Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#SoʻraganEdingiz

❓Prezidentning 2025-yil 5-maydagi PF-76-son Farmoni bo‘yicha eng ko‘p berilgan savollarga javoblar.

1. Sirtqi ta’lim shakli yopiladimi?

✔️ JAVOB: Joriy 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab barcha ta’lim tashkilotlari (davlat va nodavlat)da sirtqi ta’limga qabul to‘xtatiladi.

2. Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar taqdiri nima bo‘ladi?

✔️JAVOB: Ular amaldagi ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘z o‘qishlarini davom ettirib, diplom olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

3. Sirtqi ta’lim o‘rniga qanday muqobil ta’lim shakllari joriy qilinmoqda?

✔️JAVOB: Sirtqi o‘rniga kechki, masofaviy va maqbullashtirilgan kunduzgi (part-time education) ta’lim shakllari bo‘yicha qabul kvotalari oshiriladi.

4. Muqobil ta’lim shakllariga qabul qanday amalga oshiriladi?

✔️JAVOB: Muqobil ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy qabul kvotasi kunduzgi ta’lim shakli natijalarining 50 %idan oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

5. Maqbullashtirilgan kunduzgi (part-time education) ta’lim shakli qanday va qachondan yo‘lga qo‘yiladi?

✔️JAVOB: Bu yangi ta’lim shakli bo‘lib, ish bilan band aholi uchun haftaning ma’lum kunlarida taqdim etiladigan o‘qish turi hisoblanadi. Ushbu ta’lim shakli bo‘yicha o‘qitishga tegishli nizom va tartiblar ishlab chiqilgandan so‘ng ruxsat beriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍29❤3🔥1
#Targʻibot #Turizm #Taʼlim #XalqaroHamkorlik

Ta’lim va madaniyat – do‘stlik ko‘prigi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Argentinaga xizmat safari uyushtirib, xalqimizning boy tarixiy-madaniy merosini targʻib qildi. Tashrif YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirildi.

📍 Mar del Plata, Buenos Aires va Kordoba milliy universitetlarida o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida hamkorlik bitimlari imzolandi, ta’lim va madaniyat sohasidagi aloqalar mustahkamlandi.

🎉 Eng yorqin lahzalar esa “O‘zbekiston: Beba’ho madaniy meros” madaniy-ma’rifiy tadbirlarida bo‘ldi: milliy kiyimlar, hunarmandchilik, raqs va, albatta, palov! 🍛

Mazkur tashrif xalqaro do‘stlik va ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤3🔥1
#Sport #OchilishMarosimi #JismoniyTayyorgarlik

“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlariga tantanali start berildi

8-may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining sport majmuasida “Talabalar festivali” doirasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlariga ramziy start berish marosimi hamda talabalarning sport sinovlarida ishtirok etish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Departament rahbari Odil Abdurahmonov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalari rahbariyati, Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari va 500 nafardan ortiq talabalar ishtirok etdi. Shuningdek, mamlakatning barcha hududlaridagi oliy ta’lim muassasalari vakillari Zoom platformasi orqali onlayn tarzda qatnashdi.

Qayd etilganidek, 8–25-may kunlari respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalarida 18–29 yoshdagi talaba-yoshlar ushbu sport sinovlarida ishtirok etadi. Mazkur jarayonni samarali tashkil etish maqsadida oliygohlarga ixtisoslashtirilgan sport maktablarining 201 nafar malakali mutaxassisi biriktirilgan.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar bu tashabbusning asosiy maqsadi – yoshlar orasida jismoniy faollikni oshirish, ularning salomatligini mustahkamlash hamda jismonan chiniqqan va intellektual salohiyatga ega kadrlarni tayyorlash ekanligini ta’kidladilar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍24🔥1