Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Tayinlov

Andijon viloyatidagi bir qator kasbiy ta’lim tashkilotlarida direktor lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan:


Isoqov Xursandbek Ulug’bekovich
– Buloqboshi tuman 1-son politexnikumi direktori lavozimiga;

Azimova Gulziyo Alisherovna – Buloqboshi tuman 2-son politexnikumi direktori lavozimiga;

Qambarova Zulfiya Mirzakarimovna – Asaka tuman 2-son politexnikumi direktori lavozimiga;

Isaboyev Omadbek Ergashboyevich – Oltinko’l tuman 1-son politexnikumi direktori lavozimiga;

Abduvaliyev Dostonbek Dilshodbek o’g’li – Oltinko’l tuman 2-son politexnikumi direktori lavozimiga;

Holmatov Shuhratjon Shermatovich – Shaxrihon tuman 1-son politexnikumi direktori lavozimiga;

Mamadjonov Umidjon Ibragimovich – Jalaquduq tuman 1-son politexnikumi direktori lavozimiga;

Karimov Ziyobiddin Tojiddinovich – Baliqchi tuman 1-son politexnikumi direktori lavozimiga;

Alijonov Javohir Jahongir o’g’li – Baliqchi tuman 2-son politexnikumi direktori lavozimiga tayinlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍28❤2
#XalqaroAnjuman #Vazir #Xitoy

Uxanda jahon taʼlimining raqamli kelajagi muhokama qilinmoqda

Uxan shahrida 2025-yilgi Raqamli taʼlim boʻyicha jahon konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda. 14–16-may kunlari boʻlib oʻtadigan mazkur nufuzli xalqaro anjuman Xitoy Xalq Respublikasi Taʼlim vazirligi, YUNESKO ishlari boʻyicha Xitoy milliy komissiyasi va

Xubey viloyati xalq hukumati
hamkorligida tashkil etilmoqda. Tadbirning bosh tashkilotchilaridan biri – Uxan universiteti (WHU) boʻlib, universitet doirasida bir qator muhim uchrashuvlar va taqdimotlar oʻtkazilmoqda.

Konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov ishtirok etmoqda.

“Rivojlanish va transformatsiya: Intellektual davrda taʼlim” shiori ostida oʻtayotgan tadbirda intellektual texnologiyalar, sunʼiy intellekt imkoniyatlari, taʼlimda raqamli yechimlar hamda global hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/54289

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍10🔥7❤4🎉1
#XalqaroHamkorlik #Tarjima #Darslik

“Iqtisodiy va moliyaviy strategiya” darsligi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

15-may kuni O‘zbekiston Milliy universitetida M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti professori, iqtisod fanlari doktori, Rossiya Fanlar akademiyasining xorijiy a’zosi Vladimir Lvovich Kvint muallifligidagi “Iqtisodiy va moliyaviy strategiya” darsligining o‘zbek tilidagi tarjima nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev ham ishtirok etib, mazkur asarning strategik fikrlashni shakllantirishdagi ahamiyatiga e’tibor qaratdi:
— Har qanday rivojlanishning poydevori — bu aniq maqsad va uni amalga oshirish yo‘lida ishlab chiqilgan mukammal strategiyadir. Vladimir Kvintning asari ana shunday strategik yondashuvni o‘rgatadigan muhim manbadir. Bu darslik orqali yoshlarimiz iqtisodiy fikrlashni, uzoqni ko‘ra olish va yetakchilik salohiyatini rivojlantiradi," — dedi u.


Mazkur darslik O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti olimlari tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilinib, chop etildi. Unda strategik rejalashtirishning falsafiy va nazariy asoslari, strategiya ishlab chiqish metodologiyasi, moliyaviy rejalashtirish tamoyillari, strategik boshqaruv va liderlik masalalari yoritilgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21❤2🔥1😱1
#Eʼlon #Tanlov #Vakansiya #Texnikum

📣 Vakant direktor lavozimlari uchun ochiq mustaqil tanlov

🔰 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi 44 ta kasbiy ta’lim tashkilotlarining vakant direktor lavozimi uchun ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi.

📃 Vakant direktor lavozimlari ro‘yxati bu yerda👈

🌐 Talabgorlar tomonidan arizalarni yuborish 👉 https://vacancy.edu.uz/ sayti orqali amalga oshiriladi.

🗓 Hujjatlar 2025-yil 25-mayga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18❤4
#texnopark #BMT

Bugun BMT Bosh kotibining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Yoshlar ofisi rahbari Felipe Paulliyer Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “INNO” texnoparkka tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Felipe Paulliyer texnoparkda yoshlar tomonidan ishlab chiqilayotgan innovatsion loyihalar va startaplar bilan yaqindan tanishdi.

Nufuzli mehmon “INNO” texnoparkka talabalar uchun yaratilgan amaliyot dasturlari hamda Yoshlar akademiyasi bilan hamkorlikda innovatsion g‘oyalarni prototip holatiga keltirish tizimining amaliy natijalari bilan yaqindan tanishib, ularni yuqori baholadi.

Shuningdek, “INNO” texnoparkka yoshlar innovatsiyalarini rivojlantirish maqsadida shakllantirilgan “g‘oya - ixtiro - startap - biznes” tizimi bo‘yicha o‘z takliflarini berib o‘tdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤5🔥5😁2👏1