Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
O‘zbekiston Prezidenti turkiy davlatlar hamkorligini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-may kuni Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari o‘z nutqida fan, madaniyat va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Toshkent shahrida Turkiy davlatlar xalqaro universitetining ochilishi tashkilotga a’zo mamlakatlarning ta’lim dasturlarini amalga oshirish va iqtidorli yoshlarni tayyorlashga munosib hissa bo‘lishi ta’kidlandi.

#Mirziyoyev #sammit #TDT #hamkorlik

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍7❤4🔥2
#Live #XalqaroAnjuman #OliyTaʼlim

Rossiya va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokidagi mintaqalararo konferensiya o‘z ishini boshladi

22–23-may kunlari Namangan shahrida Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari rektorlari o‘rtasida mintaqalararo konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli tadbir Namangan davlat universiteti mezbonligida tashkil etildi.

Konferensiya doirasida ikki davlatning oliy ta’lim tizimi vakillari, vazirlik va idoralar rahbarlari, yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda ilmiy markazlar mutasaddilari ishtirok etdi.

Tadbirning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi boshqarma rahbari Igor Maslov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Konstantin Mogilevskiy, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Rajabov, Rossiya Federatsiyasi Ta’lim vaziri o‘rinbosari Andrey Korneyev hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev so‘zga chiqishdi.

Konferensiyada panel va B2B formatidagi uchrashuv va muzokaralar olib borilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤2🔥1👏1