Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Jarayon #Final #SportOyligi

Yurtimiz oliy ta’lim muassasalari bo‘ylab “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining final bahslari o‘tkazilmoqda

📍Xorazm: 17–20-may kunlari Urganch davlat universitetida kurash bo‘yicha Respublika final bosqichiga start berildi.

Musobaqada Respublikamizning 14 ta hududidan jami 252 nafar ishtirokchi qatnashmoqda.

📍Buxoro: Joriy yilning 17–23-may kunlari voleybol bo‘yicha Respublika final bosqichi Buxoro davlat universitetida o‘tkazilmoqda.

Musobaqada Respublikamizning 14 ta hududidan jami 368 nafar ishtirokchi g‘oliblik uchun bahslashmoqda.

📍Andijon: 18–22-may kunlari Andijon davlat universitetida mini futbol (futzal) va yengil atletika turlari bo‘yicha respublika final bosqichi o‘tkazilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥3❤1
#Tayinlov

Qarshi davlat texnika universiteti rektori etib Sherzod Ne’matov tayinlandi

19-may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov va Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov hukumat qaroriga muvofiq rektor lavozimiga tayinlangan Sherzod Qalandarovich Ne’matovni universitet jamoasiga tanishtirdi.

Tadbirda viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, viloyatda mavjud barcha oliy ta’lim muassasalari rektori va prorektorlari hamda Qarshi davlat texnika universiteti jamoasi ishtirok etdi.

Sh. Ne’matov bunga qadar Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori lavozimida ishlagan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍87🔥6❤4👏4🎉2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Live #XalqaroForum #YalpiMajlis #OliyTaʼlim #Toshkent

Fransiya va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida tajriba almashinuvi: Forum doirasida yalpi majlis bo‘lib o‘tdi

Forum doirasida bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda O‘zbekiston va Fransiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etib, ta’lim sifatini oshirish, muhandislik yo‘nalishidagi kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Departament rahbari Odil Abdurahmonov, Fransiya Respublikasi Yevropa va tashqi ishlar vazirligi Bosh kotibi Anne-Mari Deskot, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev hamda delegatsiya a’zolari ishtirok etdi.

Majlisda Fransiya oliy ta’lim tizimidagi asosiy mezonlar, muhandislik ta’limi tajribalari, tadqiqot muassasalari faoliyati hamda o‘zbek talabalarining imkoniyatlari haqida taqdimotlar o‘tkazildi.

Shuningdek, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan transformatsiya va islohotlar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi. Tadbir yakunida savol-javoblar va ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Anjuman ikki tomonlama uchrashuvlar formatida davom etdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12🔥3❤1
4️⃣4️⃣4️⃣ 💻👩‍💻👨‍💻

📢 Bugun soat 20:00da “ITEP” imtihoni to‘g‘risida vebinar o‘tkaziladi

Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan “NEN | NATIONAL EDUCATION NETWORK” tashkiloti bilan hamkorlikda “ITEP xalqaro imtihonining afzalliklari!” mavzusida onlayn vebinar tashkil etilmoqda.

📍 Platforma:
Zoom
🗓 Sana: 19-may, 2025-yil
🕗 Vaqt: 20:00

📩 Zoom havolasi ro‘yxatdan o‘tganlarga yuboriladi.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://shorturl.at/Rxeeg

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
📞   (95) 515-68-68

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤1
#Zakovat #Final #Taqdirlash

⚡️O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” musobaqasining respublika bosqichida g‘oliblar aniqlandi!

🔥 Keskin kurashlarga va his-hayajonga boy o‘tgan o‘yin yakunida quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

🥇1-o‘rin: Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyi
🥈2-o‘rin: Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseyi
🥉3-o‘rin - DXX Chegara qo‘shinlari “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi

💵 Mazkur jamoalar diplom, medallar hamda quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi:

🥇1-o‘rin: 100 mln so‘m
🥈2-o‘rin: 60 mln so‘m
🥉3-o‘rin: 40 mln so‘m

🎁 Shuningdek, respublika bosqichida qatnashgan barcha jamoalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥5❤3