#dayjest #anjuman
#22.05.2025–02.06.2025
➖ Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Sun‘iy intellekt rivojining dunyoqarash ufqlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi;
➖ Ipak yo‘li innovatsiyalar universitetida “Ta’lim transformatsiyasi: innovatsion texnologiyalar, yangi pedagogik va psixologik yondashuvlar hamda iqtisodiyot sohalarining strategik rivojlanish vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya;
➖ O‘zbekiston Milliy universitetida “XXI asr pedagogi imiji: tarixiy meros, xalqaro tajriba, muammolar va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya;
➖ Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Fan, ta’lim, innovatsiyalar: tabiiy fanlar integratsiyasi hamda oziq-ovqat mahsulotlari ekologiyasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya;
➖ Chirchiq davlat pedagogika universitetida “Ta’lim tizimi va boshlang‘ich ta’lim bosqichining nazariy, didaktik va metodologik innovatsion yondashuvlari: milliy va xalqaro tajriba” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya;
➖ O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Yangi O‘zbekistonda intellektual salohiyatni yuksaltirishda xotin-qizlarning o‘rni” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya;
➖ Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida “Eksperemental va klinik tibbiyot integratsiyasining zamonaviy masalalari” mavzusida xalqaro-ilmiy-amaliy konferensiya;
➖ Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida “Zamonaviy parazitologiya va ichak infeksiyalarining dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya;
➖ Namangan davlat texnika universitetida “To‘qimachilik – yengil sanoat – dizayn va moda industriyasi (TLIDFI) – 2025: Mamlakatimiz ishlab chiqarish salohiyatini oshirishda ishlab chiqarish korxonalarini diversifikatsiya qilish – tajriba va natijalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya;
➖ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Yosh olimlar, magistr va iqtidorli talabalarning ilmiy faoliyatini oshirishda ularga qaratilgan kreativ g‘oyalar, yechim va takliflar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya;
➖ Qo‘qon universitetida “Shaxs ma’naviyatining shakllanishida til va adabiyotning roli” mavzusida xalqaro ilmiy amaliy konferensiya;
➖ Guliston davlat pedagogika institutida “Uzluksiz taʼlimda aniq fanlarni o‘qitishga oid zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya;
➖ O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida “Zamonaviy innovatsion tadqiqotlarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar” mavzusida ilmiy-texnik konferensiya;
➖ Nukus davlat pedagogika institutida “Tabiiy fanlarning dolzarb masalalari” mavzusida VI xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya;
➖ Namangan davlat chet tillari institutida “Zamonaviy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslikda innovatsion yondashuv tamoyillari” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman;
➖ Farg‘ona davlat universitetida “Raqamli dunyoda til va shaxsiyat: ta’limda muloqot madaniyati va tilning o‘rni” mavzusida ilmiy - amaliy anjuman;
➖ TKTI Yangiyer filialida “Bo‘lajak muhandis-texnologlarni o‘qitishda sifat va samaradorlikni oshirish: muammo, tahlil va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman;
➖ Qoʻqon davlat universitetida “Raqs san’atining dolzarb masalalari: an’ana va yangi tendensiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman;
➖ Buxoro davlat texnika universitetida “Zamonaviy texnologik jarayon sifatini oshirishda metrologiyaning ahamiyati o‘sishi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman;
➖ Qoraqalpoq davlat universitetida “Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyot yili munosabati bilan hududiy iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollari va muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi;
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#22.05.2025–02.06.2025
Oliy ta’lim muassasalarida respublika va xalqaro miqyosda ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etilmoqda
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍5😁1
#XalqaroForum #Samarqand #Memorandum
2-iyun kuni Samarqandda “Ta’lim, fan va texnologiyalar sohasida innovatsion hamkorlik” forumi doirasida “Xitoy tilini xalqaro miqyosda o‘qitishda sifatli rivojlanish” mavzusiga bag‘ishlangan sessiya bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, Shensi va Tsinxay viloyatlarining ta’lim departamentlari rahbarlari, shuningdek, O‘zbekiston va Xitoyning 20 dan ortiq yetakchi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlari va ta’lim siyosatini shakllantiruvchi tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
Sessiya davomida tomonlar xitoy tilini o‘qitish sifatini oshirish, xitoyshunos kadrlar tayyorlash, madaniy almashinuvni kengaytirish va ilmiy hamkorlikni chuqurlashtirishga oid qator kelishuvlarga erishdilar.

❤12👍3
#Targʻibot #Turizm #Taʼlim #XalqaroHamkorlik
Jizzax politexnika instituti delegatsiyasi Eronda O‘zbekistonning madaniy merosini namoyish etdi
Oliygoh delegatsiyasining mazkur davlatga safari doirasidagi asosiy tadbirlardan biri — Tehron shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasida tashkil etilgan “O‘zbekiston — bebaho madaniy meros” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘ldi.
Shuningdek, xizmat safari doirasida Jizzax politexnika instituti delegatsiyasi dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalari qatoridan o‘rin olgan, Tehron shahridagi Sharif texnologiya, Eron fan va texnologiyalar hamda Xo‘ja Nasiruddin Tusi texnologiya universitetlariga tashrif buyurdi.
📹 Batafsil videolavhada

❤20👍3🔥1