Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#ilhom2025 #taqdirlash

🗣“Ilhom” mukofoti respublika tanlovining 2025-yilgi sovrindorlari tantanali taqdirlandi

🔷 Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi amfiteatrida shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini chuqur o‘rganish, yoshlarni adabiyotga qiziqishini oshirish, ular qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish maqsadida har yili o‘tkazib kelinadigan “Ilhom” mukofoti g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov g‘oliblarini vazirning birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev taqdirladi. Ularga diplom, maxsus statuetka, esdalik sovg‘alari hamda 1-o‘ringa BHMning 100 barobari, 2-o‘ringa 80 barobari va 3-o‘ringa 40 barobari miqdorida pul yutuqlari topshirildi:

1-o‘rin – Behruz Quziboyev, Toshkent davlat transport universiteti talabasi;
2-o‘rin – Farangiz Abduvohidova, Samarqand davlat universiteti talabasi;
3-o‘rin – Muhsina Jo‘raboyeva, O‘zbekiston Milliy univeristeti talabasi.

☑️Shundan so‘ng, tanlovning rag‘batlantiruvchi o‘rin sohiblariga faxriy yorliq, televizor va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/58225

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ilhom2025 #taqdirlash

🗣“Ilhom” mukofoti respublika tanlovining 2025-yilgi sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimidan videolavha

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍5👏2
#iqtisodiy_oʻqish #Kasbiy_taʼlim

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha iqtisodiy o‘qish tashkil etildi


31-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida markaziy apparat, hududiy boshqarmalar, tizim tashkilotlari hamda oliy ta’lim muassasalari xodimlari uchun iqtisodiy o‘qish seminar-trening formatida o‘tkazildi.

Tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev olib borib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan hujjatlarda kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarishda vazirlik, tizim tashkilotlari va oliy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda mutaxassislarining roli va shaxsiy mas’uliyatini alohida ta’kidladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/58233

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍7🔥3