Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Mirobod tumanida yozgi oromgohlar dasturi kengaytiriladi

5-iyun kuni Mirobod tuman hokimligida o‘quvchi va uyushmagan yoshlarning yozgi ta’til davridagi bandligini ta’minlash masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, tuman hokimi Anvar Sayfutdinov hamda bir qator oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, tegishli tashkilot va idoralar vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘quvchi va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqishlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan faoliyat turlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Yozgi dam olish dasturi tumandagi 18 ta maktabni qamrab oladi va 3 mingdan ortiq bolalarni o‘z ichiga oladi. Tashkil etilayotgan faoliyatlar bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli, foydali va qiziqarli o‘tkazishga xizmat qiladi.

Yig‘ilishdan so‘ng mutasaddilar 60-maktabga tashrif buyurib, oromgohlar faoliyati va mavjud sharoitlar bilan tanishdilar.

#Dolzarb90kun #TopshiriqIjrosi #Vazir #Mirobod

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍11❤7🔥1👏1
JizPI akademik litseyi o‘quvchisi xalqaro olimpiadada kumush medal sohibi bo‘ldi

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro Kimyo olimpiadasi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston vakillari jami 19 ta — 6 ta oltin, 8 ta kumush va 5 ta bronza medal bilan musobaqaning umumiy reytingida birinchi o‘rinni egalladi.

Olimpiadada Jizzax politexnika instituti akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi E’zoza Ilhomova kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Ushbu natijaga erishshishda ustoz Farhod G‘aybullayev hamda litsey jamoasi uchun muhim yutuq bo‘ldi.

Ma’lumot uchun olimpiadada jami 69 nafar ishtirokchi 12 ta oltin, 24 ta kumush, 33 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

#ARBICHO2025 #XalqaroOlimpiada #Kimyo #Taqdirlash

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍11🔥2