV, Toshkent davlat yuridik universiteti professori;

«Индустрия путешествий: качественные изменения» — Сурайё АДИЛХОДЖАЕВА, профессор Университета мировой экономики и дипломатии;

“O‘zbekiston-Turkmaniston: Barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi strategik hamkorlik” — Dilshodjon RAHMONOV, Toshkent xalqaro universiteti professori;

«Что мы знаем о международном частном праве ЕС» — Сохиба ИНОЯТОВА, профессор Ташкентского государственного юридического университета;

«ГЧП в действии: когда сотрудничество государства и бизнеса меняет инфраструктуру» — Дилафруз НАСЫРХОДЖАЕВА, профессор Ташкентского государственного экономического университета;

“Ma’rifiy jamiyatning vijdoni erkin, e’tiqodi mustahkam bo‘ladi” — Xusniddin AHMEDOV, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori;

«Политика озеленения в Узбекистане: как города меняются к лучшему» — Сурайё ХАМРАХОДЖАЕВА, старший преподаватель Ташкентского государственного экономического университета;

«Право говорить и быть услышанным» — Бахтиёр ХАСАНОВ, PhD Университета мировой экономики и дипломатии.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍8❤2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

🌐 Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi “Sun’iy intellekt sohasidagi ilmiy va innovatsion ishlanmalar” bo‘yicha so‘nggi yangiliklarni taqdim etadi:

🔎 Google eng kuchli sun’iy intellekt protsessorini taqdim etdi;

🤖 Olimlar sun’iy intellektni imo-ishoralarni tanishga o‘rgatdi;

📚BAA qonunlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤4👏1
#xalqaro_hamkorlik #UNCTAD #seminar

UNCTAD bilan hamkorlikdagi xalqaro seminar boshlandi

6–8-may kunlari Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi hamda BMTning UNCTAD tashkiloti hamkorligida “Fan, texnologiya va innovatsiyalar (STI) siyosati va texnoparklar amaliyoti” bo‘yicha xalqaro seminar o‘tkazilmoqda.

Seminarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov ochib berdi. U O‘zbekistonda STI siyosati bo‘yicha erishilayotgan natijalar va oldinda turgan vazifalar haqida to‘xtaldi.

Tadbirda BMT vakili Sabine Mahl va UNCTAD eksperti Liping Zhang ishtirok etib, xalqaro tajriba bilan o‘rtoqlashdi.

Seminar texnologiyalar transferi, tijoratlashtirish, inkubatsiya, investitsiyalar va xalqaro hamkorlik masalalariga qaratilgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍11🔥1😁1