Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zDJTUda ko‘zi ojiz talabalar uchun zaruriy infratuzilma yaratildi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 180 nafardan ortiq ko‘zi ojiz talaba bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olmoqda. Ular uchun qulay va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish maqsadida barcha o‘quv binolari va talabalar turar joylarida taktil sariq chiziqlar o‘rnatildi.
Ushbu chiziqlar yordamida ko‘zi ojiz talabalar bino ichida mustaqil va yo‘nalishni adashtirmay harakatlana oladi. Taktil chiziqlar kirish eshiklari, zinapoyalar va asosiy yo‘laklarni to‘liq qamrab olgan.
Inklyuziv ta’lim bo‘yicha ishlar bosqichma-bosqich davom ettiriladi.
📹 Talabalar universitetda yaratilgan ushbu qulayliklar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi (video).
#InklyuzivTaʼlim #TalabagaQulaylik
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 180 nafardan ortiq ko‘zi ojiz talaba bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olmoqda. Ular uchun qulay va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish maqsadida barcha o‘quv binolari va talabalar turar joylarida taktil sariq chiziqlar o‘rnatildi.
Ushbu chiziqlar yordamida ko‘zi ojiz talabalar bino ichida mustaqil va yo‘nalishni adashtirmay harakatlana oladi. Taktil chiziqlar kirish eshiklari, zinapoyalar va asosiy yo‘laklarni to‘liq qamrab olgan.
Inklyuziv ta’lim bo‘yicha ishlar bosqichma-bosqich davom ettiriladi.
#InklyuzivTaʼlim #TalabagaQulaylik
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥7❤3
Mirobod tumanida yozgi oromgohlar dasturi kengaytiriladi
5-iyun kuni Mirobod tuman hokimligida o‘quvchi va uyushmagan yoshlarning yozgi ta’til davridagi bandligini ta’minlash masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, tuman hokimi Anvar Sayfutdinov hamda bir qator oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, tegishli tashkilot va idoralar vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘quvchi va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqishlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan faoliyat turlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Yozgi dam olish dasturi tumandagi 18 ta maktabni qamrab oladi va 3 mingdan ortiq bolalarni o‘z ichiga oladi. Tashkil etilayotgan faoliyatlar bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli, foydali va qiziqarli o‘tkazishga xizmat qiladi.
Yig‘ilishdan so‘ng mutasaddilar 60-maktabga tashrif buyurib, oromgohlar faoliyati va mavjud sharoitlar bilan tanishdilar.
#Dolzarb90kun #TopshiriqIjrosi #Vazir #Mirobod

👍11❤7🔥1👏1
JizPI akademik litseyi o‘quvchisi xalqaro olimpiadada kumush medal sohibi bo‘ldi
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro Kimyo olimpiadasi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston vakillari jami 19 ta — 6 ta oltin, 8 ta kumush va 5 ta bronza medal bilan musobaqaning umumiy reytingida birinchi o‘rinni egalladi.
Olimpiadada Jizzax politexnika instituti akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi E’zoza Ilhomova kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Ushbu natijaga erishshishda ustoz Farhod G‘aybullayev hamda litsey jamoasi uchun muhim yutuq bo‘ldi.
Ma’lumot uchun olimpiadada jami 69 nafar ishtirokchi 12 ta oltin, 24 ta kumush, 33 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
#ARBICHO2025 #XalqaroOlimpiada #Kimyo #Taqdirlash

❤17👍11🔥2