Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Tayinlov

Prezidentning tegishli qarori bilan Karimova Eʻzoza Gapirjanovna Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍57🤔9❤6👏4🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#YoshlarBandligi #TopshiriqIjrosi

“Kelajakka qadam” dasturi doirasida Buxoro davlat universitetida seminar o‘tkazildi

Prezidentning 2024-yil 14-fevraldagi qarori asosida bitiruvchilarning bandligini ta’minlash va mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirishga qaratilgan “Kelajakka qadam” dasturi bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.


Jumladan, 5-may kuni Respublika ishchi guruhi tomonidan Buxoro davlat universitetida “O‘zmilliybank” AJ bilan hamkorlikda markaz mutaxassislari uchun seminar tashkil etildi.

💼 Seminar davomida:
— Talabalar tomonidan o‘z biznes g‘oyalari bilan “Kelajakka qadam” markaziga murojaat qilish tartibi;
— Bitiruvchilar uchun mo‘ljallangan 3 turdagi kredit paketlari — “Kelajakka qadam” (10 mln so‘mgacha), “Kelajak uchun start” (100 mln so‘mgacha) va “Yorqin kelajak sari” (1 mlrd so‘mgacha) haqida batafsil ma’lumot berildi.

📊 Hozirgacha universitetda qiymati 2,2 mlrd so‘mlik 30 ga yaqin loyiha taqdim etilgan. Ulardan 13 tasi 100 mln so‘mlik, 1 tasi 1,6 mlrd so‘mlik yirik loyiha hisoblanadi.

💰 Bugungi kungacha 60 mln so‘mlik loyiha moliyalashtirilgan, 5-may sanasida yana 95 mln so‘mlik kredit rasmiylashtirildi.

📌 Dastur yoshlarga o‘z g‘oyalarini amalga oshirish, tadbirkorlikni boshlash va moliyaviy qo‘llovga ega bo‘lishda keng imkoniyatlar yaratmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19❤1🔥1😁1
#MaqsadliIndikatorlar_hisobot

Deputatlar huzurida vazirlikning maqsadli indikatorlar ijrosi muhokama qilindi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi tomonidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning byudjet mablagʻlaridan foydalanishi bilan bogʻliq maqsadli indikatorlarning bajarilishi toʻgʻrisida”gi axboroti eshitildi.

Qoʻmita aʼzolari tomonidan vazirlikning hisobot davrida davlat byudjeti hisobidan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanishi, shuningdek, belgilangan maqsadli indikatorlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/52365

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤4👏3🔥2
#XalqaroHamkorlik #Investitsiya #KasbiyTaʼlim

Germaniya bilan hamkorlikda 8 ta viloyatda “Ilg‘or kasbiy tayyorgarlik markazlari” tashkil etiladi

7-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Germaniya taraqqiyot banki (KfW)ning Markaziy Osiyo mintaqaviy ofisi direktori Andreas Shnayder bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar “Kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qilib, ushbu yo‘nalishda qo‘shimcha kelishuv shartnomasini imzoladilar.

Mazkur hujjat loyiha doirasida amaliy ishlarni boshlash va investitsiya mablag‘larini o‘zlashtirishda muhim bosqich sanaladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/52524

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍34❤3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BitiruvchilarBandligi #KelejakkaQadam

Kelajakka qadam – imkoniyatlar markazi!

Shahrisabz davlat pedagogika institutida faoliyat olib borayotgan “Kelajakka qadam” markazi yoshlarga o‘z g‘oya va maqsadlarini ro‘yobga chiqarish, shaxsiy rivojlanish yo‘lida mustahkam tayanch bo‘lmoqda.

🎯Markaz tomonidan doimiy ravishda quyidagi yo‘nalishlarda trening va seminarlar tashkil etilmoqda:
🟢Biznes-reja tuzish
🟢Moliyaviy savodxonlik
🟢Loyiha boshqaruvi va startap asoslari.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22
#SoʻraganEdingiz

❓Prezidentning 2025-yil 5-maydagi PF-76-son Farmoni bo‘yicha eng ko‘p berilgan savollarga javoblar.

1. Sirtqi ta’lim shakli yopiladimi?

✔️ JAVOB: Joriy 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab barcha ta’lim tashkilotlari (davlat va nodavlat)da sirtqi ta’limga qabul to‘xtatiladi.

2. Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar taqdiri nima bo‘ladi?

✔️JAVOB: Ular amaldagi ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘z o‘qishlarini davom ettirib, diplom olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

3. Sirtqi ta’lim o‘rniga qanday muqobil ta’lim shakllari joriy qilinmoqda?

✔️JAVOB: Sirtqi o‘rniga kechki, masofaviy va maqbullashtirilgan kunduzgi (part-time education) ta’lim shakllari bo‘yicha qabul kvotalari oshiriladi.

4. Muqobil ta’lim shakllariga qabul qanday amalga oshiriladi?

✔️JAVOB: Muqobil ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy qabul kvotasi kunduzgi ta’lim shakli natijalarining 50 %idan oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

5. Maqbullashtirilgan kunduzgi (part-time education) ta’lim shakli qanday va qachondan yo‘lga qo‘yiladi?

✔️JAVOB: Bu yangi ta’lim shakli bo‘lib, ish bilan band aholi uchun haftaning ma’lum kunlarida taqdim etiladigan o‘qish turi hisoblanadi. Ushbu ta’lim shakli bo‘yicha o‘qitishga tegishli nizom va tartiblar ishlab chiqilgandan so‘ng ruxsat beriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍29❤3🔥1
#Targʻibot #Turizm #Taʼlim #XalqaroHamkorlik

Ta’lim va madaniyat – do‘stlik ko‘prigi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Argentinaga xizmat safari uyushtirib, xalqimizning boy tarixiy-madaniy merosini targʻib qildi. Tashrif YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirildi.

📍 Mar del Plata, Buenos Aires va Kordoba milliy universitetlarida o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida hamkorlik bitimlari imzolandi, ta’lim va madaniyat sohasidagi aloqalar mustahkamlandi.

🎉 Eng yorqin lahzalar esa “O‘zbekiston: Beba’ho madaniy meros” madaniy-ma’rifiy tadbirlarida bo‘ldi: milliy kiyimlar, hunarmandchilik, raqs va, albatta, palov! 🍛

Mazkur tashrif xalqaro do‘stlik va ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤3🔥1