Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Targʻibot #Turizm #Taʼlim #XalqaroHamkorlik
Jizzax politexnika instituti delegatsiyasi Eronda O‘zbekistonning madaniy merosini namoyish etdi

Oliygoh delegatsiyasining mazkur davlatga safari doirasidagi asosiy tadbirlardan biri — Tehron shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasida tashkil etilgan “O‘zbekiston — bebaho madaniy meros” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘ldi.

Shuningdek, xizmat safari doirasida Jizzax politexnika instituti delegatsiyasi dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalari qatoridan o‘rin olgan, Tehron shahridagi Sharif texnologiya, Eron fan va texnologiyalar hamda Xo‘ja Nasiruddin Tusi texnologiya universitetlariga tashrif buyurdi.

📹 Batafsil videolavhada

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍3🔥1
#XalqaroForum #Samarqand #Muhandislik #Memorandum

O‘zbekiston va Xitoy muhandislik sohasida ta’lim va kadrlar tayyorlash yo‘nalishida hamkorlikni kuchaytirmoqda

2-iyun kuni Samarqandda “Ta’lim, fan va texnologiyalar sohasida innovatsion hamkorlik” forumi doirasida “Muhandislik sohasida ta’lim va kadrlar tayyorlashda hamkorlik” mavzusida xalqaro sessiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabboyev, Shensi viloyati ta’lim departamenti rahbari Van Shushen, shuningdek O‘zbekiston va Xitoyning oliy ta’lim va kasbiy-texnik ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda sanoat vakillaridan iborat 50 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20❤13🔥7👏1