Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#OliyTaʼlim #XalqaroHamkorlik #IlmiyDiplomatiya

AQSh va O‘zbekiston: oliy ta’limdagi hamkorlik yangi bosqichda

AQShning Yuta shtati Senati Prezidenti Adams Styuart va Jahon savdo tashkiloti rahbari Jef Fleyk boshchiligidagi delegatsiya Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni vazir o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov boshchiligidagi hay’at kutib oldi va mamlakatimizda oliy ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, xususan texnika va muhandislik sohalaridagi kadrlar tayyorlashga qaratilgan sa’y-harakatlar haqida ma’lumot berdi.

Muloqotda energetika, axborot texnologiyalari, mashinasozlik, arxitektura va qurilish, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot va farmasevtika yo‘nalishlaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/54705

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18🔥3❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Talabalar festivali” – millionlab yoshlarni birlashtirayotgan yirik tashabbus

Joriy yil 1-maydan 25-maygacha bo‘lib o‘tayotgan “Talabalar festivali” butun O‘zbekiston bo‘ylab millionlab yoshlarni qamrab olib, ularni bir maqsad yo‘lida birlashtirishga xizmat qilmoqda.

Mazkur festival Yoshlar ishlari agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, u doirasida yoshlar uchun ko‘plab imkoniyatlarga boy loyihalar, tanlovlar va interaktiv tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Festivalning asosiy maqsadi — yoshlarni faollikka chorlash, ularning tashabbuskorligini rag‘batlantirish va o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishiga ko‘maklashishdan iborat.

“Talabalar festivali” – bu faqat tadbirlar majmuasi emas, balki yoshlar hayotida muhim burilish yasashi mumkin bo‘lgan imkoniyatlar maydonidir. Unda faol ishtirok eting, o‘z iste’dodingiz va tashabbuslaringizni namoyon eting!

🔗Festivalda ishtirok etish va ro‘yxatdan o‘tish uchun: @yoshtanlovibot

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤4😁2🔥1
Edu.uz pinned a video
#Tayinlov

Bir qator oliy ta’lim muassasalarida prorektor lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan:


Bozorov Oybek Odilovich Qo‘qon davlat universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga;

Akramov Abduvali Mamatxonovich Namangan davlat texnika universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga;

Bo‘tayev Usmonjon Xayrullayevich Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga;

Dehqonov Sherzod Abdumutalibovich
Farg‘ona davlat texnika universiteti yoshlar masalalari, maʼnaviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori lavozimiga;

Siddiqov Jahongir Nosirulloyevich Andijon davlat chet tillari institutining yoshlar masalalari, maʼnaviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori lavozimiga;

Sherboyev Murodjon Foziljon oʻgʻli Andijon davlat texnika institutining yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori lavozimiga tayinlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍49❤5👏5😁4🤔1
#TalabalarTeatrStudiyalari #Final #Tadqirlash

🗣Markaz tomonidan o‘tkazilgan respublika tanlovlari g‘oliblari tantanali taqdirlandi!

Bugun Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Madaniyat saroyida talaba va o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan “Men giyohvandlikka qarshiman!” ijodiy ishlar tanlovi, “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” insholar tanlovi hamda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining respublika bosqichlari g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🎓🎓Talabalar festivali doirasida tashkil etilgan marosimni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov kirish so‘zi bilan ochib berib, o‘tkazilgan tanlovlarning ahamiyati, talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar, teatrning yoshlar ma’naviyatini oshirishdagi roli haqidagi fikrlarini bildirib, barcha g‘oliblarni samimiy qutladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/54713

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤3🔥3
#Tayinlov

Samarqand viloyatidagi bir qator kasbiy ta’lim tashkilotlarida direktor lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan:


Ahmedov Jahongir Mamadoliyevich Samarqand shahar 3-son politexnikumi direktori;

Xudoyberdiyev Toshpo‘lat Rahmonovich Kattaqo‘rg‘on tuman 1-son politexnikumi direktori;

Xolmirzayev Habibullo Sayfiyevich Pastdarg‘om tuman 3-son politexnikumi direktori;

Xudoyqulov Erkin Elmurodovich Jomboy tuman 2-son politexnikumi direktori;

Himmatov Begzod Xayrullayevich Urgut tuman 5-son politexnikumi direktori lavozimiga tayinlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22🔥3
#XalqaroForum #OliyTaʼlim #Innovatsiya

Londonda O‘zbekiston-Buyuk Britaniya ta’lim forumi—2025 bo‘lib o‘tdi

15–16-may kunlari Londonda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi oliy ta’lim sohasida sheriklik aloqalarini mustahkamlash uchun muhim bo‘lgan uchinchi O‘zbekiston-Britaniya ta’lim forumi o‘tkazildi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori Adham Xudoyqulov, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori o’rinbosari Usmon Sharifxo’jayev, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, tadqiqotchilar, ta’lim siyosati bo‘yicha mutaxassislar, shuningdek, Buyuk Britaniya akademik hamjamiyati, tegishli tashkilotlar va universitetlar vakillari ishtirok etdi.

Ikki kun davomida forum ishtirokchilari O‘zbekiston, Buyuk Britaniya va xalqaro miqyosda oliy ta’limni rivojlantirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Davlat ta’lim siyosati, innovatsion amaliyotlar va institutsional hamkorlikning universitetlar va sanoat o‘rtasidagi hamkorlik, bitiruvchilar bandligini oshirish va ta’lim muhitidagi barqaror o‘zgarishlar, xalqaro hamkorlik doirasida inklyuziv oliy ta’limni kengaytirish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

Batafsil:https://gov.uz/oz/edu/news/view/54771

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍24❤9🔥1🥰1👏1