Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Milliy bosh kiyimimiz — do‘ppi haqidagi siz bilgan va bilmagan ma’lumotlar… (video)

📹 Ta’kidlanishicha, do‘ppimiz o‘zida bir qancha belgilar va qadriyatlarni mujassamlashtirgan.

#MilliyKontent #MilliyQadriyat #Doʻppi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🔥4👏3❤2
#XalqaroKoʻrgazma #OzarbayjondaTaʼlim

Toshkentda “Ozarbayjonda ta’lim” xalqaro ko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda


30–31-may kunlari Toshkent shahridagi “City Palace Hotel” mehmonxonasida Ozarbayjon Fan va ta’lim vazirligi hamda Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari rahbarlari delegatsiyasining rasmiy tashrifi doirasida “Ozarbayjonda ta’lim” xalqaro ko‘rgazma o‘tkazilmoqda.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev va Ozarbayjon Respublikasi Fan va ta’lim vaziri o‘rinbosari Idris Isayev ochib berdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/58066

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍4🔥3
O‘zbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda

30-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Ozarbayjon Respublikasi Fan va ta’lim vaziri o‘rinbosari Idris Isayev bilan uchrashdi.

Unda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, jumladan qo‘shma ta’lim dasturlari, innovatsion loyiha va ilmiy almashinuvlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar Toshkent va Boku shaharlarida o‘tkazilgan ikki tomonlama ta’lim ko‘rgazmalari hamkorlik uchun muhim maydon bo‘layotganini qayd etdilar.

#XalqaroHamkorlik #Uchrashuv #Vazir #OliyTaʼlim

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤22🔥4
#dolzarb90kun

Oliy ta’lim muassasalarida “Dolzarb 90 kunlik” dasturi amalga oshiriladi

Prezident tashabbusi bilan yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida oliy ta’lim muassasalarida va hududlarda qator amaliy ishlar olib boriladi. Jumladan,

🗄 Yozgi ta’til davrida OTMlardagi sport maydonchalari, to‘garaklar va laboratoriyalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

🗄 San’at va adabiyot kechalari, intellektual o‘yinlar, ijodiy markazlar faoliyati faollashtirilib, yangi ma’naviy-ma’rifiy loyihalar ishlab chiqiladi;

🗄 IT, dasturlash, animatsiya, robototexnika hamda moliyaviy savodxonlik bo‘yicha bepul kurslar tashkil etiladi;

🗄 “Vatan bo‘ylab sayohat qil!” loyihasi orqali minglab talabalar tarixiy va madaniy obidalarga sayohat qiladi;

🗄 “Karyera kuni” mehnat yarmarkalari orqali bitiruvchi va yuqori bosqich talabalarga ishga joylashish va tadbirkorlikka qadam qo‘yish imkoniyati kengaytiriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23🔥7🎉6👏2😱1
#ilhom2025 #taqdirlash

🗣“Ilhom” mukofoti respublika tanlovining 2025-yilgi sovrindorlari tantanali taqdirlandi

🔷 Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi amfiteatrida shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini chuqur o‘rganish, yoshlarni adabiyotga qiziqishini oshirish, ular qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish maqsadida har yili o‘tkazib kelinadigan “Ilhom” mukofoti g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov g‘oliblarini vazirning birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev taqdirladi. Ularga diplom, maxsus statuetka, esdalik sovg‘alari hamda 1-o‘ringa BHMning 100 barobari, 2-o‘ringa 80 barobari va 3-o‘ringa 40 barobari miqdorida pul yutuqlari topshirildi:

1-o‘rin – Behruz Quziboyev, Toshkent davlat transport universiteti talabasi;
2-o‘rin – Farangiz Abduvohidova, Samarqand davlat universiteti talabasi;
3-o‘rin – Muhsina Jo‘raboyeva, O‘zbekiston Milliy univeristeti talabasi.

☑️Shundan so‘ng, tanlovning rag‘batlantiruvchi o‘rin sohiblariga faxriy yorliq, televizor va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/58225

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍6