Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Turizm #yoshlar

Sharqshunoslar nigohida Rishton, Yangiqo‘rg‘on va Chust: tarixiy meros va turizm imkoniyatlari


Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti turizm ishchi guruhi tomonidan amalga oshirilgan bu tashriflar mahalliy turizm infratuzilmasini ilmiy va amaliy asosda mustahkamlash, madaniy merosni ichki va xorijiy sayyohlar uchun jozibador qilishga xizmat qilmoqda.

Batafsil.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤4🔥3👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#XalqaroForum

Andijonda Oʻzbekiston–Ozarbayjon rektorlari forumi oʻtkaziladi


2025-yil 28–29-may kunlari Andijon shahrida “Oʻzbekiston – Ozarbayjon oliy taʼlim muassasalari rektorlari I forumi” boʻlib oʻtadi.

Ushbu nufuzli tadbir doirasida ikki davlatning 50 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etadi. Forumda oliy taʼlim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, qoʻshma dasturlar va texnoparklar tashkil etish, ilmiy loyihalar hamda akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Forum Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarning yanada mustahkamlanishiga hamda taʼlim va ilm-fan sohalaridagi strategik sheriklikning yangi bosqichga koʻtarilishiga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor #Startap #Innovatsiya #YoshlarTexnoparki

⚡️Jizzaxda talaba oziq-ovqat chiqindilaridan 80 benzin o‘rnini bosuvchi bioyoqilg‘i olish bo‘yicha ilmiy ish olib bormoqda

O‘zMU Jizzax filiali 1-bosqich magistranti Bobur Anvarov tomonidan benzinga alternativ tarzda bioyoqilg‘i yaratish bo‘yicha startap loyiha amalga oshirilmoqda.

Dastlabki sinov bosqichlari Jizzax yoshlar texnoparkida o‘tkazilmoqda.

Yosh izlanuvchining qayd etishicha, yoqilg‘i kraxmal moddalariga boy bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari chiqindilaridan olingan va uning quvvati avtomobillar harakati uchun yetarli.

📹 Batafsil videolavhada

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍44❤6🔥3👏1
#OʻqOtish #Musobaqa #Taqdirlash #SportOyligi

Oʻq otish sporti boʻyicha harbiy estafeta musobaqasining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi

Mudofaa vazirligi sport markazi oʻq otish bazasida Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasalarining talabalari o‘rtasida “O‘q otish sporti” boʻyicha harbiy estafeta musobaqasi tashkil etildi. Musobaqa yoshlarning jismoniy va ruhiy tayyorgarligini sinovdan o‘tkazuvchi muhim maydonga aylandi.

Estafetada 20 dan ortiq jamoa — har bir jamoa tarkibida 4 nafardan yigit-qizlar g‘oliblik uchun keskin va murosasiz kurash olib bordi.

Qizg‘in bahs va do‘stona raqobat muhitida o‘tgan musobaqa natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti jamoasi faxrli birinchi o‘rinni, O‘zbekiston milliy universiteti jamoasi 2-o‘rinni va Toshkent farmatsevtika instituti jamoasi 3-o‘rinni egalladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20🔥2❤1👏1
#XalqaroOlimpiada #Matematika

Al-Xorazmiy nomidagi III xalqaro matematika olimpiadasi tantanali tarzda ochildi

👨‍💻 27-may kuni Xorazm viloyatining “Yoshlik” sport majmuasida Al-Xorazmiy nomidagi III xalqaro matematika olimpiadasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari Sanʼatbek Salayev, Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlar markazi direktori o‘rinbosari Muzaffar Esonov, mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda olimlar tomonidan olimpiadaning ahamiyati, matematika fanining rivojlanishidagi o‘rni va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan ma’ruzalar qilindi.

Mazkur olimpiada O‘zbekistonda uchinchi marotaba tashkil etilmoqda. 28–29-may kunlari bo‘lib o‘tadigan bahslarda 218 nafar ishtirokchi matematikaning eng murakkab masalalariga ijodiy yondashuv asosida yechim izlaydi. Ular orasida Braziliya, AQSh, Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya, Yaponiya, Rossiya kabi davlatlar hamda O‘zbekistonning yetakchi OTMlaridan vakillar bor.

📌 Olimpiadaning asosiy maqsadi — buyuk ajdodlarimizning ilm-fanga qo‘shgan hissasini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish, iqtidorli yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish va matematika faniga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishdan iborat.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26❤7🔥2🤩1