Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
BMT Bosh kotibining yoshlar masalalari bo‘yicha yordamchisi Buxoro davlat universiteti yoshlari bilan uchrashdi.

Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh kotibining yoshlar masalalari bo‘yicha yordamchisi Felipe Paulliye hamda O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayev Buxoro davlat universitetida bo'lib, ofis registrator markazi, “Ochiq eshiklar kuni-2025” tadbiri doirasida tashkil etilgan ko'rgazmalarni ko'zdan kechirib, ilmiy loyihalar bilan tanishdi.

Tashrif davomida mehmonlar universitetda bo'lib o'tayotgan “Yangi O‘zbekiston shukuhidagi ixtisoslashgan maqom maktablarida o‘qitishning zamonaviy uslublari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etib, o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Shuningdek, Buxoro davlat universiteti Axborot-resurs markazi va muzeyida bo'lib, tilaklar daftarida o'z fikrlarini bildirdi.

Tashrif so'ngida BuxDU kichik majlislar zalida Felipe Paulliye hamda O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayevlarning universitet talaba-yoshlari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Felipe Paulliye hamda Alisher Sadullayev xalqaro miqyosida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, amalga oshirilayotgan loyihalar, yosh tadqiqotchilarni qo'llab-quvvatlash yo'nalishlari haqida to'xtalib o'tishdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍24❤8🔥2🤔2
Fargʻona davlat texnika universitetida bitiruvchilar bandligini ta’minlash hamda abituriyentlarni oliy ta’limga jalb qilish maqsadida “Karyera va ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi
Mazkur tadbir ikki qismda tashkillandi. Birinchi qismda “Ochiq eshiklar kuni” doirasida maktab bitiruvchilari universitetda talabalarning sifatli ta’lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. Shuningdek, muhandislik ta’lim  yo‘nalishida tahsil oluvchi yuqori kurs talabalari mutaxasislik fanlaridan yakuniy nazorat ishlarini loyiha ko‘rinishida maktab bitiruvchilari va universitet mutaxasislari ishtirokida himoya qilishdi.

Tadbirning ikkinchi qismi “Karyera kuni” ga bag‘ishlanib, unda universitetning 4 ming nafardan oshiq bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etdi. Ishlashga ehtiyoji boʻlgan bir yarim mingdan ortiq talaba-yoshlar korxona-tashkilotlarda tashkil etiladigan suhbatda qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtkazildi.

Batafsil

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤5🔥1🤔1
#tayinlov

🇺🇿🇭🇺O’ZBEKISTON-VENGRIYA:
Vengriyalik professor TDAU rektorining xalqaro maslahatchisi etib tayinlandi

Toshkent davlat agrar universitetida xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlash hamda zamonaviy agrar ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Vengriyaning MATE universiteti professori Zoltan Lakner rektorning xalqaro maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlov marosimida universitet rektori N.Oblomuradov boshchiligida professor Zoltan Lakner universitet jamoasiga tanishtirildi.

Ushbu hamkorlik doirasida Vengriya va Yevropa Ittifoqi oliy ta’lim muassasalari bilan akademik aloqalarni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim va ilmiy dasturlarni ishlab chiqish, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish, zamonaviy texnologiyalar hamda innovatsion yondashuvlarni O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi tizimiga integratsiya qilish rejalashtirilgan.

Professor Zoltan Lakner TDAU jamoasi bilan birga faoliyat olib borishidan mamnun ekanligini bildirib, universitet mavqeini xalqaro darajada yanada yuksaltirishda bor bilim va tajribasini safarbar etishini ta’kidladi.

IN ENGLISH
НА РУССКОМ

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26🔥6😱2❤1🥰1