Prezident Qarshi davlat texnika universiteti bilan dual ta’limni yo‘lga qo‘ygan elektrotexnika korxonasi faoliyati bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-iyun kuni Qashqadaryo viloyatiga keldi. Davlatimiz rahbari tashrifni Qarshi shahridagi “Alp texno servis” elektrotexnika korxonasi bilan tanishuvdan boshladi.
#Mirziyoyev #Safar #Qashqadaryo #Korxona #DualTaʼlim
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

❤12👍8🔥4😁3
#XizmatSafari #Vazir #Qashqadaryo #Texnikum
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Qarshi transport va servis texnikumiga tashrif buyurdi.
Ushbu ta’lim muassasasida 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab Germaniya Federativ Respublikasi Hunarmandchilik palatasi va Avestos kompaniyasi bilan hamkorlikda to‘liq nemis ta’lim standartlariga asoslangan “Metallar texnologiyasi” kasbi bo‘yicha “Ausbildung” tizmi joriy qilinadi.
Vazir Germaniyalik hamkorlar tomonidan qo‘yiladigan talablar, yangi o‘quv yiliga qadar bajariladigan ishlar bilan tanishib, loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
Ta'kidlash joizki, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab Qashqadaryo viloyatining 6 ta kasbiy ta’lim muassasasida to‘liq nemis ta’lim standartlari joriy qilinadi va joriy yilning iyul-avgust oylarida 24 nafar o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’lim ustalari Germaniyada malaka oshirishga yuboriladi.

❤19👍6🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Talabalar bitiruv malakaviy ishlarini bevosita ish beruvchi tashkilotlarda himoya qilmoqda
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 4-bosqich talabalarining bitiruv malakaviy ishlari himoyasi ilk bor 10 dan ortiq yirik korxona va tashkilotlarda o‘tkazildi. Bu yondashuv orqali fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiya kuchaytirilmoqda, talabalarning kasbiy tayyorgarligi esa bevosita mehnat bozori talablariga mos baholanmoqda.
Himoya jarayonlarida korxonalarning tajribali mutaxassislari ekspert sifatida ishtirok etib, bitiruvchilarning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini real ish sharoitida baholamoqda.
Mazkur amaliy yondashuv ish beruvchilar bilan OTM o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va bitiruvchilarning bandlik imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilmoqda.
#Jarayon #Himoya #BitiruvMalakaviyIsh #Integratsiya #FanTaʼlimIshlabChiqarish

👍16❤10🔥2
O‘zMUning xalqaro reytinglardagi yutug‘i munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi
19-iyun kuni O‘zbekiston Milliy universitetida QS World University Rankings reytingida erishilgan yutuq munosabati bilan tantanali qutlov marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar, ijodkorlar, OTM rahbariyati hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, universitet rektori Inom Madjidov, Yozuvchilar uyushmasi raisi birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, matematik olim Shavkat Alimov, Gavayi universiteti professori Dilmurod Azimov va boshqa nufuzli mehmonlar so‘zga chiqib, universitet jamoasini xalqaro yutuq bilan tabrikladilar.

Qayd etilganidek, QS World University Rankings 2026 natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy universiteti dunyoning eng yaxshi universitetlari ro‘yxatida 721–730 o‘rinlar bandida qayd etilib, o‘tgan yilgi (781–790) ko‘rsatkichga nisbatan 50 pog‘onaga yuqorilagan.
So‘zga chiqqanlar universitet jamoasining tizimli sa’y-harakatlari, ilm-fanga bo‘lgan yondashuvi, xalqaro hamkorlik salohiyati va bitiruvchilarning mehnat bozoridagi faolligini yuksak baholab, bu yutuqni oliy ta’lim tizimidagi muhim tarixiy bosqich sifatida e’tirof etdilar.
Mazkur natija O‘zbekiston Milliy universitetining global miqyosda raqobatbardoshligini mustahkamlash, xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallashga bo‘lgan izchil harakatlarining natijasidir.

❤27👍17👏2🔥1🤔1