Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_anjuman #yoshlar
Toshkentda BMT modelining Markaziy Osiyodagi eng nufuzli konferensiyasi - TIMUN 2025 bo‘lib o‘tdi
2025-yil 23-25-may kunlari Toshkent shahrida Markaziy Osiyodagi eng nufuzli yoshlar konferensiyalaridan biri — Birlashgan Millatlar Tashkilotining Toshkent xalqaro modeli (TIMUN 2025) bo'lib o'tdi. Konferensiya Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti tashabbusi bilan O‘zbekistondagi BMT vakolatxonasi va O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida an’anaviy tarzda tashkil etiladi.
Bu yilgi TIMUN konferensiyasida 400 dan ortiq yosh delegat ishtirok etib, ularning 150 dan ortig‘i xorijiy va qo‘shni mamlakatlardan tashrif buyurdi. Konferensiya BMT faoliyatini modellashtirish orqali xalqaro muammolar, tinchlik, xavfsizlik, ekologiya, raqamli rivojlanish kabi dolzarb masalalarni yoshlar nuqtayi nazaridan muhokama qilishga yo‘naltirilgan.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

👍13
#texnikum_oʻrganish
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Toshkent shahrida joylashgan Respublika televideniye va radio texnikumi faoliyatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida texnikumda ta’lim olayotgan yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv muassasasining zamonaviy moddiy-texnik bazasi, laboratoriyalar, o‘quv studiyalari ko‘zdan kechirildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/56787

👍13❤3👏1
#Kasbiy_taʼlim #xalqaro_hamkorlik
Texnikumlarda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari joriy etilmoqda
26-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Janubiy Koreya Respublikasining yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Daejeon sog‘liqni saqlash universiteti Prezidenti Jung Xva Ri boshchiligidagi delegatsiya bilan tibbiyot yo‘nalishidagi texnikumlarda qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv doirasida Samarqand va Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahridagi kasbiy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikka oid shartnoma va memorandumlar imzolandi. Ushbu hamkorlik “Hamshiralik ishi” yo‘nalishida qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/56923

👍20❤5🔥4😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Turizm #yoshlar
Sharqshunoslar nigohida Rishton, Yangiqo‘rg‘on va Chust: tarixiy meros va turizm imkoniyatlari
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti turizm ishchi guruhi tomonidan amalga oshirilgan bu tashriflar mahalliy turizm infratuzilmasini ilmiy va amaliy asosda mustahkamlash, madaniy merosni ichki va xorijiy sayyohlar uchun jozibador qilishga xizmat qilmoqda.
Batafsil.

👍17❤4🔥3👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#XalqaroForum
Andijonda Oʻzbekiston–Ozarbayjon rektorlari forumi oʻtkaziladi
2025-yil 28–29-may kunlari Andijon shahrida “Oʻzbekiston – Ozarbayjon oliy taʼlim muassasalari rektorlari I forumi” boʻlib oʻtadi.
Ushbu nufuzli tadbir doirasida ikki davlatning 50 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etadi. Forumda oliy taʼlim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, qoʻshma dasturlar va texnoparklar tashkil etish, ilmiy loyihalar hamda akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Forum Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarning yanada mustahkamlanishiga hamda taʼlim va ilm-fan sohalaridagi strategik sheriklikning yangi bosqichga koʻtarilishiga xizmat qiladi.

👍18❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor #Startap #Innovatsiya #YoshlarTexnoparki
⚡️ Jizzaxda talaba oziq-ovqat chiqindilaridan 80 benzin o‘rnini bosuvchi bioyoqilg‘i olish bo‘yicha ilmiy ish olib bormoqda
O‘zMU Jizzax filiali 1-bosqich magistranti Bobur Anvarov tomonidan benzinga alternativ tarzda bioyoqilg‘i yaratish bo‘yicha startap loyiha amalga oshirilmoqda.
Dastlabki sinov bosqichlari Jizzax yoshlar texnoparkida o‘tkazilmoqda.
Yosh izlanuvchining qayd etishicha, yoqilg‘i kraxmal moddalariga boy bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari chiqindilaridan olingan va uning quvvati avtomobillar harakati uchun yetarli.
📹 Batafsil videolavhada
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
O‘zMU Jizzax filiali 1-bosqich magistranti Bobur Anvarov tomonidan benzinga alternativ tarzda bioyoqilg‘i yaratish bo‘yicha startap loyiha amalga oshirilmoqda.
Dastlabki sinov bosqichlari Jizzax yoshlar texnoparkida o‘tkazilmoqda.
Yosh izlanuvchining qayd etishicha, yoqilg‘i kraxmal moddalariga boy bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari chiqindilaridan olingan va uning quvvati avtomobillar harakati uchun yetarli.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍44❤6🔥3👏1
#OʻqOtish #Musobaqa #Taqdirlash #SportOyligi
Oʻq otish sporti boʻyicha harbiy estafeta musobaqasining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi
Mudofaa vazirligi sport markazi oʻq otish bazasida Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasalarining talabalari o‘rtasida “O‘q otish sporti” boʻyicha harbiy estafeta musobaqasi tashkil etildi. Musobaqa yoshlarning jismoniy va ruhiy tayyorgarligini sinovdan o‘tkazuvchi muhim maydonga aylandi.
Estafetada 20 dan ortiq jamoa — har bir jamoa tarkibida 4 nafardan yigit-qizlar g‘oliblik uchun keskin va murosasiz kurash olib bordi.
Qizg‘in bahs va do‘stona raqobat muhitida o‘tgan musobaqa natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti jamoasi faxrli birinchi o‘rinni, O‘zbekiston milliy universiteti jamoasi 2-o‘rinni va Toshkent farmatsevtika instituti jamoasi 3-o‘rinni egalladi.

👍20🔥2❤1👏1