Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_yutuq

Talaba – chempion! Taxmina Ikromova Universiada-2025 musobaqalarida 4 ta medalni qoʻlga kiritdi


2025-yil 16–27-iyul kunlari Germaniyaning Reyn-Rur shahrida o‘tkazilayotgan XXXII Butunjahon yozgi “Universiada” sport o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasi tarkibida ishtirok etayotgan Taxmina Ikromova yurtimiz sha’nini munosib himoya qilmoqda.

Badiiy gimnastika bo‘yicha bahslarda T. Ikromova jami 4 ta medal:
– 🥇 2 ta oltin
– 🥈 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Taxmina Ikromova – O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 3-bosqich talabasi bo‘lib, nafaqat sportda, balki ta’limda ham faol, izlanuvchi yoshlarimizdandir.

Mamlakatimiz bayrog‘ini xalqaro sport maydonlarida baland ko‘targan sportchi-yoshlarga minnatdorchilik bildiramiz va ularga kelgusi musobaqalarda ham zafarlar tilaymiz.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍24❤13🔥3🤔3😱2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soʻragan_edingiz

❓ Savol: Men Yangi O‘zbekiston universitetining magistratura bosqichiga hujjat topshirmoqchiman. Agar kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinsam, kontrakt to‘lovi ayollar uchun davlat tomonidan qoplab beriladimi?


✅Javob: Ha, ushbu universitet davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Shu bois, belgilangan tartibga muvofiq ushbu oliygoh uchun ajratilgan qabul parametri (kvota) doirasida talabalikka tavsiya etilgan xotin-qizlarning kontrakt pullari davlat tomonidan to‘lab beriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20👍13
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MuhandislikMissiyasi #GinnesRekordi #chellenj

Samarqand davlat universiteti yoshlari Ginnes rekordiga yo‘l olmoqda! Siz-chi?

🛠 Biz — texnologiyaga oshno, ijodkor va g‘ayratli yosh ixtirochilarmiz. Endi esa rekord o‘rnatish va o‘z nomimizni tarixga muhrlash vaqti keldi!

📌 Reja: 25 daqiqada 2 000 ta konstruktor robot yig‘iladi.
Maqsad: Ginnes rekordini o‘rnatish!

Agar siz:
✔️Texnologiyaga qiziqsangiz
✔️ Yoshingiz 15–20 oralig‘ida bo‘lsa
✔️ Vatan nomidan tarixga kirishni xohlasangiz — biz bilan bir safda bo‘ling!

📲 Ro‘yxatdan o‘ting: missiya.edu.uz
🗓 Muddat: 25-iyulgacha!


🚀 Birgalikda o‘z salohiyatimizni namoyon qilamiz. Rekord o‘rnatamiz!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍5🔥3😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Muhandislik_tanlovi #Yakuniy_bosqich

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o’tkazilayotgan Muhandislik sohasidagi respublika tanlovining loyihalar taqdimoti doirasida iqtidorli yosh muhandislar yangi loyihalarni taqdim etishmoqda.

Yakuniy bosqichda har bir yo‘nalish bo‘yicha saralangan 135 nafar ishtirokchi o‘z g‘oya, loyiha va ixtirolarini mutaxassislardan iborat hakamlar hay’ati oldida taqdim etmoqda. Hakamlar tarkibi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari, yirik sanoat korxonalari mutasaddilari va tajribali ekspertlardan iborat.

Eslatib o‘tamiz, ushbu bosqich yakunida 1-o‘rinni egallaganlar BYD Chazor elektromobili, 2-o‘rin sohiblari esa xorijiy amaliyotga yo‘llanma, 3-o‘rin egalari esa BHMning 50 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤13🔥2😁1
🔘 Qabul-2025 statistikalarini qayerdan ko‘rish mumkin?

🖥 Oliy, o‘rta-maxsus hamda kasbiy ta’lim muassasalari qabuliga oid statistikalarni stat.edu.uz portalidan onlayn kuzatishingiz mumkin.

⌛ Magistraturaga hujjat topshirganlar soni (qabul 30-iyulga qadar);

⌛ OTMlarga suhbat asosida o‘qishga hujjat topshirganlar soni (qabul 25-iyulga qadar);

⌛ Ikkinchi ta’lim uchun hujjat topshirganlar soni (qabul 10-avgustga qadar);

⌛ O‘qishni ko‘chirish va tiklash uchun hujjat topshirganlar soni (qabul 5-avgustga qadar).

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍12😱2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhandislik_tanlovi #1_kun
#Yakuniy_bosqich

“INNO” Texnoparkda muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” respublika tanlovining yakuniy bosqichi — 1-kun tafsilotlari bilan tanishing.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
10👍34❤13
“TalabaExpo–2025” kasb ko‘rgazmasi Fargʻonada!

📍Bugun Farg‘ona shahri Kasbga yo‘naltirish markazida tashkil etilgan “Talaba Expo – 2025” ko‘gazmasi oʻtkaziladi.

Ayni damda tadbirlar boshlanish arafasida.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18👍6🔥4
🟦🟦
#Muhandisliktanlovi
2-kun


Ayni damda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o’tkazilayotgan Muhandislik sohasidagi respublika tanlovining loyihalar taqdimoti 2-kuni bo‘lib o‘tmoqda.

Quyidagi havola orqali jonli efirni tomosha qilishingiz mumkin:

➡️ https://youtube.com/live/RGhkDoznmY8?feature=share

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤5🔥2
#Iftixor #Universiada_2025

Universiada – 2025: Yurtimiz sportchilari jahon arenalarida yuksak natijalarga
erishmoqda

Germaniyada boʻlib oʻtayotgan Butunjahon Yozgi Universiada oʻyinlarida Oʻzbekiston sportchilari yurtimiz sha’nini munosib himoya qilishmoqda.

Dzyudo bo‘yicha -48 kg vazn toifasida ishtirok etgan Navoiy davlat universiteti talabasi Laziza Haydarova bronza medali uchun kechgan bahsda polshalik raqibi Paulina Shlyaxtani magʻlubiyatga uchratib, bronza medaliga sazovor boʻldi.

Shuningdek, -57 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan terma jamoamiz a’zosi, Toshkent Xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnоlogiya universiteti talabasi Shukurjon Aminova italiyalik raqibi Juliya Karnani bor-yo‘g‘i 25 soniyada ippon usulida yengib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Taekvondo sporti boʻyicha esa yurtimiz vakillari: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabari Qosimxojiyev Nadjmiddin va Karimboyev Shoxjahon hamda O‘zbekiston milliy universiteti talabalari Mirabzalova Madina va Azizova Diyora — aralash jamoaviy dasturda finalda Misr jamoasiga qarshi keskin jang o‘tkazishdi va sharafli g‘alabaga erishib, oltin medalni qo‘lga kiritishdi.

Sportchilarimizni erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤13