Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#OrolgaPoyezd #OrolBizniki #YoshlarOroluchun

“Orol dengiziga poyezd”: 600 nafardan ortiq faol yoshlar ekologik ekspeditsiyada ishtirok etmoqda

28–31-may kunlari “Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi o‘tkazilmoqda. Ushbu aksiyada ishtirok etish uchun O‘zbekistonning barcha hududlaridagi oliy ta’lim muassasalarining 600 nafardan ortiq faol va tashabbuskor yoshlari Qoraqalpog‘istonga yo‘l oldi.

Ilk bor tashkil etilgan mazkur aksiya Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Turizm qo‘mitasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va boshqa tashkilotlar hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Aksiya ishtirokchilari Nukus va Mo‘ynoq tumanlariga tashrif buyurib, Orolbo‘yi hududidagi ekologik inqiroz oqibatlari, mavjud muammolar va ularni yumshatish yo‘nalishida olib borilayotgan tiklanish ishlari bilan bevosita tanishadilar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍8🔥2😁1
#TalabagaQulaylik #KelajakkaQadam

Farg‘ona davlat texnika universitetida “Kelajakka qadam” markazi tashkil etildi

Mazkur markaz orqali bitiruvchi talabalar o‘z biznes g‘oyalarini shakllantirish, uni puxta loyihalash va qulay moliyaviy shartlar asosida amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu yo‘lda ularga “O‘zmilliybank” AJ tomonidan to‘liq maslahat va moliyaviy ko‘mak ko‘rsatiladi.

Ushbu markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagicha:

🟢Bitiruvchi bosqich talabalarining biznes g‘oyalarini tayyor loyihaga aylantirish va istiqbolli loyihalarni qulay shartlarda moliyalashtirish;
🟢Talabalarning ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot va stajirovkalarini moliyalashtirish;
🟢Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashishdan iborat.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤3🔥3
#JamoatchilikKengashi #Seminar

Vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi Jizzaxda oliy ta’limdagi dolzarb masalalarni muhokama qildi

28-may kuni Jizzax davlat pedagogika universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Jamoatchilik kengashi tomonidan “Oliy taʼlim rivojini cheklovchi omillar” mavzusida ishchi seminar tashkil etildi.

Tadbirda Jizzax viloyatidagi nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari, fuqarolik jamiyati faollari hamda oliy ta’lim muassasalari mutasaddilari ishtirok etdilar.

Seminar davomida oliy ta’lim tizimida korrupsiyagen holatlarni oldini olish, ta’lim sifatini oshirish hamda oshkoralikni ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤6😁3👍1🔥1