Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Edu.uz pinned a photo
#Targʻibot #Turizm

O‘zbekiston milliy qadriyatlari Xitoyda namoyish etildi


2025-yil may oyida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari Pekin shahrida ijodiy safarda bo‘ldi. Safar YUNESKOning 43-sessiyasida ilgari surilgan tashabbuslar doirasida tashkillashtirilib, O‘zbekistonning xalqaro nufuzini oshirish va milliy madaniyatni targ‘ib qilishga qaratildi.

Tashrif davomida Tsinghua universitetida o‘tkazilgan madaniy tadbirda o‘zbek milliy san’ati, kashtachilik, hunarmandchilik namunalari namoyish etildi hamda elchixona ko‘magida tayyorlangan milliy osh mehmonlarga tortiq qilindi. Tadbirda 30 ga yaqin davlat vakillari ishtirok etib, O‘zbekiston jamoasiga ikki marotaba sahnaga chiqish imkoni berildi.

Shuningdek, Tsinghua universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilib, atrof-muhit muhofazasi, suv va yer resurslaridan samarali foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya yo‘nalishlarida ilmiy hamkorlik, talabalar almashinuvi va yozgi maktablar tashkil etish masalalari yuzasidan kelishuvga erishildi.

Bundan tashqari, jamoa Pekin shahrining diqqatga sazovor maskanlarida: Buyuk Xitoy devori, ta’qiqlangan shahar, tiananmen maydoni va boshqa joylarda milliy folklor chiqishlari bilan ishtirok etdi va xalqaro mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤14🔥5👏3
#xalqaro_hamkorlik

Toshkentda O‘zbekiston-Xitoy transport fakulteti ochildi


3-iyun kuni Toshkent davlat transport universitetida O‘zbekiston-Xitoy transport fakultetining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, Xitoyning Shensi provinsiyasi Kompartiyasi viloyat qo‘mitasi kotibining o‘rinbosari, gubernator Zhao Gang va Changan universiteti partiya qo‘mitasi kotibi Chen Zhijian boshchiligidagi delegatsiya hamda universitet rahbariyati ishtirok etdi.

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/59207

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍6🔥1
#Qabul #Abituriyent2025

⚡️5-iyundan oliy va kasbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun qabul boshlanadi

Prezidentning PF-81-son Farmoniga muvofiq, oliygohlar bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda — “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq amalga oshiriladi.

🔹1-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun my.uzbmb.uz saytida onlayn roʻyxatdan oʻtadi hamda quyidagilarni tanlaydi:

🟢Faqat test sinovida ishtirok etsa:
✅fanlar majmuasi;
✅taʼlim tili;
✅test topshirish hududi.

🟢Alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy/ijodiy imtihonlarda ishtirok etsa:
➡️taʼlim tili;
➡️test topshirish hududi;
➡️alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishi;
➡️kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan oliygoh.

Oliygohlarga kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida oʻtkaziladi.

🔸2-bosqichda abituriyentlar kirish imtihonlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun davomida my.uzbmb.uz sayti orqali quyidagilarni tanlaydi:
➡️oliy taʼlim muassasasi;
➡️bakalavriat taʼlim yoʻnalishi;
➡️taʼlim shakli;
➡️tanlov ustuvorligi.

Abituriyent test sinovida toʻplagan ballarini imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga bilishi mumkin. Uning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani qabul jarayonining 2-bosqichi toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta muddatda Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

✔️ Texnikumlarda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar oliygohlarga qabulning yakuniy natijasi eʼlon qilinganidan soʻng 10 kun muddatda quyidagilarni tanlaydi:
🟢texnikum;
🟢kasb va mutaxassislik;
🟢taʼlim shakli.

🗣 Natija bir hafta muddatda Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.


Abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulayliklar yaratish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda barcha oliy ta’lim muassasalarida “Qabul-2025” shtabi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Bundan tashqari, fuqarolarimiz Vazirlikning 1006, Agentlikning 1195 ishonch telefoni yoki @EduuzUniversalBot’ga murojaat qilgan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤41👍9🔥2
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2-mavsumini e’lon qiladi.

📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 23-iyunga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:

🔴“Fozil odamlar shahri” (Abu Nasr Farobiy);
🔴“Usta va Margarita” (Mixail Bulgakov);

✅Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5);
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Planshet (6/128);
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Smartfon (6/128);
🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smartfon (4/64).

✅“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – Planshet (6/128);
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smartfon (6/128);
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smartfon (4/64).

🔖 Tanlovda qatnashgan barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.

➡️Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang. Imkoniyatdan unumli foydalaning!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2025 #Videoyoʻriqnoma

Bugundan oliy va kasbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun qabul boshlandi

📹Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoyo‘riqnoma bilan tanishing (video)

Eslatma: Prezidentning PF-81-son Farmoniga muvofiq, oliygohlar bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda — “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq amalga oshiriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18🔥4👍2😱2🎉1
#Live #Qabul2025 #JonliEfir

📣 Ayni daqiqalarda “O‘zbekiston24” radiokanalida 2025/2026-o‘quv yili qabuliga bag‘ishlangan radioeshittirish boshlandi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi mutasaddilari tomonidan:
➡️ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi;
➡️abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish hamda test va kasbiy (ijodiy) imtihonlarni tashkil etish jarayoni haqida batafsil ma’lumot berilmoqda.

📹 Efir havolasi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤30👍4🔥2😁1🤔1
Edu.uz pinned a photo