Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
✅ #Olimlar_minbari
#09-15.06.2025

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” — Inom MAJIDOV, O‘zbekiston milliy universiteti rektori, professor;

“Prezident g‘alabalari… Millatga qaytarilgan g‘oliblik, mardlik, jasurlik, daxldorlik tuyg‘ulari” — Rustam XOLMURODOV, Samarqand davlat chet tillari universiteti rektori, fan arbobi;

“Uyg‘ongan yurt sadosi – Toshkent viloyatida surat va siyrat yangilanishlari” — G‘ofurjon MUHAMEDOV, Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, fan arbobi;

“Zamon talabi yoshlarning yetuk va salohiyatli kadrlar bo‘lib yetishishi uchun munosib sharoitlar yaratishdir” — Obidjon HAMIDOV, Buxoro davlat universiteti rektori, professor;

«Метрополитен — мощный драйвер урбанизации» — Сухроб НОРКУЛОВ, проректор Ташкентского государственного транспортного университета, доцент;

“Iqtisodiy salohiyat namoyishi ishbilarmonlik muhitini yaratish uchun platforma” — Ibrohimjon FOZILJONOV, Toshkent xalqaro universiteti dekani;

“Amaliy filologiya: fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi” — Baxtiyor MENGLIYEV, Termiz davlat universiteti professori;

“O‘zbekiston investorlarga ko‘proq daromad olish imkonini bermoqda” — Xurshid ASATULLAYEV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;

“Sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish maydoni” — Erkinjon BOTIROV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;

«Цифровизация государственных услуг - инструмент снижения коррупционных рисков» — Дилдора БАЗАРОВА, профессор ТГЮУ;

“Yoshlarni bilimga chorlash oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonida ham o‘z aksini topmoqda” — Ravshan DO‘SMATOV, Toshkent davlat texnika universiteti dotsenti;

«Новая экономика - новые профессии: современные подходы к развитию сферы занятости» — Зиёда ПУЛАТОВА, доцент Ташкентского государственного экономического университета;

«На крыше дома твоего, или как установка солнечных панелей помогает сократить расходы на оплату электроэнергии и получать доходы» — Сухроб АЛЛАЯРОВ, доцент кафедры финансов Ташкентского государственного экономического университета, PhD;

«Реформа знаний: как Узбекистан строит новую образовательную модель» — Камола МУРАДКАСИМОВА, доцент УзГУМЯ;

«Между цифровым кодом и национальной традицией» — Мадинахон ТОЛИПОВА, доцент кафедры Ташкентского государственного университета узбекского языка и литературы;

“El-yurt umidi” – akademik erkinlik imkoniyati” — Umid SOBIROV, Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍8🔥1
⚡️Akademik litseylarning 81 nafar bitiruvchisi 5 ta fandan sertifikat olib, OTMlarga kirish uchun maksimal ballni naqd qilishdi

Shuningdek, bitiruvchilarda jami 4 710 ta umumta’lim fanlari va 4 329 ta xorijiy til bo‘yicha bilim darajasini tasdiqlovchi sertifikatlar mavjud.

Bundan tashqari, 2 122 nafar bitiruvchi turli mahalliy va xorijiy OTMlarning talabasi bo‘lishga ulgurgan.

*Eslatma: akademik litseylarga hujjatlar my.edu.uz portali orqali 10-iyulga qadar onlayn qabul qilinadi.

🔹 Qabulga doir rasmiy bot: @eduuzuniversalbot

#Sarhisob #Bitiruvchi2025 #AkademikLitsey

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥14❤12👍11🤩3👏1
#Vazir #Jarayon

Vazir Qashqadaryo viloyatida “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlari hamda bunyodkorlik borasida amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrgandi.


15-iyun kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov dastlab Qarshi davlat texnika universitetida boʻlib, qabul jarayonining borishi, abituriyentlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni koʻzdan kechirdi.

Yangidan bunyod etilayotgan Muhandislik ilmiy-ishlab chiqarish markazi (fablab) qurilishi boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi. Yaqinda oʻz faoliyatini boshlagan Texno-parkdagi imkoniyatlar oʻrganildi. Ulardan “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlari doirasida unumli foydalanish lozimligi ta’kidlandi.

Muhandislik ilmiy-ishlab chiqarish markazining asosiy maqsadi innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish orqali yoshlarning texnik va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarishdan iborat. Bu yerda yosh ixtirochilar uchun barcha zarur texnik vositalar hozirlanadi.

Vazir Qarshi shahridagi Bilim va malakalarni baholash agentligida ham bo‘ldi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍7🔥3👏1
#Erasmus+ #DEBSEUz

DEBSEUz: Loyiha doirasida navbatdagi tajriba almashinish tadbirlari Ispaniyada o‘tkazildi


Erasmus+ dasturining “Oliy ta’lim sohasida salohiyatni oshirish” yo‘nalishida amalga oshirilayotgan DEBSEUz (Development of Bachelor Study Programs in Renewable Energy in Uzbekistan) loyihasining navbatdagi tajriba almashinish tadbirlari joriy yilning 9-iyun sanasidan 15-iyunga qadar Ispaniyaning Universidad Politécnica de Madrid (UPM) universitetida bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar UPMning zamonaviy texnik infratuzilmasi, quyosh energiyasidan foydalanishga oid ilg‘or texnologiyalar, ekologik barqarorlik va quyosh panellarini qayta ishlashga doir amaliy seminarlar hamda ma’ruzalarda ishtirok etdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/61587

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍7
O‘zbekiston oliygohlari “THE Global Sustainable Development Congress”da o‘z pavilonini taqdim etdi

16–19-iyun kunlari Istanbul shahrida “Times Higher Education” (THE) agentligi tomonidan tashkil etilgan “Global Sustainable Development Congress” (Barqaror rivojlanish bo‘yicha xalqaro kongress) bo‘lib o‘tmoqda.

Kongress davomida iqlim o‘zgarishi, inklyuzivlik, ta’lim tizimining barqaror rivojlanishdagi o‘rni kabi global masalalar yuzasidan panel sessiyalar, seminar va muloqotlar tashkil etiladi.

Xalqaro tadbirda 100 dan ortiq mamlakatning davlat va nodavlat tashkilotlari, universitetlar, vazirliklar vakillaridan iborat 5000 dan ziyod delegat ishtirok etmoqda.

Kongress doirasida tashkil etilgan universitetlar ko‘rgazmasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekistonning 9 ta oliy ta’lim muassasasi qatnashmoqda.

#XalqaroAnjuman #THE #Reyting

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤21👍8🔥2😁1