Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Prezident farmoni yuzasidan tushuntirishlar berildi

5-avgust kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi markaziy apparati hamda barcha oliy taʼlim tashkilotlari rahbar va masʼul xodimlari uchun iqtisodiy oʻqish onlayn va oflayn shaklda oʻtkazildi.

Iqtisodiy o’qish mavzusi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–117-son Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirish va uni amalda samarali tatbiq etish.

Iqtisodiy oʻqishni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev ochib berdi hamda tadbir mavzusi yuzasidan so‘zga chiqdi. U o‘z nutqida ijro intizomini mustahkamlashning dolzarbligi, oliy ta’lim tizimidagi mas’uliyatli yondashuv zarurati hamda farmonning amaliy ahamiyatiga alohida urgʻu berdi.

#iqtisodiy_oʻqish #seminar

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/75799

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤33🔥8👍7
Forwarded from Kongratbay Sharipov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT konferensiyasida nutq so‘zladi va muhim tashabbuslarni ilgari surdi

📌 2025-yil 5-avgust kuni Turkmanistonda o‘tkazilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

🇺🇿 Davlatimiz rahbari o‘z nutqida global tenglik va barqaror taraqqiyot masalalarida ilg‘or takliflarni ilgari surdi. Jumladan, quyidagilar alohida ta’kidlandi:

🔹 O‘zbekistonda so‘nggi yillarda xususiy sektor ishtirokida zamonaviy transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish, savdo jarayonlarini raqamlashtirish va logistikada ochiqlikni ta’minlash borasida tizimli choralar amalga oshirilmoqda;

🔹Savdo tizimining liberallashuvi va investitsiya muhitining yaxshilanishi natijasida raqobatbardoshlik va innovatsion taraqqiyot darajasi oshmoqda;

🔹 Prezidentimiz agrotarmoqni rivojlantirish bo‘yicha Innovatsion xab yaratish taklifini ilgari surdi. Bu xab suvni tejovchi texnologiyalar, oziq-ovqat xavfsizligi va agrar sohadagi innovatsiyalarni joriy etish uchun muhim platforma bo‘ladi;

🔹 Shuningdek, dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lmagan mamlakatlar uchun Xalqaro tahlil markazi faoliyatida O‘zbekistonning ishtirok etish niyati bildirildi — bu ilmiy tahlil va mutaxassislar hamkorligini mustahkamlashda muhim qadamdir.

📣 Prezidentimiz ta’kidlaganidek:
"Global bozorlarga chiqish barcha uchun teng bo‘lishi kerak. Bu – nafaqat iqtisodiy zarurat, balki birinchi galda, barqaror rivojlanishning muhim omili, xalqaro munosabatlarda ishonch va hamkorlik shartidir".


🔗 Davlatimiz rahbari ilgari surgan tashabbuslar xalqaro maydonda O‘zbekistonning o‘rni mustahkamlanayotganidan dalolat beradi va mintaqaviy hamkorlikda ta’lim, fan va innovatsiyalarning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini yana bir bor namoyon etmoqda.

Facebook | Instagram | Telegram
❤24👍10🔥2😱1🎉1
Surxondaryoda tashkiliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Termiz davlat universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov ishtirokida viloyatdagi oliy va kasbiy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Termiz shahridagi oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari rahbarlari qatnashdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/75804

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤24👍22😁3🔥2😱1
#Qovun_sayli_2025

“Qovun sayli” festivalida olimlar 140 dan ortiq mahsulot bilan ishtirok etadi


Joriy yilning 8-10 avgust kunlari Xiva shahrida — “Ichan qal’a” va “Arda Xiva” majmualarida an’anaviy “Qovun sayli” festivali bo‘lib o‘tadi.

Ushbu festival doirasidagi ko‘rgazmada Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakulteti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan, xalqaro standartlarga mos 140 dan ortiq xildagi qovunni qayta ishlash mahsulotlari namoyish etiladi. Ta’kidlash joizki, bu raqam o‘tgan yildagidan ancha yuqori bo‘lib, o‘tgan yili 93 turdagi mahsulot taqdim etilgan edi.

Ko‘rgazmadagi barcha mahsulotlar o‘zining yuqori sifati, ekologik tozaligi va zamonaviy Yevropa dizaynida tayyorlangan qadoqlari bilan ajralib turadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤25👍13🤩5🎉4🔥2